Kundalik
27 iyul 2016

Buyuk Britaniya TIV: O‘zbekistonda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat tashvishli

O‘zbekistonda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat so‘nggi olti oy davomida o‘zgarishsiz qolgan, deyiladi hisobotda.

Mahkumlarga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabat, din va fikr erkinligi, shuningdek, kattalar majburiy mehnati muammolari tashvishlidir.

Hisobotda xalqaro tashkilotlarning mamlakatda korruptsiya yuqori darajada ekani, hamda O‘zbekistonning zamonaviy qullar soni bo‘yicha eng ko‘p beshta davlat qatoriga kiritilgani yuzasidan xalqaro tashkilotlar ma'lumotlari keltiriladi.

Hisobot mualliflari O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha og‘ir vaziyat va xususan, inson huquqlari himoyachilarining ta'qib etilishlarini urg‘ulab, jumladan bunga misollar keltiradi.

Misol uchun, O‘ktam Pardaev, Inson huquqlari tashkilotining Jizzaxdagi vakilidan o‘ch olish maqsadida 2016 yilning yanvarida firibgarlik va poraxo‘rlikda ayblanib sudlanadi. Iyun oyida inson huquqlari himoyachisi G‘anixon Mamatxonovning qamoq muddati «jazo muassasalari ma'muriyatiga bo‘ysunmaslik» hukmi bilan tag‘in 3 yilga uzaytiriladi.

Joriy yilning yanvar oyida esa, o‘zbek hukumati «Akromiylar» harakati raxbari va 2005 yilgi Andijon qo‘zg‘oloni tashkilotchisi deb ataydigan Akram Yo‘ldoshevning o‘lgani ma'lum bo‘ldi.

Akram Yo‘ldoshev so‘nggi bir necha yil davomida o‘z qarindoshlari bilan uchrashish huquqidan mahrum, va qamoqda mutlaqo izolyatsiyada qolib kelayotgan edi. Qamoqda uning o‘limi haqiqiy sabablari ham noma'lum qoldi.

Hisobotda, shuningdek, muayyan diniy tashkilot doirasida deb atalmish «ekstremistik» faoliyati uchun 2016 yilning mayida yetti yilga qamalgan jizzaxlik fermerlar bilan bog‘liq Aramayis Avakyan ishi ham ta'riflanadi. Aramayis Avakian va u bilan birga sudlangan to‘rt nafar erkaklar tergov davomida qiynoqlarga tutilgani ochiqlanadi.

Avvalroq, Britaniya Tashqi ishlar vazirligi inson huquqlarining buzilishigi oid ishlarga aloqador shaxslarning Buyukbritaniyaga kiritilishini taqiqlash lozimligi haqida bayonot bergan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 aprel 2017
24 aprel kuni Toshkent shahar hokimi topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan komissiya poytaxtdagi «Like Bar» yoshlar hordiq chiqarish klubiga bordi. «Like ...
6 noyabr 2016
O‘zbekiston telekanallari «shukuh» so‘zini yaxshi ko‘radi. «Istiqlol shukuhi», «farovonlik shukuhi», «mustaqillik shukuhi», «baxtiyorlik shukuhi»… Xullas, hamma shukuh bor. Faqat ...
21 oktyabr 2024
Bundan 25 yil oldin  Urganchda mustaqil televidenie tashkil qilib ishlagan paytlarimiz bitta katta jurnalistik surishtiruv boshlagan, biroq ko‘plab sabablarga ...
27 yanvar 2023
RT: Siz bilan yana gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman.  MS: Nichiksizlar, jollimisizlar, mo‘chchi bika, xo‘jik birrilar… Bormisiz, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...