Asosiy mavzular
12 noyabr 2018

Toshkentdagi tadbirda Muhammad Solihning fevral portlashlariga aloqasi yo‘qligi aytildi

Toshkentda 11 noyabr kuni Rauf Parfiga bag‘ishlangan tag‘in qarshilikka uchragan tadbirga kelgan bir guruh ziyolilar davrasida o‘zbek muxolifati lideri, shoir Muhammad Solih nomi eslandi.

«Adabiyot gazetasi» muharriri Baxtiyor Karimov gazetaning 1 noyabr kungi tiraji Muhammad Solih to‘g‘risidagi maqola sabab Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan yig‘ishtirib olingani haqida bildirdi.

«Ular menga dordan qochganlarning minbari bo‘lib qoldi bu «Adabiyot gazetasi», deyishdi. Men ularga aytdim: «Ular dordan qochganlar emas, dordan qochgan sizlar! Ular dorga boshini tikkan odamlardir!» dedi Baxtiyor Karimov.

Gazeta muharririning so‘zlariga ko‘ra, taniqli adib Mamadali Mahmudovning «Qorong‘u tunda chaqnagan chaqmoqlar» maqolasi Muhammad Solihning 16 fevral voqealariga aloqasi yo‘qligi haqida bo‘lgan.

«Hech bo‘lmasa, Rauf Parfidek o‘limidan keyin ham yolg‘on jamiyatga momoqaldiroqday larza soladigan yoki Muhammad Solihday familiyasining o‘zi jamiyatni larzaga keltiradigan shoir bo‘lishga intilish kerak», dedi Baxtiyor Karimov.

Muhammad Solih nomi eslangan maqola chop etilgan «Adabiyot gazetasi»ning sotuvdan qaytargani Interpol muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi rahbarini xalqaro qidiruvdan olib tashlagan vaqtga to‘g‘ri keldi.

Bir guruh ijodkorlarning Rauf Parfi yubileyiga bag‘ishlangan 11 noyabrga mo‘ljallagan tadbiri esa bu safar, uning tashkilotchisi Anvar Nazirning bildirishicha, Yoshlar ittifoqi to‘sqinligi bois shoir dafn qilingan qabristonda o‘tkazilgan.

Bundan avval 25 sentyabr shoir tug‘ilgan kunga bag‘ishlangan yubiley Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi ma'muriyati tomonidan, keyin esa Oybek uy-muzeyi ma'muriyati tomonidan to‘xtatilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 yanvar 2017
Mirziyoevning ayrim va'dalari amalga oshmadi. Masalan uning 27 mamlakat sayyohlariga vizasiz kirish izni berish qarori bekor bo‘ldi. Keyinchalik chiqish ...
25 fevral 2020
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan “O‘zmetkombinat” aktsiyadorlik jamiyati bilan xususiy firmalar orqali shartnoma imzolagan Abdusattor Shukurov, Sanobar Yoqubova va ...
12 noyabr 2015
Bugun 12 noyabr kuni ertalab 21 yil qamoqda bo‘lgan, 4 marta raskrutka qilingan taniqli muxolifatdagi siyosatchi Murod Jo‘raev ozod ...
23 mart 2016
“Xalq so‘zi” gazetasi “Jahon” axborot agentligiga asoslanib O‘zbekiston prezidentining 2015 yil yakunlariga bag‘ishlangan mashvaratdagi ma'ruzasi Buyuk Britaniya ekspertlar hamjamiyatida ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...