Video
24 yanvar 2016

Nargiz Zokirova yuziga otilgan qadaxdan yaralandi

Taniqli qo‘shiqchi, 45 yashar Nargiz Zokirova shanba kuni Moskvaning Backstage restoranida bergan kontserti chog‘ida ikki ksenofob ayolning tajovuziga uchradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozilishicha, restoranning kazo-kazolarga oid VIP qismida o‘tirgan ayol alkogol to‘ldirilgan qadax bilan sahnaga chiqib Nargizni o‘zbekligi uchun haqoratlab, qo‘lidagi bardaqni qo‘shiqchining yuziga uloqtirgan. Bu ayol ortidan yetib kelgan yana bir ultramillatchi xonim Nargizga qarata sharmandali so‘zlar aytgan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu ikki xonim Nargizni haqorat qilgan paytida qo‘riqchilar ataylab pisib chiqib ketishgan va kuzatuv kameralari o‘chirib qo‘yilgan. Bu ikki xonimning mavqei kontsert tashkilotchilari va qo‘riqchilar shashtini pasaytirgani aytiladi.

Nargizning o‘zi bu xolatni FBdagi sahifasida mana bunday tasvirladi:

rasm783
Nargiz Zokirova uni haqoratlab, jarohatlagan rus ayoli rasmini instagramiga qo‘ydi

«Mana o‘sha VIP mehmon! U qo‘lida bardaq bilan oldimga kelib «Tы x…ya!!!» Deb baqirdi. Keyin esa bu xonim «Senga o‘xshagan o‘zbeklar meni uyimda bo‘q tozalashadi» deya qadahni menga qarab irg‘itdi. Qadax dramshildga tegib parcha-parcha bo‘ldi. Sahnada shisha parchalari uchdi. Ayni paytda meni qo‘riqlashi kerak bo‘lgan qo‘riqchilar sehrli tarzda g‘oyib bo‘lishdi. Tashkilotchilar ayanch jilmayib vaziyatni haspo‘shlashga urinishdi.

racm249
Nargizning shisha jarohatlagan oyog‘i rasmi

Bu asnoda butun restorandagi kuzatuv kameralari ishlamagani ma'lum bo‘ldi. Men o‘zga mamlakat vatandoshi bo‘lganim uchun haqimni himoya ola olmaymanmi? 21 asrda ham bunday tovuqmiya joxillarning mavjudligini hazm qila olmayman. Joxillikni aslzodalik ko‘rpasiga o‘rtib bo‘lmaydi. Bunday VIP mehmonlar xo‘jayinga to‘lab qo‘yib og‘zini beparda qilib xoxlagan ishini qilishi mumkin», deya yozgan Zokirovlar sulolasining kenja vakilasi Nargiz tarmoqqa shisha sinig‘i kirib qontalash bo‘lgan tovonining rasmini qo‘ydi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlardagi Nargiznimng muxlislari ksenofob tajovuzkorlar jazolanishini talab qilishmoqda.

Ikki o‘t orasida

Ayni paytda Nargiz Zokirova nafaqat rus millatchilari, balki o‘zining tashqi qiyofasi va hayot tarzini hazm qila olmagan joxil o‘zbeklar tarafidan ham muttasil haqorat nishoni bo‘lib keladi.

O‘tgan yili Nargiz Zokirova ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga nisbatan aytilgan haqoratlarga javoban qoldirgan xabarida O‘zbekistonni «do‘zax»ga o‘xshatgan edi.

Bu o‘xshatish ijtimoiy tarmoqlardagi faol o‘zbekistonliklar tomonidan qizg‘in muhokama qilingani ortidan qo‘shiqchi Nargiz Zokirova ijtimoiy tarmoqlarda o‘z vatanini «do‘zax» deb atagani uchun uzr so‘ragandi.

«U darhaqiqat mening vatanim, mening ildizlarim, men o‘zbek ekanligimdan faxrlanaman», deb yozdi Nargiz Zokirova tarmoqdagi o‘z sahifasida.

Qo‘shiqchi Rossiya matbuotiga bergan suhbatida: «Kecha kuni bilan yig‘ladim. Buni o‘qish juda og‘ir botdi. Men vatandoshlarimga bu xabarni hissiyotga berilgan holda yozganimni tushuntirmoqchiman. Balki, noto‘g‘ri vaqtda noto‘g‘ri joyda tug‘ilgandirman, ularning tasavvurlariga mos emasdirman. Lekin o‘zim tug‘ilgan, ota-onam yashayotgan yerni, vatanimni qanday yomon ko‘rishim mumkin? Shu millat tufayli men dunyoga keldim. Lekin ayrim vatandoshlarim meni ularga o‘xshamaganim uchun yomon ko‘rishlaridan juda xafaman. Axir shu tufayli vatanimni tark etishga majbur bo‘ldim. Meni noto‘g‘ri tushungan odamlar oldida uzr so‘ramoqchiman; men butun O‘zbekistonni nazarda tutmagan edim», deb aytgan edi.

Nargiz Zokirova O‘zbekistondan tashqarida ham mashhur Zokirovlar sulolasining vakili, Luiza Zokirovaning qizidir.

90-yillarda tog‘asi Farrux Zokirov bilan duet qo‘shiqlar kuylagan.

Ijodini ilk boshlagan paytida «Vodillik kelin» kinofilmida qo‘shiqlar ijro etgan Nargizning ko‘rinishi bugun g‘arb pop mashshoqlari ulgisidir.
Uch farzand onasi Nargiz Zokirova o‘tgan asr so‘ngida AQShga ko‘chib ketgan edi.

Hushnudbek Samandarov

Moskva, Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 iyun 2016
21 iyun kuni o‘shlik Rustamjon Turg‘unov ismli 33 yashar o‘zbek o‘zi bilan birga Fotixdagi arzon mehmonxona (Malabadi Beyazit Hotel)da ...
1 mart 2020
Gorbachyov davri yetishtirgan eng taniqli rus-sovet jurnalisti Vladislav Listev 1995 yilning 1 martida Moskvada otib o‘ldirilgan edi. O‘sha paytda ...
30 noyabr 2021
Bu 1991 yil 30 noyabrdagi “Pravda vostoka“ gazetasi. Gazetada so‘nggi 27 yil ichida o‘zbek millatiga berilgan yagona siyosiy tanlov ...
6 mart 2019
“Milliy tarix” mohiyatan konstrukt ekanligi haqida ko‘p gaplashganmiz. Bugungi o‘zbek milliy tarixi o‘tgan asrning 20–40-yillarida Yakubovskiy va boshqa olimlar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...