Kundalik
15 may 2016

Universitet professorlari pora olmaslik haqida qasam ichdi

Respublika Bosh prokuraturasi Toshkent shahrida joylashgan oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi-professorlaridan pora olmaslik haqida kafolat xati yozdirib oldi.

Bu kafolat maktubini imzolatishdan oldin institut o‘qituvchilari Respublika Bosh prokuraturasida suhbatdan o‘tkazilib ta'lim sohasidagi korruptsiya borasida rasman ogoh qilindi.

Eltuz.com muxbiriga ma'lum bo‘lishicha so‘nggi bir oy ichida Toshkent shahridagi institut talabalaridan pora olganlikda ayblangan o‘qituvchilar ustidan bir nechta jinoyat ishi ochilgan.

O‘zbekistonda ta'lim tizimi reforma qilinmagani bois Sovet davridan meros “pora bilan o‘qishga kirish” tizimi o‘zgarishsiz saqlanib qolgan.

Gruziya va Boltiqbo‘yi davlatlarida uzoq o‘tmishga aylangan “pora bilan o‘qishga kirish” tizimini O‘zbekiston rahbariyati “tanlab olingan poraxo‘rlarni ba'zan jazolash” kibi kosmetik metod bilan yechishga samarasiz urinib keladi.

Masalan o‘tgan yili Namangan shahridagi tibbiyot kollejlaridan birida uzoq yillardan buyon dars berib kelgan 50 yoshli Muazzam Samatova 1200 dollar pora olish paytida qo‘lga olingani haqida “Huquq” gazetasi xabar bergan edi.

Eltuz.com muxbiri tasarrufidagi ma'lumotga ko‘ra bu yil ayni maskanda yana bir o‘qituvchi ustidan “poraxo‘rlik” bo‘yicha tergov boshlangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 yanvar 2017
Farg‘ona viloyatining tuman IIB idoralaridan birida ishlovchi Eltuz manbasiga ko‘ra, ba'zida guruh bo‘lib, ba'zida yakka tartibda uylarga kirayotgan o‘g‘ri ...
19 aprel 2019
Raccom TuzEltuz.com
26 yanvar 2018
Rassom Dumham Eltuz.com
25 aprel 2017
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, Chinoz va Quyi Chirchiq tumanlari Ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari birdaniga almashtirildi. Kuni kecha Toshkent ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...