Gazlida jurnalist Aleksey Volosevich ushlandi
14 aprel kuni toshkentlik jurnalist Aleksey Volosevich, Buxoroning Romitan tumanida, Gazli shahar militsiyasi xodimlari tomonidan ushlandi.
Alekseyning so‘zlariga ko‘ra, ushlanishining sababi, shaharda sayr qilib, fotosuratlar olganidir. «Tag‘in men odamlardan ruhsat so‘rab ularni suratga olganman», dedi Aleksey telefondagi suxbatda.
Militsionerlar, jurnalistni allaqaysi xushyor fuqaro militsiyaga sim qoqib «tutib bergani»ni yashirishmadi.
Ushlanganidan so‘ng, Alekseyni ShIIBga olib borishgan, u yerda barmoq izlarini olib, ushlangan shaxs haqida ma'lumot olish uchun bo‘lsa kerak, «qandaydir so‘rov»ni jo‘natishgan.
ShIIB boshlig‘ining ismi sharifi Alisher To‘xtaevdir.
Garchi jurnalist ayblanmayotgan va ushlanishning rasmiy sababi noma'lumligicha qolayotgan bo‘lsada, uning pasportini olib qo‘yishgan va javob kelgunga qadar mahalliy mehmonxonaga joylashtirishgan.
O‘zbekistonda qonun odamlarning fototurat olishini taqiqlamaydi. Nima uchun Gazli shahrida bu mumkin emasligi hozircha jumboq.
Eltuz.com