Bayramda xalqning zanjiri yanada kaltalanadi
«Toshkent oqshomi» gazetasida (23.08.2016) O‘zA muxbirining ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari bilan suhbati bosildi.
Vazir o‘rinbosarining aytishicha, ichki ishlar idoralarining barcha xodimlari jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning, tahdid va xatarlarning oldini olishga safarbar qilingan va tegishli profilaktik ishlar bajarilmoqda.
«Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari faol ishtirok etmoqda», deyiladi maqolada.
Vazirlik vakili «bayram arafasida va bayram kunlari poytaxtga kirib kelayotgan transport vositalari qatnovi biroz cheklanishi mumkinligi»dan ogohlantirgan.
Maqolada shu kunlarda poytaxtda propiskasi bo‘lmaganlarni ovlash va ularni Toshkentdan quvish, ichki ishlar xodimlarining hatto xususiy xonadonlargacha hech qanday asossiz kirib ko‘zdan kechirayotgani qanchalik qonuniy asosga egaligiga oydinlik kiritilmagan.
Eltuz.com