Asosiy mavzular
16 noyabr 2016

Million dollar uchun o‘zbek “o‘lib” berdi

O‘zbekistonlik 31 yashar yigit firibgarlikda ayblanib AQSh tarafidan xalqaro qidiruvga berildi.

2000 yilda Green Card yutib AQShda istiqomat qila boshlagan. U yerda o‘zini million dollarga sug‘urtalagan.

Shundan so‘ng qirg‘izistonlik vrach-patologoanatomdan “o‘lganini” tasdiqlovchi hujjat olgan. Xatto o‘ziga soxta qabr qazdirib,

O‘shning Qorasuv rayonidagi qabristonlardan biriga estalik toshi ham qo‘ydirgan. Sug‘urta idorasi “o‘zbekning o‘lganiga” shubha bildirib taftish qila boshlaganida “o‘lik” Qirg‘izistonni tark qilgan.

AQShda sug‘urta qilingan o‘zbekning “o‘lgani” haqida ma'lumotnoma yozib bergan O‘shdagi kasalxonalardan birida ishlagan shifokor javobgarlikka tortilib, unga yirik miqdorda jarima solindi.

Qirg‘iziston IIV matbuot hizmatining Eltuzga bildirishicha, shu kunlarda million dollarlik sug‘urta firibgarligi figuranti bilan bog‘liq jinoyat ishini ayni vazirlikning maxsus guruhi tekshirmoqda.

“O‘sh, Jalolobod va Qorasuvda bu firibgar yigitni qidiryapmiz” dedi Qirg‘iziston IIV matbuot hizmati mulozimi. Unga ko‘ra “O‘zbek vatandoshini qidirish” ishlari haqida AQShnig Bishkekdagi elchixonasiga bilgi berilgan.

2012 yili AQShda tibbiy sug‘urta borasida misli ko‘rilmagan firibgarlik fosh qilingan edi. Asosan sobiq SSSRdan kelgan firibarlar AQSh sug‘urta idorasidan 250 million dollar pulni sug‘urgani ortidan 36 kishi qo‘lga olingan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 may 2023
1976 yilning 8-17 aprelida O‘zbekistonning tabiiy gaz olinadigan hududida joylashgan Gazli shahrida birin-ketin turkum yer qimirlashlari yuz berdi. Dahshatli ...
26 sentyabr 2018
Toshkent markazidagi aholi ko‘chirib yuborilib qurilayotgan «Toshkent siti»da go‘yoki taniqli bokschi Mayk Tayson uy sotib oldi, degan reklama roligi ...
14 may 2022
1938 yil 9 may kuni 34 yoshida Moskvada xalq dushmani deya otib o‘ldirilgan Botu (Mahmud Hodiev) Turkiston modern she'riyatining ...
21 aprel 2021
2021 yilning 19 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi Yangihayot massivida namunali uylarning tomini shamol uchirib ketgan. Uylar qurilishi ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...