Asosiy mavzular
25 yanvar 2018

OSI: MXX raisi Inoyatov oilasi Dubayda qiymati 12 million dollarlik binoga ega

O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati raisi Rustam Inoyatov Dubayda 12 million dollar sarflab, turar joy inshooti qurgan.

Bu ma'lumotni «Ochiq manba tadqiqotlari» (Open Source Investigations, OSI) jurnalistlari 22 yanvar kuni ochiqladi. «Eltuz» bu ma'lumotlarni Open Source Investigations jurnalistlari bergan tarzda aynan taqdim qiladi. Ma'lumot¸ isbot va dalillar Open Source Investigationsga oiddir.

Inoyatovlarga tegishli Dubaydagi ko‘chmas mulk. opensourceinvestigations.com

Ularga ko‘ra, general Rustam Inoyatov Dubaydagi ko‘chmas mulk bozoriga kattagina pul sarflagan..

Xabarda MXX boshlig‘i oilasiga Dubaydagi 12 million dollarlik turar joy loyihasi tegishli ekani aytiladi.

Bu Yaqin Sharq va dunyodagi eng yirik erkin savdo zonasi portidan uncha uzoq bo‘lmagan, yollanma ishchilar uchun mo‘ljallangan besh qavatli binodir.

Bino yollanma ishchilar ishlaydigan «Jebal Ali» sanoat parkida joylashgan.

Rustam Inoyatovning BAAga rasmiy tashrifidan  asl maqsad aynan mana shu inshoot bo‘lgan edi.

Inoyatovning BAAga xizmat safari

2017 yilning 22 martida shayx Mansur ibn Zayd al-Nahyyon davlat mulozimiga qilinadigan alohida ehtirom bilan O‘zbekistondagi eng sobiqador vazir Rustam Inoyatovni Abu-Dabidagi prezidentlik saroyida qabul qilgandi.

O‘zbekiston MXX raisiga mezbonlik qilgan shayx Mansur Birlashgan Arab Amirligi (BAA) bosh vaziri o‘rinbosari, shuningdek, global ko‘lamdagi manfaatlarni ko‘zlagan biznesmendir.

Rustam Inoyatov esa bir vaqtning o‘zida ham O‘zbekistondagi eng qo‘rqinchli tashkilot boshlig‘i va ham yirik oligarxdir.

2016 yilning sentyabrida BAA  bosh vazirining boshqa bir o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Zayd al-Nahayyon O‘zbekistonga kelgan edi.

Rustam Inoyatov uni Samarqandda qabul qilgandi.

Shayx Saif ibn Zayd al-Nahayyon va Rustam Inoyatovning Samarqanddagi uchrashuvida olingan surat. 

Rasmiy manbalar ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yilning mart oyida Abu-Dabidagi uchrashuvda shayx Mansur ibn Zayd al-Nahayyon va Rustam Inoyatov «ikki mamlakat va xalq manfaati uchun ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash yo‘llari»ni muhokama etishgan.

Biroq «Ochiq manba tadqiqotlari» (Open Source Investigations, OSI) jurnalistlari ilgari aniqlaganlari kabi, Rustam Inoyatov o‘z mansab vakolatlarini su'iste'mol qilib, bu uchrashuvdan shaxsiy boyish yo‘lida foydalangani o‘rtaga chiqdi.

Uning BAAga safari rasmiy safar emas, ish safari bo‘lgan. OSI Inoyatovlar oilasining Dubaydagi ko‘chmas mulk bozoriga katta mablag‘ yotqizgani haqida tasdiqlangan hujjatlarga ega.

2017 yilning avgustida, Inoyatovning Abu-Dabiga safaridan to‘rt oy o‘tib, CapitalEngineering Consultancy  qurilish shirkati Jebel Ali Indastrial (Jebel Ali Industrial), 1 manzilida joylashgan, Dubay ishchilari uchun mo‘ljallangan turar joy binosining joriy loyihasini e'lon qildi.

