Asosiy mavzular
9 dekabr 2019

Shunqorning parvozini balandlatayotganlar kimlar?

Majburiy mehnat byurosining Pastdarg‘om tumani bo‘limi boshlig‘i Ilhom Hamdamovning 7 dekabr kuni o‘z vazifasidan ozod etilishini mamlakatdagi hokimiyat tanazzulining bir ko‘rinishi o‘laroq baholash mumkin. 

Bundan avvalroq, 4 dekabr kuni Ilhom Hamdamov rahbarlik qilgan bo‘lim xodimlari Pastdarg‘om tumani obodonlashtirish direktsiyasiga qarashli beton zavodida elektr quvvati o‘g‘irlangani faktlarini fosh qilgan edi.

Ayni paytda rasmiylar Ilhom Hamdamovning ishdan olinishi tumanda MIB faoliyati bilan bog‘liq past ko‘rsatkichlar oqibati ekanini aytmoqda.

Rasmiylarning bildirishicha, MIBning viloyat bo‘limlarida oldinroq respublika komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan kompleks tekshiruvda ayrim tumanlarda, jumladan, Pastdarg‘omda (o‘zbek tili qonuniyatlarini o‘zicha tushunadigan “Kun.o‘z” talqinida Past Darg‘omda) bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha salbiy natijalar qayd etilgan. 

Shu sabab bilan Ilhom Hamdamovdan tashqari MIBning Urgut tumani bo‘limi boshlig‘i ham ishdan bo‘shatilgan. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, hali yana bir qator rahbarlar va xodimlarga nisbatan ham intizomiy choralar qo‘llanishi mumkin.

Aslida MIBdagi oddiy rahbarning lavozimidan chetlatilishi e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan katta voqea emas.

Ammo bu ish tuman hokimi Shunqor Xudoyberdievning yordamchisi Asror Mardievning shaxsan o‘zi MIB xodimining o‘z xizmat vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qilgani fonida yuz bergani jamiyatimiz uchun jiddiy muammolardan birini ko‘rsatib bermoqda. 

Ya'ni bu chetlashtirish “O‘ynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan” maqolining amaliy ro‘yobi o‘laroq qabul qilinayotir.

Zero, “Kun.o‘z” sayti Shunqor Xudoyberdievning noqonuniy harakatlari haqida bir necha maqolalar e'lon qilgan, ammo hokimga jin ham urmagandi. 

Shundan xulosa qilish mumkinki, “jin” hokimning tayanchlaridan biri bo‘lishi mumkinligini aslo istisno qilib bo‘lmaydi. 

Beton zavodidagi elektrdan noqonuniy foydalanish masalasini na MIB, na elektr tarmoqlari korxonasi, na IIVning mahalliy organlari hal qila oldi. 

Shuning o‘zi ham Shunqor Xudoyberdievning parvozini balandlatayotganlar ancha tepada o‘tirishidan darak bermaydimi? 

MIBning ish faoliyati yuzasidan xalq noroziligining cheki yo‘q. Osmondan tushgan qarzlarni shafqatsiz undirayotgan, jabrdiydalarning ohu nolasini pulga chaqayotgan bu idora xodimlarining kirdikorlari talaygina.

Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, MIB Pastdarg‘om tumani bo‘limi boshlig‘ining ishdan olinishi mantiqli bo‘lishi ham mumkin.

Ammo tuman miqyosidagi rahbarlar soyasida sodir etilayotan yirik miqdordagi o‘g‘irlik ortidan uning ishdan olinishi mantiq to‘qmog‘ini parchalaydi…

Bu voqea amaldorlarning qo‘li uzunligi mantig‘ini oldingi planga chiqarib, bizning jamiyatda hokimiyatga chiqqan kriminalning so‘zi so‘z, aytgani aytgan bo‘lishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 mart 2019
O‘zbekiston TV kanallaridan «Abdulhamid» serialining olib tashlanishi turk seriallariga qarshi qatlamni tag‘in qo‘zg‘adi. Bu safar ular serialning olib tashlanishidan ...
23 dekabr 2016
Chilonzor tumani “Tinchlik” masjidining imom xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher domla) o‘zining Munisa Rizaeva haqidagi chiqishi yuzasidan yozilgan tanqidiy munosabatga ...
17 sentyabr 2021
Bir paytlar o‘zbek teatrlari qaynona-kelin haqida mahalliy kallavaram yozgan go‘to‘yinlarni emas, balki insoniyat tafakkuri gultoji bo‘lgan Shekspir asarlarini sahnalashtirardi. ...
2 mart 2024
Termiz shahrida uylari buzilib, o‘rniga yangi ko‘p qavatli uylardan yangi uy va'da qilingan 200 nafarga yaqin fuqaro uch yildan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...