Video
10 yanvar 2016

Fermer Kamolov militsiyadan tag‘in musht yedi

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com
6 yanvar kuni Jizzax shahridagi “Umid A” fermer xo‘jaligi raxbari Alijon Kamolov o‘zini avvaliga militsiya xodimi deya, keyinchalik esa soliq xodimiman deya tanitgan Jo‘raev familiyali shaxs tomonidan kaltaklandi.

Jo‘raev uning ko‘zini ko‘kartirgan va oyog‘iga shikast yetkazgan, o‘zini esa qo‘lini qayirib, militsiya bo‘limiga olib ketgan. Fermerning o‘g‘li dastlabki voqealarni tasvirga olgan, biroq otasini qamoq havfidan qutqarish evaziga tasvirlarni Jo‘raevga berishga majbur bo‘lgan.

Ertasi kuni Jo‘raev o‘zini taftish qilishga kelgan soliq idorasi xodimi deya tanitadi va tag‘in tasvirga olayotgan Kamolovning o‘g‘lidan kamerani tortib olishga urinishadi, biroq bu safar militsiya yordamida fermer o‘z o‘g‘lini himoya qilishga va videokamerani qaytarib olishga muvaffaq bo‘ladi. Videoda ayni shu so‘nggi xolat aks etgan.

rasm715
Alijon Kamolovning urib ko‘zini ko‘kartirishgan, tepib oyog‘iga shikast yetkazishgan

Issiqxonadagi janjal

Fermer Kamolov o‘ziga tegishli Jizzax shahridagi “Zilol” maxallasida joylashgan issiqxonada, rafiqasi va o‘g‘li bilan ishlab yurgan payti, o‘zini “Zilol” maxallasi uchastka noziri Murod deb tanishtirgan militsiya xodimi, fuqarolik kiyimidagi Jo‘raev degan familiyali yigit kirib kelishadi.

Bunday voqealarni ko‘raverib ko‘zi pishib ketgan, sakkiz yildan buyon adolat izlayotgan fermer, ularning niyati yomonligini oldindan sezib, o‘g‘lidan voqeani boshdan oyoq videoga olishni so‘rab, bu ikkovlonni issiqxonaga kiritadi.

Fermer Kamolovning bildirishicha, taftishning nohaq tomonga burilayotganini sezgach, ulardan issiqxonani tark qilishni talab qilgan. O‘rtada jiddiy janjal chiqqan va issiqxonadan oilasini olib chiqib, ikki shaxsning ustidan qulflab qo‘ygan.

Keyin, ular janjal chiqarmaslikka kelishib, eshikni ochganida, Kamolovning aytishicha, uning yuziga musht tushirishgan, turib qochmoqchi bo‘lganida esa oyog‘iga tepib yiqitishgan va qo‘lini qayirib militsiya idoraga olib ketishgan.

Militsiya bo‘limidagi boshqa xodimlar shu kuni, bo‘limda Alijon Kamolovning qontalash yuzlarini ko‘rib, tez yordam chaqirtirishadi.

“Keyin esa militsiya xodimi Murod xotinim va bolalarim oldiga kelib, bo‘lib o‘tgan voqea tushurilgan video rolikni berishini talab qiladi” deydi Alijon Kamolov.

Militsiya xodimi: “Aks xolda otangizni ko‘rmaysiz. Uni kamida uchta modda bilan qamatib yuboraman” deganidan keyin uning o‘g‘illari videoni uchastka noziriga berishga majbur bo‘lishadi. Shundan so‘ng u qaytib kelib, fermerni militsiya bo‘limidan chiqarib yuboradi.

Bosimlarning boshlanishi

Jizzaxdagi “Umid A” fermer xo‘jaligining raxbari Alijon Kamolovga nisbatan zo‘rovonlik ilk bor sodir bo‘layotgani yo‘q.
2004 yilda viloyat xokimi Ubaydulla Yamonqulovning shaxsiy ko‘rsatmasiga ko‘ra u qamoqqa olinganadi. Qamoqda u noinsoniy qiynoqlar tufayli sog‘lig‘ini ham yo‘qotadi.

2008 yilda ozodlikka chiqqanida, fermer xo‘jaligi mol mulki viloyat raxbarlari tomonidan talon taroj qilingan, xo‘jalik hisob raqamidagi bir necha million dollarga teng mablag‘ ham izsiz g‘oyib bo‘lgandi.

Shu zayl sakkiz yil davomida fermer mol mulkini qaytarish, huquqlarini tiklash maqsadida adolat izlab idorama idora chopa boshlaydi.
Bu haqda sal ilgari “Ozodlik” radiosi videolavxa xam namoyish qilgan, ayni videolavhadan so‘ng fermerga bosimlar yanada kuchaygan edi.

Bir aylanib “Soliqchi” bo‘lgan “Militsiya” xodimi

Ertasiga, 7 yanvar kuni esa unga tag‘in qo‘ng‘iroq qilib issiqxonaga kelishini so‘rashadi.

“Borsam, ne ko‘z bilan ko‘rayki, kechagina o‘zini fuqaro kiyimida militsiya xodimi Jo‘raev deb tanishtirgan yigit, “Shaxar soliq inspektori Jo‘raevman” deb turibdi”, deya hikoyasini davom ettiradi Alijon.

Undan issiqxonaga tegishli hujjatlarni taqdim qilishni so‘rashadi. Voqealarni tasvirga olayotgan uning o‘g‘lidan kamerani tortib olib do‘pposlashga urinishadi.

“Men va militsiya xodimi o‘g‘limni bu zo‘ravondan zo‘rg‘a ajratib oldik” deydi Alijon Kamolov. Sodir bo‘lgan zo‘ravonlik va xaqsizlik xaqida Alijon Kamolov Viloyat va respublika raxbariyati xamda xuquq tartibot idoralariga ariza jo‘natdi.

«Men uchastka noziri Murodga o‘z xaq xuquqimni eslatganim uchun oilam oldida kaltaklandim, rafiqam farzandlari oldida xaqoratlandi, g‘ururimiz maxalla ko‘y oldida toptaldi. Aybsiz bo‘lsamda, militsiya bo‘limida xuddi jinoyatchi kabi 4 kun ushlab turildim. Uchastka noziri, Murodga o‘xshaganlarning qiladigan ishi xalqimizni qo‘rqitish, vaximaga solishdan iborat. Men baribir qonunlarimizga xurmatsizlik qilayotganlarga qarshi so‘ngi nafasimgacha kurashaman» deydi o‘z arizasida fermer.

Tag‘in o‘qing
5 oktyabr 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbeistonning Jizzax, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
11 aprel 2023
«From Me to You» (Mendan senga) — Lennon va Makkartni dueti ijro qilgan zarif bir qo‘shiqdir. Aytilishicha, bu qo‘shiq ...
18 may 2022
Qashqadaryo viloyati Koson tumani jinoyat ishlari sudi 17 may kungi sud majlisida qamoq bilan bog‘liq jazo tayinlangan ingliz tili o‘qituvchisi Dildora Hakimovani sud ...
17 dekabr 2019
So‘kong‘ichligi bilan nom chiqargan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev 2 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqalgan navbatdagi audioyozuvida gaz yo‘qligi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...