Catira
17 iyul 2017

Mirziyoev Eltuz saytini o‘qiydimi? (video)

«Mana bitta misol, ertalab men Internetni o‘zim ochib o‘qidim, buni menga hech kim bermaydi!» dedi Mirziyoev deputatlar bilan 12 iyul o‘tgazgan majlisda.

Shundan so‘ng u Eltuz nashrida 11 iyul kuni chop etilgan «Vohid Amonov: Vaqtida operatsiya qilinganida xotinim tirik bo‘lar edi» sarlavha ostidagi maqolani to‘liq o‘qib berdi.

«Oliy majlisdan kelishadi, deb yopib qo‘ygan laboratoriyani, kattalar keladi deb! Hammamiz katta bo‘lib ketganmiz-da!» dedi keyin prezident maqolaga izoh berib.

Kimdir buni prezident feysbukdan, kimdir «Ozodlik» saytidan o‘qib berganinini bildirmoqda.

Biroq, «Ozodlik» saytida ayni mavzudagi maqola 12 iyul tushdan keyin paydo bo‘ldi, majlis esa ertalab boshlangan.

«Biz ham o‘qiyapmiz shu maqolani, lekin saytlardanmas, feysbukdan» deya izoh qoldirdi Dapushka Oq ismli yuzer.

Voqeani o‘rgangan Bi Bi Si o‘zbek xizmati, prezident Mirziyoev majlisda deputatlarga o‘qib bergan maqola O‘zbekistonda bloklangan Eltuz nashridagi bilan so‘zma-so‘z to‘g‘ri kelishini aniqlagan.

Video: https://youtu.be/piK6U9lC-sY
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 iyul 2017
Ijtimoiy tarmoqda Shavkat Mirziyoevning «Yoshlar» telekanalini tanqid qilib «Yoshlarning hidi ham yo‘q u yerda!» degan gaplaridan keyingi yoshlarning chiqishlari ...
14 iyul 2016
«Pravda vostoka» gazetasi Vetnam Sotsialistik Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bayram munosabati bilan «Jahon» axborot agentligiga bergan intervyusini e'lon qildi. «O‘zbekiston ...
25 yanvar 2017
Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining maktubi menga 25 yillik jurnalistik faoliyatimda hukumat tarafidan yopilgan va men ishlagan «Erk», «Munosabat», TV ...
8 avgust 2016
Rassom Kirpi har yili bo‘ladigan ayni holat, abituriaentlarning bunker, paravoz va shpargalka kabi vositalaridan foydalaninishini hajv qiladi. Bu yil ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...