Asosiy mavzular
12 noyabr 2018

Toshkentdagi tadbirda Muhammad Solihning fevral portlashlariga aloqasi yo‘qligi aytildi

Toshkentda 11 noyabr kuni Rauf Parfiga bag‘ishlangan tag‘in qarshilikka uchragan tadbirga kelgan bir guruh ziyolilar davrasida o‘zbek muxolifati lideri, shoir Muhammad Solih nomi eslandi.

«Adabiyot gazetasi» muharriri Baxtiyor Karimov gazetaning 1 noyabr kungi tiraji Muhammad Solih to‘g‘risidagi maqola sabab Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan yig‘ishtirib olingani haqida bildirdi.

«Ular menga dordan qochganlarning minbari bo‘lib qoldi bu «Adabiyot gazetasi», deyishdi. Men ularga aytdim: «Ular dordan qochganlar emas, dordan qochgan sizlar! Ular dorga boshini tikkan odamlardir!» dedi Baxtiyor Karimov.

Gazeta muharririning so‘zlariga ko‘ra, taniqli adib Mamadali Mahmudovning «Qorong‘u tunda chaqnagan chaqmoqlar» maqolasi Muhammad Solihning 16 fevral voqealariga aloqasi yo‘qligi haqida bo‘lgan.

«Hech bo‘lmasa, Rauf Parfidek o‘limidan keyin ham yolg‘on jamiyatga momoqaldiroqday larza soladigan yoki Muhammad Solihday familiyasining o‘zi jamiyatni larzaga keltiradigan shoir bo‘lishga intilish kerak», dedi Baxtiyor Karimov.

Muhammad Solih nomi eslangan maqola chop etilgan «Adabiyot gazetasi»ning sotuvdan qaytargani Interpol muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi rahbarini xalqaro qidiruvdan olib tashlagan vaqtga to‘g‘ri keldi.

Bir guruh ijodkorlarning Rauf Parfi yubileyiga bag‘ishlangan 11 noyabrga mo‘ljallagan tadbiri esa bu safar, uning tashkilotchisi Anvar Nazirning bildirishicha, Yoshlar ittifoqi to‘sqinligi bois shoir dafn qilingan qabristonda o‘tkazilgan.

Bundan avval 25 sentyabr shoir tug‘ilgan kunga bag‘ishlangan yubiley Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi ma'muriyati tomonidan, keyin esa Oybek uy-muzeyi ma'muriyati tomonidan to‘xtatilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 avgust 2016
Bugun 31 avgust kuni O‘zA axborot agentligi saytida paydo bo‘lgan, prezident Islom Karimov nomidan yo‘llangan tabrik allaqachon g‘oyib bo‘ldi. ...
4 aprel 2021
O‘zbekiston jazoni ijro etish tizimida “birinchi raqamli jallod” sifatida nom chiqargan Nozim Jumaev birinchi aprel kuni Buxoroda ko‘mildi. Bundan oldin u ...
13 oktyabr 2023
RT: Do‘st bilan obod uying gar bo‘lsa ul vayrona ham! MS: Isop duz og‘a. Nichiksizla mo‘chchi apika, xo‘jik brrilo. Ëngqi ishlar ...
29 aprel 2020
Andijon viloyatining Andijon tumanida uchastka nozirlari va mahalla faollari yangi tuzilgan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobiga aholidan uyma-uy yurib ...
Bloglar
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...
7 yanvar 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri ...
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...