Asosiy mavzular
29 may 2017

Muzqaymoqdan zaharlangan 100 bemorga Salmonellyoz tashxisi qo‘yildi

Andijonning Shahrixon tumanida muzqaymoqdan zaxarlangan 100 kishiga salmonellyoz kasalligi tashhisi qo‘yilgan. Bu haqda Eltuzga ismi sharifini sir tutishni so‘ragan shahrixonlik shifokor ma'lum qildi.

Uning Eltuz muxbiriga aytishicha, Muzqaymoqdan zaharlanganlarning tashhislarida salmonellyoz kasalligi aniqlangan bo‘lsada, shifokorlarga bu haqda hech kimga oshkor etmaslik uqtirilgan.

Salmonellyoz – o‘tkir ichak infektsiyasi bo‘lib, kasallikni oziq-ovqat mahsulotlarida uzoq vaqt saqlanuvchi bakteriyalar – salmonellalar tashiydi.

«Salmonellyoz shunday kasallik-ki, bosh og‘riydi, ko‘ngil ayniydi, ich ketadi, oshqozon va ichaklarda og‘riq turadi, odam xushidan ketishi mumkin, og‘ir formasida hatto jigar va taloq shishib ketadi, sog‘ayish ba'zan bir yarim oygacha cho‘zilishi mumkin»,- deydi shahrixonlik shifokor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik simptomi yaqqol ko‘rinishi bilan birga, umuman ko‘zga tashlanmasligi ham mumkin.

Keyingi holatda kasallikka chalingan odam, uni boshqalarga yuqtiradi, o‘zi esa bundan jabr ko‘rmaydi.

Muzqaymoqdan zaharlanganlar orasida hali ham salomatligi to‘liq tiklanmagan bemorlar bor va ularda ham bu kasallik topilishi mumkin.

«Bir kishiga kasalxonadan erta javob berib yuborishibdi. Keyin u sog‘ligi yaxshilanmagach, portalga murojaat qilgan ekan, shu bois yana Toshkentdan komissiya kelib qaytadan tekshiruvlar o‘tkazibdi», – deydi shahrixonlik savdogar ayol.

Bundan avval Eltuz Andijon viloyatining Shahrixon tumanida 16 may kuni yuzlab odamlarning muzqaymoqdan zaxarlanib kasalxonaga tushgani haqida xabar bergan edi.

Voqea tafsilotlarini o‘rganish uchun kelgan komissiya xulosalariga ko‘ra, ushbu voqea sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinmasdan tayyorlangan muzqaymoq iste'mol qilish oqibatida kelib chiqqan.

O‘tgan vaqt davomida barcha tuman va shaharlardagi muzqaymoq biznesi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar qat'iy tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijasida, frezerli muzqaymoq tayyorlash qonun-qoidalariga rioya etishda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.

«Hukumat tadbirkorlarga keng yo‘l ochib, ular faoliyatini bexuda tekshirmaysan, deb qo‘ygani uchun ham nazorat susayib ketgandi. Endi har bir tadbirkorning mahsuloti tekshirilyapti», deydi SES xodimlaridan biri.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 sentyabr 2020
Vashington shtatidan o‘zini «mustaqil olim» deb atagan shaxs surgundagi o‘zbek ayirmachilarining yetakchisi uchun AQShdagi agent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Asli ...
2 avgust 2021
Ikkita kokiliga ikki xil bantik taqqan sepkilli qiz aslida 23 yoshda. Ismi Nazokat, ammo o‘ziga NOZI deb ism qo‘yvolgan. ...
22 oktyabr 2015
Siz ko‘rib turgan suratdagi viqor bilan xarbiylar yonida turgan kishi – Jizzaxlik fermerlar va xuquq ximoyachilari tomonidan «Quturgan xokim» ...
3 noyabr 2017
1 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp grin-kart lotereyasini bekor qilishga chaqirdi. Nyu-Yorkda terrorchilik hujumini amalga oshirgan O‘zbekiston vatandoshi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...