• Foto: Jamshid haqida "Adabiyot" gazetasi maqola chop etgandi
Asosiy mavzular
4 may 2020

Qamoq muddati besh marta uzaytirilgan diniy mahbus ozod qilindi

Yigirma bir yilni qamoqda o‘tkazgan buxorolik 43 yashar Jamshid Vosiev bugun, 4 may kuni ozod etildi. Bu haqda uning qarindoshi «Eltuz»ga xabar berdi.

Toshkentdagi 1999 yil 16 fevral portlashlaridan keyin hibsga olinib, konstitutsion tuzumga tajovuz va diniy ekstremistik tashkilotga a'zolikda ayblangan Vosiev 11 yilga qamalgan edi.

Jamshid Vosievning qamoq muddati «jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik» sababi bilan turli yillarda besh marta uzaytirilgan.

Oxirgi marta Zarafshon shahri sudining 2017 yil 16 maydagi hukmi bilan uning jazo muddatiga 3 yil qo‘shib berilgan.

Shu yilning mart oyida BMTning O‘zbekistondagi inson huquqlariga bag‘ishlangan sessiyasida muttasil jazo muddati uzaytirib kelingan Jamshid Vosiev nomi tilga olingani haqida «Eltuz» xabar bergan edi.

BMT Inson huquqlari qo‘mitasi eksperti P.Pazartis (Pazartis) O‘zbekiston delegatsiyasi oldida quyidagi savollarni qo‘ygan:

«Yaqinda din erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasiga asosan qamoq muddati uzaytirilgani haqida xabar keldi. “Qamoqda o‘zini tutish qoidalari” bilan tanishish uchun ular qaerdadir rasmiy shaklda chop etilganmi? Nima uchun bu xavotirlarni vujudga keltiradi? Bizga 1999 yil fevral oyida Jinoyat kodeksining 159-moddasi bo‘yicha 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan janob Jamshid Vosiev haqida aytishdi. Uning qamoq muddati o‘zini tutish qoidalarini besh marta buzganligi uchun uzaytirildi. Oxirgi marta 2017 yil may oyida uzaytirilgan. U 2020 yil may oyida ozodlikka chiqishi kerak. Ammo uning qarindoshi “o‘zini tutish qoidalarini buzganligi sababli” qamoq muddati yana uzaytirilishi mumkinligidan xavotirga tushmoqda».

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 may 2019
Sho‘rolar hukumatining keskin siyosati, aholining xususiy mulki, chorva mollarini tortib olib, ko‘chmanchi xalqlarni majburan o‘troqlashtirish, kolxozlashtirish harakatlari oqibati o‘laroq, ...
29 iyul 2018
O‘zbekistonda eng uzoq muddat qamoqda o‘tirgan jurnalist va sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon o‘zbek turmasidagi hayotiga bag‘ishlangan birinchi kitobini ...
3 may 2020
Rassom Kirpi
2 may 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 47-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Bu global muhosaba ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...