Kundalik
14 may 2018

Ozod etilishi talab etilgan so‘nggi faol qamoqdan chiqdi

O‘zbekistonda «Mardikorlar kasaba uyushmasi»ni tuzgani uchun 10 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum etilgan Faxriddin Tillaev 12 may kuni ozod etildi.

Kelasi kuni u Toshkentda xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuvida sudgacha tergov paytida unga nisbatan qo‘llangan qiynoqlar haqida gapirib berdi.

Jamoatchilik faollarining ozod qilingan mahkum bilan uchrashuvi

«Mening tirnoqlari orasiga ignalar sanchishdi. Sovuq havoda tashqariga chiqarib, qip yalang‘och qilib, ustimdan sovuq suvlar quyishdi. Badanlarimga elektr tok qo‘llashdi. Oyoqlarimning ostiga troslar bilan urishdi», dedi Tillaev.

Shuningdek, u diniy va siyosiy mahkumlarga nisbatan zonalarda maxsus «tinchlantiruvchi kuylak» kiydirishlari haqida gapirdi:

«Tergov hibsxonasida men o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman, namanganlik Bahriddinovni o‘sha «rubashka»ni kiydirib qiynashgan».

U yana 47-zona izolyatorida ko‘rgan vakuum qiynoq kamerasi haqida ham gapirib berdi.

«Mahkumni kislorod bermay qiynash uchun mo‘ljallangan maxsus kichkina kamera. Aslida bunday jazo 41-yillarda urush paytida o‘ylab topilgan ekan. Men o‘sha kamerada bir soat o‘tirib, hushimdan ketganman», deydi sobiq mahkum faollar bilan suhbatida.

O‘z faoliyati uchun «odam savdosi»da ayblanib, 2014 yilning yanvarida hibsga olingan Nuriddin Jumaniyozov 9 yilga, Faxriddin Tillaev esa 10 yilu 8 oyga hukm qilingandi.

Nuriddin Jumaniyozov 2016 yilning 31 dekabr kuni 68 yoshida turmada vafot etgan edi.

Faxriddin Tillaev qamalishidan oldin Nuriddin Jumaniyozov bilan birgalikda “O‘zbekiston mardikorlari kasaba uyushmasi”ni tashkil qilib, mardikorlar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanib kelgan.

Huquq himoyachisi Umida Niyozova «Eltuz» bilan suhbatida Faxriddin Tillaev xalqaro jamoatchilik talabi bilan ozod etilgan so‘nggi faol ekanini aytadi:

«Hozirgi paytda O‘zbekiston qamoqlarida huquq himoyachilari yoki jurnalistlar qolgani yo‘q. Ko‘plab uydirilgan va siyosiy dastaklangan ishlarning figurantlari esa hanuz hibsda qolmoqda. Masalan, 2017 yilning dekabrida davlatga xiyonat qilishda ayblangan tarixchi Andrey Kubatin qamoqda. Biroq aynan jurnalistlar va huquq himoyachilaridan qamoqda hech kim qolgani yo‘q. Albatta, O‘zbekistonda erkinlik va demokratiya tantanasi haqida gapirishga hali erta, ammo har holda mamlakatning yaxshi tomonga o‘zgarayotganidan umid bor».

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda manbasi bizning ichimizda, bizni ...
18 may 2021
Rassom Kirpi
2 iyun 2019
Qashqadaryoning Chiroqchi tumani Tutli mahallasida 28 may kuni mahalliy ovchi ayiqni otib o‘ldirdi. Bu haqda Nuz. Uz nashri O‘zbekiston ...
22 dekabr 2020
Joriy yilning 15 dekabrida 35 yoshli Z.B. uch o‘g‘lini va o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lgan vaqtda Sirdaryo viloyati Shirin shahri ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...