Asosiy mavzular
25 sentyabr 2017

Talabalarning paxtadan qaytarilishi tuman hokimlarini shokka soldi

Ulug‘nor tumani rahbarlari paxta rejasini talabalarsiz endi qanday to‘ldirish haqida qayg‘urishmoqda.

22 sentyabr kuni andijonlik talabalar paxta yig‘im-terimidan qaytishdi.

Shu kuni ertalabdanoq ko‘pchilik shaharda yo‘lovchi tashish transportlarining tirbandligi, avtobuslarining kamayib ketganiga xayron bo‘lgan edi.

Kunning ikkinchi yarmida talabalar mingan avtobuslar karvonida dastlab Andijon Davlat universiteti talabalari qaytib kelishdi.

«Bu yangilik hammamiz uchun kutilmagan xodisa bo‘ldi. Hatto kecha ham bu haqda hech qanday gap-so‘z yo‘q edi. Bugun ertalabdan narsalarimizni yig‘ishtirishimiz haqida buyruq bo‘ldi. Prezidentimiz talabalarni paxtadan qaytarish haqida ko‘rsatma beribdi. Xursand bo‘lganimizdan hammamiz “ura” deb baqirib yubordik», deydi o‘zini Feruza deb tanishtirgan talaba.

Andijonda 4 ta oliy ta'lim dargohi bor. Ikki institut talabalari Qo‘rg‘ontepa tumanida, yana ikkitasi Ulug‘nor tumanida paxta terimida edi.
Talabalar qaytishidan mazkur tumanlar mulozimlaridan tashqari barcha xursand bo‘ldi. Ulug‘norlik fermerlardan birining ma'lum qilishicha, tuman rahbarlari endi talabalarsiz paxta rejasini qanday to‘ldirish haqida qayg‘urishmoqda.

«Tumanimizda ishchi kuchi kam, shu bois har yiliyam paxta planini xasharchilar hisobiga bajarardik. Talabalar ketdi, endi asosiy kuch boshqa tumanlardan jalb etilgan xasharchilar – tashkilotlar, ishchi-xodimlari va maxalliy aholi zimmasiga tushadi. Salkam 21,5 ming tonna paxta rejasini uddalash osonmas. Biz-ku o‘z xo‘jaligimiz rejasini bir amallab bajararmiz. Ammo tumanimiz rahbarlari shokka tushgan.

“Endi nima qilamiz?”, “Bu yil planni bajara olamizmi?” deb qayg‘urishmoqda.

Ulug‘nor tumanida 11060 gektar yerga paxta ekilgan. Andijon Davlat universiteti hamda Andijon Davlat Tibbiyot institutining salkam 6mingga yaqin talabasi har yili ushbu tuman uchun beminnat xasharchilar edi.

Ma'lum qilinishicha, institutlarda dushanba kunidan to‘liq darslar boshlanadi.

«Paxta yig‘im-terimi borasida bu yil yangiliklar ko‘p bo‘ldi. Shulardan biri mahallalardagi uyushmagan yoshlar vakillarini Yoshlar Ittifoqi(sobiq Kamolot YoIH) tomonidan terimga jalb etilishidir. Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rnini ana shu uyushmagan yoshlar bemalol qoplaydi», deydi paxta shtabi mulozimlaridan biri.

Mulozimning ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilgi paxta terimiga Andijon viloyati bo‘yicha mahallalardan 10 mingga yaqin uyushmagan yoshlar jalb etilgan.Ular kuniga 500 tonna atrofida paxta terib berishmoqda.

Eslatib o‘tish joiz, prezident Mirziyoev BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etdi.

19 sentyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston rahbari ma'ruza qilib, Yoshlar mavzusiga alohida to‘xtalgan va Yoshlar huquqlariga oid BMT konventsiyasini ishlab chiqish taklifini kiritgandi.

O‘z nutqida prezident shuningdek, O‘zbekistonda bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmayotganiga alohida urg‘u bergan. Odamlarning fikricha, talabalarni paxtadan qaytarish davlat rahbari faoliyatidagi eng muhim oqilona qarordir.

Shohida Saidova
Andijonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 aprel 2019
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda surunkali yoqqan yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan sellar natijasida odamlar qurbon bo‘lgani to‘g‘risida xalq orasida turli gaplar ...
11 iyul 2018
Shu yilning 13 iyulidan O‘zbekistonda mashinalarning oynasini qoraytirishga izn beruvchi qaror loyihasi muhokamasi to‘xtatiladi. Loyihaga ko‘ra, 90 minimal ish ...
16 mart 2017
Mirziyoevning Karimov xotirasini abadiylashtirish haqidagi qaroriga bir nechta o‘zbek ziyolilarning qarshi chiqishi ortidan tarmoqda ularni badnom qilishga urinishlar boshlandi. ...
13 mart 2018
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 mart kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida viloyat faollari ishtirokidagi yig‘ilishda “viloyatdagi MXX xodimlarining aksar ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...