Asosiy mavzular
25 aprel 2018

RSF: O‘zbekiston matbuot erkinligi bo‘yicha bu yil to‘rt pog‘ona ko‘tarildi

«Chegara bilmas muxbirlar» (RSF) tashkiloti 25 aprel kuni e'lon qilgan 2018 yilgi matbuot erkinligi indeksida O‘zbekiston o‘tgan yilgi 169-o‘rindan 165-o‘ringa ko‘tarildi.

Tashkilotning bu yilgi hisobotida O‘zbekiston o‘z qo‘shnisi, hamon 178-o‘rinda qolayotgan Turkmanistondan oldinga chiqdi.

Biroq O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi qolgan uchta davlat – Qirg‘iziston (98), Tojikiston (149) va Qozog‘iston(158)dan hamon ortda qolmoqda.

Matbuot erkinligi tadqiq etilgan hisobotda O‘zbekiston 180 mamlakat oxiridan 15-o‘rinda turibdi. Indeksdagi birinchi o‘rinni Norvegiya, oxirgi o‘rinni esa Shimoliy Koreya egallagan.

«Hali ko‘p ish qilinishi kerak», deyiladi hisobotning O‘zbekiston reytingiga bag‘ishlangan bo‘limida.

«Jurnalistikaga nafrat demokratiyaga tahdid solmoqda» deb nomlangan RSF hisobotiga ko‘ra, 2016 yil avgustida prezident Islom Karimov o‘limidan so‘ng O‘zbekiston tarixida yangi davr boshlangan.

«Karimov diktator sifatidagi 25 yillik iqtidori davomida tsenzurani mustahkamlash va mustaqil jurnalistlarni ta'qib qilishdan hech to‘xtamadi. Uning vorisi, sobiq bosh vazir Shavkat Mirziyoev inson huquqlari vaziyatini yaxshilashga va'da berdi, taniqli jurnalistlar qamoqdan ozod etildi», deyiladi hisobotda.

Biroq «Chegara bilmas muxbirlar»ga ko‘ra, kamida uch nafar jurnalist va blogger hibsda qolmoqda, jumladan, ularning uchtasi 2017 yil qamoqqa olingan. Hibsga olinganlar ularga qiynoqlar qo‘llanilganini bildirishgan.

So‘nggi paytlarda repressiv tizimning bo‘shashgani sezilsa-da, «Farg‘ona», «Ozodlik» kabi ayrim saytlar O‘zbekistonda ilgarigidek to‘silganicha qolgani bildiriladi hisobotda.

O‘zbekistonda, shuningdek, o‘qilishi istalmagan saytlar qatorida «Eltuz» nashri ham mahalliy provayderlar tomonidan to‘sib qo‘yilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 aprel 2021
Mo‘risidan tutun chiqar,  Qatlamasi butun chiqar. Yetti kelin yugurib chiqar, Ramazon, omin! Mana, azizlar, o‘lmagan qul, yana oylar sultoni ...
23 noyabr 2021
Koson tumani hokimligi rasmiy veb saytiga ko‘ra, “so‘nggi 2 yil ichida Koson tumani markazi tanib bo‘lmas darajada chiroy ochgan”. ...
27 fevral 2021
26 fevral kuni tuzilajak «Haqiqat va taraqqiyot» sotsial- demokratik partiyasi tashabbuskori, iqtisod fanlari doktori Xidirnazar Allaqulov uyidan kuch ishlatar ...
31 avgust 2020
Hozirgi yoshlar orasida «kalta paypoq» kiyganlar ko‘p yoki ozligini bilmayman. Lekin hozirga kelib aksari (hammasi emas) yoshlar uylanish jarayonida ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...