Dubaydagi Inoyatovlar oilasiga tegishli turar joy kompleksi loyihasi

Majmua egasi esa O‘zbekiston vatandoshi Rustam Inoyatovning pochchasi Baxtiyor Irgashevdir.

Ob'ektninng narxi 12 250 000 dollar (45 000 000 BAA dirhami)da baholangan.

Inoyatovlar oilasiga tegishli bo‘lgan bino Dubay g‘arbidagi Jebel Ali dengiz portiga yaqin yerda qurilgan. Ayni port yuk tashish ko‘lami bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinda turadi. Bu ulkan port 7000 shirkat faoliyat yuritadigan erkin savdo zonasidir.

59 yoshli Baxtiyor Ilyosovich Irgashev Inoyatovning ishonchli vakilidir.

Inoyatovning kenja singlisiga uylangan Irgashev neft, gaz, qurilish sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi va bank plastik kartlari ishlab chiqaruvchi «Benif Grup» (Benif Group)ning bosh direktori hisoblanadi.

Baxtiyor Irgashev «Benif Grup» sho‘'ba shirkati, «Benif Handels» (Benif Handels GmbH) egasi Sharif Inoyatovning biznes sherigi va Venadagi ko‘p millionli imoratning sheriklikdagi egasidir.

Dunyo boylari nimalarga investitsiya qilishmoqda?

BAAdagi ishchi kuchini, asosan, xorijdan keladigan vaqtinchalik ishchilar tashkil etadi.

Inoyatovlar oilasi kabi yirik oligarx korchalonlar ishchilar uchun yotoqxonaga mo‘ljallangan qurilish ob'ektlariga sarmoya yotqizmoqda.

Ishchilar uchun nisbatan qulayliklar va xavfsizliklarni ta'minlashni ko‘zlagan bu ob'ektlar ularning ish joyidan uncha uzoq bo‘lmagan manzilda joylashgani yo‘lga ketadigan vaqt va xarajatlarni kamaytiradi.

MXX raisi yana qancha boylikni O‘zbekistondan olib chiqib ketdi?

73 yoshdagi va 23 yildan beri MXXga raislik qilayotgan Rustam Inoyatov yana qancha boyliklarni O‘zbekistondan olib chiqib ketib, chet eldagi loyihalarga sarfladi?

Bu savol javobini OSI jurnalistlari hujjatlar asosida aniqlashga urindi. Keyingi ikki oy ichida OSI Inoyatovlar oilasiga tegishli bo‘lgan Rossiya va Avstriyadagi mol-mulk hamda shirkatlar ro‘yxatini ochiqladi.

OSI ta'kidicha, «Inoyatovlar oilasiga tegishli bo‘lgan mol-mulklar ro‘yxatiga endilikda Dubaydagi 12 million AQSh dollari turadigan inshoot ham tirkalgan».

«Eltuz» o‘zbek mulozimlarining noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatdan chetga olib chiqib ketgan boyliklari haqidagi mavzuni yoritishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 oktyabr 2023
Azizlar mana xafta aylanib yana sizni yo‘qlab turibman. Xabar oldingmi bemordan, qarindosh, do‘st, musofirdan? Birovni yo‘qlasang dildan, ziyorat ham ...
14 mart 2022
Toshkentdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda minglab rossiyaliklar gala-gala bo‘lib Rossiyaga nisbatan qo‘llanilayotgan sanktsiyalardan qochib, O‘zbekiston poytaxtiga ko‘chib kela ...
6 iyul 2017
Iyul oyining boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning «ona suti og‘zidan ketmagan» yoshlarni hukumatdagi yuqori lavozimlarga tayinlagani o‘zbek jamiyatida turli ...
1 mart 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Shaxsan hech qachon rus xalqiga kin va nafrat tuymadim. Aksincha, yoshligimda Rusiya bilan bog‘liq ishlarimda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...