Dayjest
10 iyun 2016

«Jahon tan olgan ta'lim tizimi» o‘zbekka nima berdi?

Mustaqillikning 25 yillik to‘yi oldidan boshlangan ura-ura maqolalar orasidan «Xalq so‘zi»da chop etilgan «Taraqqiyotimizning asosiy mezoni» to‘g‘risidagi lavha ham o‘rin olgan.

Unda «yurtboshining rahnamoligi»da  yaratilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning samarasi o‘laroq, «dunyo tan olgan» O‘zbekiston ta'lim tizimining ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan «yutuqlari» haqida hikoya qilinadi.

Maqolada 12 yillik majburiy hamda bepul ta'lim yaratilgani to‘g‘risida gapiraladi. Ammo bolani sal nufuzliroq maktabga yoki litseyga joylashtirish uchun nega pul to‘lanishi, metall puli, obuna puli, makalatura puli, maktabni ta'mirlash puli kabi «pul ber, pul berlar» haqida negadir gapirilmaydi.

Buning o‘rniga: «Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi natijasida hayotimizda ijobiy o‘zgarishlarga – ijtimoiy-siyosiy iqlim barqarorligi hamda xalqimiz ongu tafakkurida yangilanishlarga erishildi», deya siyosat qilinadi.

Bu ham yetmagandek, yana ta'lim sohasida ham milliy model yaratilgani da'vo qilinadi va u «sobiq tuzum mafkurasi asoratlaridan tamomila xalos etish»ni asosiy maqsad qilib olgani ta'kidlanadi.

E'tiborlisi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ko‘p jihatdan o‘zini oqlamagani, yoshlar o‘qish o‘rniga «dangasalik»ka mahkum bo‘lib, yaqin xorijga pul ishlashga ketishga majbur ekani, ta'lim muassasalarida davomat ham, o‘qitish sifati ham pastligi va tizimdagi boshqa muammolar umuman tilga olinmaydi.

Yoki muallifning haqiqatni aytmoqchi bo‘lgan tiliga tushov solinganmi, degan savol o‘rtaga chiqadi. Balki shundaydir. Yana kim biladi deysiz!

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 sentyabr 2022
Bundan 31 yil oldin O‘zbekistonning oz sonli intelegentsiyasi mustaqillik tarafdori edi. Aksar avom esa, qachon aroq yana arzon bo‘lar, ...
11 dekabr 2016
9 dekabr kuni Xyuman Rayts Votch huquq himoyasi tashkiloti Shavkat Mirziyoev nomiga O‘zbekistonda abgor holatda qolayotgan inson huquqlari ahvolini ...
18 fevral 2016
28 yashar rus taksichi qizning pullarini olib, o‘ldirib, keyin mashinasiga o‘t qo‘ygan 24 yoshli Sotvoldiev 14 yarim yil qat'iy ...
14 iyul 2016
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi yana o‘z so‘rovi va uning natijalari bilan ko‘pchilikning e'tiborini tortdi. Bu galgi so‘rovni ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...