Asosiy mavzular
27 oktyabr 2016

O‘zbek kinosi darg‘asi Melis Abzalov Shvetsiyada dafn etildi

26 oktyabr kuni 78 yoshida vafot etgan taniqli kinorejiser Melis Abzalovning janozasi Stokholmning Kungsengen bo‘lgasida joylashgan musulmon qabristonida o‘qildi.

Mashhur kinorejisser Melis Abzalovning o‘g‘li ancha yillardan buyon Shvetsiyada yashayotgan Jaloliddinning bildirishicha, so‘nggi bir yil mobaynida Shvetsiyada qolgan otasi Melis Abzalovning so‘nggi istagi uni farzandlari yonida qoldirishlari bo‘lgan.

rasm4035
Nazira Abzalova, bugungi kunda ota izidan bormoqda

Bugungi kunda taniqli rejisserning ikki qizi va bir o‘g‘li, yettita nabirasi va oltita evarasi Shvetsiyada istiqomat qiladi.

Uning o‘g‘li Jaloliddin va kenja qizi Nazira ota kasbini tanlab Toshkentdagi Teatr va rassomlik institutini tugatishgan.

Qizi Nazira Abzalova kino aktyorligi soxasini tanlagan, u bugungi kunda Shvetsiyada bir qancha kichik loyixalarda ishtirok etayotganini aytadi.

«Dadam qattiq qarshi bo‘lgan aktrisa bo‘lishimga. Agar bu yo‘lni tanlaydigan bo‘lsang, men senga hech qanday yordam bermayman degan. U uzoq vaqt ishonmagan mendagi ishtiyoqning kuchli ekanligigiga», deydi bugungi kunda otasining izidan borayotgan Nazira.

rasm4033
Jaloliddin Abzalov, kinorejisserning to‘ng‘ich farzandi ham bugun Shvetsiyada yashaydi

O‘g‘li Jaloliddin Abzalov mutaxassisligiga ko‘ra postanovkachi rassom, «O‘zbekfilm» tomonidan ishlangan bir qancha filmlarning dekoratsiyalarini tayyorlashda uning mehnati singan.

«Dadamlarning hayotlari to‘laqonli bo‘lgan. Biz ham otamizning izidan bordik. U o‘z farzandlarini ta'lim berdi, oliy ma'lumotli qilib yetishtirdi. Unga Shvetsiyaning go‘zal iqlimi yoqdi, umrining so‘ngini farzandlari yonida kechirishni istadi», deydi Jaloliddin.

Janozaga tashrif buyurganlar orasida umrining so‘nggi yillarida kinorejisser qalin do‘st tutingan shvetsiyadagi Turkiston jamiyati raisi Farruh Sodiqovni uchratdik.

rasm4034
Farruh Sodiqov, Shvetsiyadagi Turkiston jamiyati raisi, Abzalovning jonajon do‘sti va qudasi

«U bilan yaqindan tanishligimiz Shvetsiyada boshlandi, qarindosh bo‘ldik, o‘g‘lim uning o‘rtancha qizi Lolaga uylandi. Uni men madaniyatli va kamtar inson sifatida tanidim, birga nabiralar ko‘rdik», deydi uning qudasi va qiyomatlik do‘sti Farruh Sodiqov.

Shvetsiya poytaxtida o‘tgan janoza marosimida, mashxur kinorejisserning Shvetsiyadagi yaqin qarindoshlari va 50 dan ziyod yor do‘stlari, shvetsiyadagi o‘zbek jamiyati vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston rasmiy matbuotida esa, «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Suyunchi», «Chinor ostidagi duel», «Maysaraning ishi”, » O‘tgan kunlar», «Chimildiq”, «Armon» filmlari bilan tanilgan kinorejisser Melis Abzalov o‘limi haqida deyarli eslanmadi

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 iyul 2017
13 iyul kuni Izmirning Dikili tumanida qadimiy Rim davriga oid tarixiy asarlarni o‘g‘irlab ketayotganlikda ayblangan O‘zbekiston vatandoshi bo‘lgan N. ...
25 iyun 2020
O‘zbekiston inson huquqlari forumi (Uzbek Forum) tashkiloti e'lon qilgan yangi hisobotda majburiy mehnatni bartaraf etishda erishilgan sezilarli olg‘a siljish ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha qaytib kelmabdi. Bir qarindoshi ...
9 dekabr 2023
Aziz vatandoshlar, Barchangizni 2023 yil 9 dekabr, Shanba kuni, soat 16.00-20.00 da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati ...
Bloglar
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...
7 yanvar 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri ...