Asosiy mavzular
12 dekabr 2016

Mirziyoevni maqtagan imom qo‘shiqchi Munisani tanqid qildi

Chilonzor tumani “Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher domla) o‘zining Facebook dagi sahifasida o‘zbek pop musiqachisi 30 yashar Munisa Rizevani tanqid qildi.

“Ommaviy madaniyat” va “G‘arb tamadduni”ni tanqid qiluvchi o‘gitlari bilan tanilgan Shermurod Tog‘ay 7 dekabr kuni o‘z sahifasida mana bu yozuvni qoldirdi:

“Munisa degan bir estradachi bor ekan. Hayosiz qiliqlari, shahvatni qo‘zg‘aydigan, hirsni junbushga keltiradigan qiliqlarini ko‘rib hayrat yoqamni ushlabman. Uni barcha yosh qizlar yaxshi ko‘rar ekan. unga o‘xshashni orzu qilar ekan. To‘g‘risi g‘arblik ham bu artisning oldida ip yecholmaydi.”

Odamning tabiatidagi “hayvoniy hirs”ni jilovlovchi omil haqida o‘git bergan imom hatib “Sho‘rolar kallangni olaman degan mahalda ham xotin qizlar yuzlarini ochib” ko‘chaga chiqmaganini eslaydi:

“O‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Bir shunday eshon bobo xotinini Moskvich mashinasida olib ketayotganda GAI to‘xtatib. «Ayolingiz yuzini ochsin», deganda «Avval boshingdan voz kech, so‘ngra xotinimning yuzini ko‘rasan «, degan. Qo‘rqib qolgan GAI qo‘yib yuborgan. O‘sha davrda, dahriylar davrida iymoni but odamlar mana shunday bo‘lishgan.”deya yozadi Shermurod Tog‘ay.

Ayni paytda Munisa Rizaevani “shahvat qo‘zg‘atuvchi” deya ayblagan imom-hatibning Yangi “yurtboshiga” yozgan madhiyasi tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lmoqda..

Eltuz.com nashridagi Art-durbin rukniga maqolalar yozadigan blogger Akmal Rizaev bu holatni izohlab ikki jihatga e'tibor qaratdi:

«Birinchidan bunday ritorika, ya'ni davlat rahbariga madhiya yozish va estrada qo‘shiqchisining seksual jozibasiga rasmiy muftiyning e'tiroz bildirishi yangilik. Bu huddi Rim papasi Madonnani tanqid qilgani kabi holat. Bundan atigi uch oy oldin O‘zbekistonda bunday tanqidni rasmiy imom tarafidan aytilishi deyarli mumkin emas edi. Ikkinchidan rasmiy din arbobi mustaqil O‘zbekistondagidan ko‘ra, sovet davrida diniy erkinlik ko‘proq edi degan mujdani aytmoqda. Bu O‘zbekistonda o‘ziga hos jasorat. Qizig‘i shuki imom sovet davridagi dindor tarafidan ro‘mol yechishni talab qilgan militsionerni kallasini olishga qilingan tahdidni ijobiy o‘rnak sifatida keltiradi. Shu o‘rinda O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan ilk yillarda Namanganlik dindorning militsiya boshlig‘ining kallasini kesib ketgani bilan bog‘liq voqeani eslash joiz», deydi blogger.

“Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ay fikrlari so‘z va ifoda erkinligining O‘zbekistonda kengayotganligiga misol deya e'tiborimizni qaratgan Rizaev masalaning boshqa tarafini ham aytadi:

«Ikkiyuzlamachilik haqida gapirmoqchi edim. Munisa Rizaevani tanqid qilish oson va joiz. Buni ortidan shtraf sanktsiyalari kelmaydi. Lekin ayni imom Shavkat Mirziyoev konstitutsiyani buzib jinoyat kodeksining eng kamida bitta moddasi ya'ni 159 moddasi bo‘yicha jazoga tortilishini aytmaydi. Mayli aytmasin, undan ta'mamiz ham yo‘q, zotan rasmiy maqomi bor. Ammo bu imom Mirziyoevni yangi yurtboshimiz deya maqtab she'r yozib sahifasiga qo‘ydi. Bu imom hech bo‘lmasa o‘z aqidasiga rioya qilsa, ya'ni maqtov faqat xudoga atalishini ichdan anglaganida bunaqa qutblashgan gaplarni aytmas edi», deydi blogger.

Hozircha Munisa Rizaaeva, “Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ayning, xonandani «shahvatni qo‘zg‘atuvchi» degan aybloviga javob bergani yo‘q, imomning yangi «yurtboshimizga duo» deb atagan she'ri esa, Shavkat Mirziyoev hokimiyatni to‘liq egallagan va uning sha'niga madxiyabozlik ritorikasi avjiga chiqqan 5 dekabr kuni paydo bo‘ldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 may 2023
O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashgan Ro‘zi Nazar 2015 yilning 1 mayida olamdan o‘tdi. Ro‘zi Nazar temir parda ortida yashagan turkistonliklarga ...
31 oktyabr 2015
O‘tgan yili shu paytlarda ukrainalik qochqinlar ko‘p edi. Hujjat ishlarim sabab tegishli tashkilotlarga borib turaman. Ko‘p yillardan buyon qatnayvergach ...
28 may 2016
«Xalq so‘zi» gazetasining yozishicha, Toshkent viloyati bo‘yicha 1158 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 11 mingdan ziyod maslahatchilarini ...
11 noyabr 2016
Ayni kunlarda O‘zbekistondagi barcha bosma nashrlarning butun diqqat-e'tibori 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga qaratilgan. Qaysi gazetani olib qaramang, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...