Catira
6 sentyabr 2017

O‘zbek konvertatsiyasi – olish boru, berish yo‘q!

5 sentyabrda O‘zbekistonda konvertatsiya ochilishi bilan, horijiy valyuta faqat konversion kartochkalarga o‘tkazish orqali sotilishi ma'lum bo‘ldi.

Garchi rasman O‘zbekiston hududida dollarda savdo qilinmasada, xalq bu ish bilan 26 yildan buyon inoq bir tarzda shug‘ullanib keladi.

«Masalan, o‘zim yaqinda (Abu Sahiy bozorida) bir uskuna narxini so‘raganimda, surbetlik bilan narxini dollarda aytishdi. Sirg‘ali zapchast bozorida ham shu hol. Narx nega oshganini so‘rasangiz, dollar qimmatlaganini aytishadi, muttasil oshib borayotgan yuzminglik so‘mlarni sanashdan ko‘ra, deyarli hech qachon o‘zgarmaydigan dollarda savdo qilishni afzal ko‘rishadi», deydi Eltuz muxbiriga izoh bergan Sardor ismli feysbuk yuzeri.

So‘nggi ikki kun ichida Ijtimoiy tarmoqda, banklarning naqd dollar sotmasligi, valyuta qora bozori gullab yashnashiga olib borishi haqida munozara kuchaydi.

«Bankdan dollarni fakat kartochkaga tushirib beradi. Nakd dollarni bank sotmaydi. Kvartira yoki uy, avtomobil, institutga bolangga pora, ishga kirishga pora, shifoxonada operatsiya uchun doktorga, prokuror yoki soliqchiga pora va shu kabi ko‘p ishlarga faqat naqd dollar kerak. Shuning uchun dollar qora bozori Uzb.da hech qachon to‘xtamaydi», deya yozadi Eltuz o‘quvchilaridan biri.

Baxrom Aripov ismli feysbuk yuzeri, bank valyutani naqd sotishi kerak, degan fikrda:»Shundagina adolat bo‘ladi, aksincha bu qora bozorni rivojlantirish uchun o‘ylab topilgan bo‘ladi. Kartani naqdga aylantirish uchun horijga chiqish kerak, bu ham yetmaganday naqdga aylantirish uchun foiz olishadi».

Oddiy O‘zbekistonlikka dollarning nima keragi bor?

O‘zbekistonda naqd dollarga zaruratni Sardor Kamilov ismli feysbuk yuzeri shunday izohlaydi:

«Birinchidan, mahalliy valyutaning muttasil qadrsizlanishi, odamlarni horijiy valyutada pul yig‘ishga undaydi. To‘yga, mashinaga, muttasil narxi oshib borayotgan uy ta'miriga.
Ikkinchidan qarindoshim ta'tilga chiqib, horijga ketsa-yu, uning moliyaviy muammosi paydo bo‘lsa, unga kartamni jo‘natamanmi??? Nimalar deyapsiz?!
Uchinchidan, kim sizga mulkni so‘mga sotadi? Bizda kira haqi va rieltor xizmati ham shu tarzda to‘lanadi, ular bamaylixotir o‘z xizmatlari uchun dollar so‘rashadi.
To‘rtinchidan, menga pulni naqdga aylantirish chog‘i foiz yo‘qotishning hech bir qizig‘i yo‘q. Bu kartadan men ustama foiz ko‘rmayman, qoldiq kapitalizatsiyasi ham yo‘q, yumshoq qilib aytganda bank tomonidan pullarimning «o‘g‘irlanishi» bu.
Beshinchidan, dunyoning hech bir mamlakatida, bizdagi kabi plastikni zo‘rovonlik bilan tiqishtirishmaydi.»

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 iyun 2019
Prezident matbuot xizmati 20 iyun kuni bosh prokuror Otabek Murodovning ishdan olingani, uning o‘rniga ilgari Senat raisi bo‘lgan Nig‘matulla ...
18 mart 2016
“Pravda vostoka” gazetasining yozishicha, o‘tgan yili “O‘zavtoyo‘l” aktsiyadorlik kompaniyasi korxona va tashkilotlari umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlashga ...
1 mart 2020
Gorbachyov davri yetishtirgan eng taniqli rus-sovet jurnalisti Vladislav Listev 1995 yilning 1 martida Moskvada otib o‘ldirilgan edi. O‘sha paytda ...
29 oktyabr 2018
«Amerika ovozi» radiosining Istanbul shahrida hibsga olinib sudlangan, Malik Mansur taxallusi ostida ishlaydigan 49 yoshli muxbiri Abdumalik Boboev 29 ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...