Asosiy mavzular
24 oktyabr 2017

Farg‘onada paxta terimiga “odam solig‘i” avj pallasiga chiqdi

Farg‘ona viloyatidan safarbar etilgan 15 mingga yaqin aholi bugungi kunda Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta terayotganiga qaramay, yana 10 mingga yaqin kishilar navbatma navbat Toshkent viloyati paxtazorlariga yuborilmoqda.

Voqealarni kuzatayotgan «Eltuz» muxbiriga ko‘ra, viloyatda avvalgi terimchilarning ko‘p qismi erkak terimchilar bo‘lishi talab etilgan bo‘lsa, bu safar unday talab qo‘yilmadi.

Tuman mulozimlaridan biri, sovuq tushib qolgani uchun terimchi topa olmay ancha qiynalib qolganini bildiradi.

«Har bir tuman Toshkent viloyatiga 2000 mingta terimchi berishi kerak. Avval odamlar 500 ming so‘m uchun paxtaga ketishga rozi bo‘lishgan edi. Ular har kuni telefon orqali yaqinlari bilan bog‘lanib, u yerdagi shart-sharoitni yomonligidan shikoyat qilishgan va bu gaplarni odamlar eshitgan», dedi u «Eltuz» muxbiriga.

U shuningdek Sirdaryoda odamlar taxta pol ustida uxlashgani, Qoraqalpog‘da esa ahvol undan ham badtar ekanligini bildiradi.

«Ovqatlari ham shunga yarasha. Shuning uchun biz tumandagi har bir tashkilotga tashkilotning xodimlarining soniga qarab norma belgiladik. Masalan, 10 nafar xodim ishlaydigan korxona yoki tashkilot albatta 4 nafar terimchi topishi kerak» deydi u.

Tuman statistika bo‘limida ishlovchi xodim odam yollashga ulardan tag‘in pul yig‘ib olinganini aytadi.

«Oyligim 800 ming so‘mga yetmaydi. Ammo o‘tgan safar Sirdaryoga bitta odam uchun 500 ming so‘m, bu safar esa yana 500 ming so‘m yig‘ildi. Biz to‘rtta odam topishimiz kerak. Demak 2 mln. so‘mni hamkasblarim bilan birga o‘z cho‘ntagimizdan to‘laymiz» deydi u.

U shuningdek, boshlig‘i «agar pul berishni istamasangizlar o‘zlaring borib paxta teringlar, bo‘lmasa ishdan bo‘shash haqida ariza yozinglar» deganini bildiradi.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 aprel 2018
Rossiyaning «Birinchi» telekanali O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda mamlakat ichkarisida alohida telekanal ochmoqchi. Bu haqda Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi matbuot ...
16 dekabr 2019
O‘zbekiston Ekologik partiyasi rahbari Boriy Alixonov Chernobil halokatiga sabab bo‘lgan atom reaktori bilan O‘zbekistonda qurilajak reaktorni “Moskvich” va “Lasetti” ...
16 noyabr 2022
O‘zbekiston rassomlar uyushmasi a'zosi, rangtasvir, grafika va karikatura ustasi, yetuk rassom, Eltuz ijodiy jamoasi a'zosi Shavkat Muzaffar (Shavkat Turopov) ...
31 dekabr 2020
Kechgan yilda Mirziyoev nomidan Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyaga yordam yuborildi. Gaz va elektr energiyasi yetkazib berildi. Eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...