Kundalik
25 iyul 2016

Pal sekam yoki mening vidik bilan uchrashuvim

Birinchi vidik rasmini ko‘rganimda fizika matematikaga moslashgan maktabning ikkinchi sinfida o‘qirdim. “Radio” degan jurnalning 1967 yilgi ikkinchi sonini xozir ham olib qo‘yganman.

rasm1701
Bu ikkita g‘altakka videotasma tortilgan ulkan “videotraktor” edi.

Haqiqiy videomagnitofonni fizika o‘qituvchim bilan ekskursiyaga borganim Moskvaning VDNX sidagi ko‘rgazmada ko‘ruvdim.

Lekin baribir “Elektronika-video-591” degan uskunani ko‘rib miyamga g‘alati fikrlar kelgan edi.

“Yalang‘och qizlarni ham tushirsa bo‘ladimi” deb so‘rab fizika o‘qituvchimdan dakki eshitgandim.

Ulg‘ayib maktabda fizika o‘qituvchi bo‘lib olgan ilk maoshim 130 so‘m edi, o‘sha paytda Sovet videomagnitofoni “VM Elektronika-591»”ni narhi 1350 so‘m edi.

Ya'ni 10 oy yemay-ichmay yig‘sam ham “vidik” ola olmasdim. Chunki bu defitsit tovar edi.

Fortsovshiklar (olib-sotarlar) qo‘lida Sharp, JVC, Philips, Funai, Hitachi, Akai, Panasonic, Sony kabi ilk videopleyerlar bor bo‘lib narhi osmonda edi.

Bu mataxni olishga shu qadar ishtiyoqmand bo‘lganim bois yozgi ta'tilda Qirg‘izistondan Moskvaga narkotik yetkazadigan kurer bo‘lishga rozi bo‘ldim.

Ammo o‘zimga va'da berdim. Vidikni sotib olgan zahotim bu ishni to‘xtataman deb.

Men sotib olgan ilk vidik “Panasonic NV-2000” rusumli edi. (Keyin aniq bo‘lishicha, sovetlarning Elektronika-591 videomagnitofoni shu yapon molining plagiat ko‘chirmasi ekan)

Hullas vidikni kattaligi cho‘pon itni iniday bo‘lgan “Gorizont” degan sovet televizoriga uladik.

Fortsovshiklardan katta pulga sotib olgan “Malchishnik” degan kino yozilgan VHS kassetani texnika taraqqiyotiga daxldorlik kabi his tuyg‘udan mast bo‘lib kasseta ichiga tiqib pley degan tugmani bosdim.

Ammo sevgan artistim Tom Xenks ijro qilgan bu kino sovet rangli televizorida oq-qora bo‘lib ko‘rindi.

Fizika muallimi sifatida pal, sekam kabi yoyin tizimidan habardor bo‘lsam ham bu tizimlar o‘rtasidagi to‘qnashuv qurboni bo‘laman deb o‘ylamagan edim.
Oldimda ikki yo‘l bor edi.

1.Pal yoki pal-sekam rusumli televizor sotib olishim lozim edi.
2.Kinolarni oq-qora ko‘rishga rozi bo‘lishim kerak.

Chet el televizorini falon pulga olish uchun yana narkokurer bo‘lishga yuragim dov bermadi va “Grecheskoy smokovnitsы” “A nu-ka, devochka, razdensya” kabi “uyat kinolar”ni ilk bora oq-qora tarzda ko‘rdim.

Ër-do‘stlar menda vidik borligini bilib osh qilib ziyofatga chaqirishar edi.

Videomagnitofonni ulkan chemodanga solib shahar bo‘ylab yurganimda hamshaharlar chemodan ichida vidik borligini va chemodan ko‘targan kishi porno kinolar ko‘rishini aniq bilib menga andishali boqishar edi.

Ba'zan KGB ortimizdan tushgan xollari ham bo‘ldi. Bu endi alohida hikoya

Abduqayum Azimov,
(ismi sharif o‘zgartirilgan)
Nafaqadagi fizika o‘qituvchisi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 aprel 2021
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiev 30 mart kuni O‘sh viloyatining O‘zgan tumani aholisi bilan uchrashuvda “O‘zbekiston ...
15 may 2016
«Panama hujjatlari» deya nom olgan ma'lumotlarda o‘z mablag‘larini horijdagi ofshorlarga yashirgan 100 dan oshiq o‘zbekistonliklarning ham ism familiyalari, manzillarigacha ...
18 iyun 2020
1989 yil may-iyun oylarida mahalliy o‘zbeklar bilan yuz bergan etnik to‘qnashuvlar davomida mesxeti turklari yashaydigan hududlar vayron etildi. Rasmiy ...
5 may 2016
«Gumrohlar», «Aldangan ayol», «Ajal jodusi», «Odnoklassniki» kabi bugungi hukumatning mafkuraviy talablariga javob beradigan filmlar rejissyori Hilol Nasimov bu kabi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...