Dayjest
29 may 2016

Tinchlik va xotirjamlik niqobiga yo‘g‘rilgan maddohizm

Tinchlik va xotirjamlik har qanday ezgu ishlarning debochasi ekanini hech kim inkor etmaydi.

Lekin aynan shu ezguliklar ortida aslida boshqa maqsadlar yashiringan bo‘lsa-chi?

«Hurriyat» gazetasi xuddi shu ezgu niyatlar qalqon qilinib, aslida «muhtaram»ga hamdu sanoga bag‘ishlangan, maddohizm janrida bitilgan maqolani e'lon qildi.

«Davlatimiz rahbari ta'kidlab o‘tganidek, O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida dunyoning havasini keltiradigan yutuq va marralarga erishgan, yanada ulkan marralarni ko‘zlayotgan bo‘lsa, bularning negizini yurtimizdagi tinch va osuda hayot, millatlar va fuqarolararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik kabi fazilatlar tashkil etadi», deydi gazeta.

Gazeta davom etadi: «Bir vaqtlar bu yerga ma'lum manfaat evaziga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, yordam qo‘lini cho‘zish uchun kelmoqchi bo‘lganlar bugun O‘zbekistondan beminnat maslahat olishmoqda, milliy taraqqiyot, ijtimoiy yuksalish tamoyillarimizni, «Shu ulug‘ Vatan – barchamizniki!» degan ulug‘ shiorimizni o‘rganishmoqda.

To‘g‘ri, gazeta «bizdan maslahat olayotgan», «ulug‘ shiorimizni o‘rganayotgan»lar kimlar ekaniga oydinlik kiritmaydi. Bu shart ham emas. Avvalo, bundaylar borligining o‘zi shubhali. Maqsad esa butunlay boshqa – yolg‘on bo‘ladimi, rost bo‘ladimi, nima qilib bo‘lsa ham «muhtaram» sha'niga hamdu sano to‘qish.

«Prezidentimizning xalqimizning irodasiga hamisha tayanib ish ko‘rishi, har qanday vaziyatda ham to‘g‘ri va oqilona qaror qabul qila olish salohiyati – yurtimizni, xalqimizni turli xavf-xatarlardan, balo-qazolardan saqlagan, og‘ir sinovlar, yo‘qotishlar hisobiga qo‘lga kiritilgan hurriyatimizni saqlab qolishga asos bo‘lgan.

Bu – inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat!» deya yozadi gazeta.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 dekabr 2016
28 dekabr kuni kechqurun, O‘zbekistonda ochilmayotgan Farg‘ona.ru, Ozodlik, Amerika ovozi, Bi Bi Si, O‘zbekiston xalq harakati kabi saytlardan to‘siq ...
10 aprel 2017
9 aprel kuni ertalabdan, odamlar oqimi Drottningatan markaziga intila boshladi. U yerda yuz bergan terror hujumiga qarshi motam mitingi ...
19 yanvar 2017
Eltuz nashri jurnalist Shamsiddin To‘laganovning Milliy havfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov iste'fosi haqidagi maqolani chop etishi ortidan Respublika telekanali ...
12 iyun 2022
Avangard san'atning minglab qimmatli namunalari saqlanayotgan o‘zbek muzeylari va mamlakatda faol ijod qilayotgan 500 dan ortiq rassom ijodi O‘zbekiston ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...