Dayjest
28 may 2016

Mahalla oqsoqoli – avval tanlanadi, keyin saylanadi

«Xalq so‘zi» gazetasining yozishicha, Toshkent viloyati bo‘yicha 1158 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 11 mingdan ziyod maslahatchilarini saylash rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha 697 nafar rais va ularning 7 ming 100 nafarga yaqin maslahatchisi tanlab olingan.

Ha, aynan saylash uchun tanlab olingan. Garchi bu tadbirning nomi saylov bo‘lsa-da, O‘zbekiston qonunchiligi aynan shunday mexanizmni ko‘zda tutadi. Nomzodlar avval saylovni o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan tanlab olinadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, komissiya (davlat hokimiyati vakillari deb tushunilsa, xato bo‘lmaydi) tanlab olmagan, ya'ni «yuqori»ning tasdig‘idan o‘tmagan biror zot raislikka «saylana» olmaydi.

Eng e'tiborlisi, xuddi shu mexanizmni «Xalq so‘zi» «tenglik, muqobillik va oshkoralik tamoyillari ustuvor» deb ta'riflaydi.

Yana bir jihati, nomzodlarning dasturlari ham bor. Bu dasturlarda «mahallada kichik biznes va sportni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish» kabilar qamrab olingan.

Yuqoridagi ishlarni bugun davlatning o‘zi ham eplab amalga oshira olmayotgan bir paytda nomzodlarning bunday «jasorati» nekbinlikdan ko‘ra ko‘proq istehzoga sabab bo‘ladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 iyun 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 8-qismini taqdim etadi. Chiptasi ...
4 may 2020
Avstraliyaning The Daily Telegraph gazetasi “Besh ko‘zli” (Unga AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada va Buyuk britaniya kiradi) razvedka ittifoqi ...
5 avgust 2022
Bugungi juma va'zini qisqa yangilikllar bilan boshlasam. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 2 avgust kuni zavod ishchilaridan biri bo‘lgan ...
4 oktyabr 2016
Uchko‘prik tumanidagi 1-MTM (maktabgacha ta'lim muassasasi) mudirasi 29 sentyabr kuni kechasi paxta terimiga bag‘ishlangan selektor majlisiga ketayotib, hokimiyat binosi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...