Oqilovning bolalari Stokgolmdagi terrordan bexabarmi? (video)
Samarqanddagi mobil muxbirlar, Oqilovning uyi surati, videosi va uning yaqinlari haqidagi maqolani e'lon qildi.
Oqilov yashagan mahalladagilar, nashr muxbiriga uning diniy ekstremizmdan uzoq bo‘lgani, ota-onasi allaqachon olamdan o‘tgani, o‘zi esa maktabni bitirib ota kasbi (svarщik) bilan shug‘ullanganini aytishgan.
Shvetsiyada chiqadigan Ekspressen nashri stringerlari Oqilovning Samarqanddagi uyidan olingan videoni jo‘natgan. Bunda Stokgolm markazida terakt sodir qilgan Oqilovning ikki o‘g‘li (17-9 yosh) va 12 yashar qizi xolasi bilan yashayotgani, katta qizi esa turmushga chiqib ketgani aytiladi.
Samarqandliklar shuningdek, Raxmat Oqilov xotini Zuhra Istamova bilan 2014 yili Rossiyaga, u yerdan Turkiyaga, so‘ngroq esa Shvetsiyaga ketishganini bildirishgan.
Oqilovning farzandlari otalarining dahshatli jinoyati haqida bilishmasliklari, bu xabardan Oqilovning Samarqanddagi qarindoshlari shokda ekanini iddao qiladi shved jurnalistlari.
7 aprel kuni 39 yoshli Oqilov Raxmat Stokgolmning markaziy maydonida yuk mashinasi bilan 4 nafar odamni, jumladan 11 yashar qizni bosib o‘ldirgan edi.
Eltuz.com