Asosiy mavzular
9 aprel 2018

Chirigan piyozning badalini kim to‘laydi?

Bu yil bahorga chiqib Toshkentda piyoz xor bo‘ldi. Ayrim mahallalarga, ko‘p qavatli uylar orasidagi ariqlarda qop-qop to‘kib tashlangan piyozni ko‘rishingiz mumkin.

Bu “mo‘l-ko‘llik” Toshkent shahri hokimligining xalqni arzon piyoz bilan ta'minlash maqsadida zaxira qilgan mahsulotni tekinga tarqatishi sabab kelib chiqdi.

Hozir har bir maktab, bolalar bog‘chasi, mahalla fuqarolar yig‘inlariga tekin tarqatish uchun mashina-mashina piyoz olib kelingan.

Garchi Toshkent shahri hokimligi axborot xizmati “vaziyatni o‘rgangan mutasaddilar piyozning talab darajasida iste'molga yaroqli ekanini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar”, deb xabar tarqatganiga qaramay, aslida bunday emas.

“Bir qop piyozdan nari borsa 5-6 kilo yaroqlisi chiqadi. Qolganlari chirib, ko‘karib ketgan. Ishlatib bo‘lmaydi. O‘sha yaroqlisi ham uzoq saqlashga yaramaydi”, deydi tekin piyozdan olgan kishilardan biri.

Mutasaddilarning bildirishicha, tekin tarqatilayotgan piyozning miqdori qariyb 3000 tonnaga yaqin.

Savollar tug‘iladi, xo‘sh, buncha piyozni zaxira qilishga qancha mablag‘ sarflangan? U nega o‘z vaqtida bozorga chiqarilmagan? Axir bu piyoz juda katta mablag‘ sarflanib jamg‘arilgan-ku.

Bu yil Toshkent bozorlarida piyozning narxi unchalik osmonga o‘rlab ketgani yo‘q. Bunga savdo yarmarkalariga chiqarilgan zaxira piyoz ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Lekin biror mahsulotni zaxira qilayotganda aholining unga ehtiyoji, bozordagi talab o‘rganilib chiqilmaganmiki, minglab tonna piyoz chiritib yuborildi?

Avvaliga hokimlik chirib borayotgan piyozni xalq ta'limi xodimlariga majburan kilosini 800 so‘mdan sotib, imi-jimida boshog‘riqdan qutulib qolish harakatida bo‘ldi. Ammo bu majburlash oshkor bo‘lgandan keyin tekin tarqatishga o‘tildi.

Ko‘p qismi chirib ketgan, tekin tarqatilayotgan piyozning qiymatini bir xomcho‘t qilib ko‘rsak. Agar 3000 tonna piyozning kilosi o‘rtacha narxi 1000 so‘mdan deb hisoblasak, 3 milliard raqami kelib chiqadi.

Davlatning katta mablag‘i sarflanib jamg‘arilgan piyozning talab darajasida saqlanmagani, shuncha pul sovurilgani uchun kimdir javob beradimi?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 sentyabr 2016
O‘zbek xalqining buyuk shoiri Rauf Parfi 1943 yilning 27 sentyabrida tug‘ilgan edi. Ushbu sana munosabati bilan uning yaqin do‘stlaridan ...
15 mart 2021
Ichki ishlar vazirligi ikki oy ichida 24 milliard so‘mga mahbus tashuvchi 50 ta transport vositasi – avtozak sotib olgani ...
22 may 2016
O‘g‘uzxon nomidagi Turkmanfilm kinostudiyasi boshlig‘i Saparmuhammad Jolliev o‘tgan hafta “ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari” sababli ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Turkmanfilm ...
30 mart 2019
Prezident Mirziyoev 27 mart kuni imzolagan qarorga ko‘ra, “O‘zbekenergo” aktsiyadorlik jamiyati “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...