Kundalik
11 iyul 2016

Turkiyada 644 nafar o‘zbekka ishlash huquqi berildi

Turkiyada ishlash borasida vazirlikka murojaat qilgan 46 ming chet elliklardan 38 ming kishinig iltimosi qondirildi.

Turkiya ish va ijtimoiy himoya vazirligi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, ish istagida ariza berganlar orasida Markaziy Osiyodan kelganlar ancha:

“2355 kishi Qirg‘izistondan, 2220 kishi Turkmanistondan va 644 kishi O‘zbekistondan.”

Eltuz.com muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, Turkiyaga Qozog‘istondan ish so‘rab murojaat qilganlar deyarli yo‘q.

Rossiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni to‘ldirgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bugungi kunda tirikchilik ilinjida Turkiya shaharlarini ham “ishg‘ol” qilmoqda.

O‘zbekistonliklar ko‘proq Istanbul, Antaliya, Izmir kabi yirik shaharlarda mehnat qilishi aytiladi.

Turkiyaning “Antaliya riverasi” nomi bilan mashhur dam olish maskanlari dengiz sohili bo‘ylab 550 kilometrga cho‘zilib ketgan.

Yozgi ta'tillar boshlanishi bilan Turkiyaning O‘rtaer dengizi qirg‘oqlari dam oluvchilar bilan to‘lib-toshadi.

Antaliya, ayniqsa, rossiyaliklarning eng sevimli dam olish maskanlaridandir.

Rus tilini biladigan o‘zbekistonliklar esa ularga xizmat ko‘rsatishda mahalliy turklarga eng mos keladigan xizmatchilar sirasiga kiradi.

Eltuz.com muxbirining o‘rganishicha, hozir Turkiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik ko‘plab muhojirlar noqonuniy ishlamoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 dekabr 2016
O‘tgan hafta birdaniga to‘rtta viloyat hokimi ishdan bo‘shatildi. Undan ilgari ham bir qancha eski amaldorlar yangilariga almashtirilgan edi. Tahlilchilarga ...
11 yanvar 2018
9 yanvar kuni MXX tergov hibsxonasida uch oydan ortiq qolayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaev xotini, onasi va farzandlari bilan uchrashdi. ...
9 iyun 2023
Rassom Tuz
7 iyul 2016
«O‘zbekiston ovozi» gazetasi Xalq demokratik partiyasi yetakchisi, partiyaning parlament quyi palatasidagi fraktsiyasi rahbari Hotamjon Ketmonovning Bo‘z tumanidagi saylovchilar bilan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...