Asosiy mavzular
10 yanvar 2022

Qozog‘istonda havfsizlik xodimlari birin-ketin o‘lik holda topilmoqda

Qozog‘istonda yuqori martabali xavfsizlik xodimlari birin-ketin o‘lik holda topilmoqda. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi polkovnigi Azamat Ibraevning jasadi poytaxtdagi o‘z uyi hovlisida  topildi.  O‘lim sabablari o‘rganilmoqda.  Shuningdek,   Jambil viloyati politsiyasi boshlig‘ining o‘limi haqida xabar qilindi.  Janat Suleymenov o‘z joniga qasd qilgani taxmin qilinmoqda.

+++

To‘qaevning KXShT onlayn sammitida aytishicha, 2022-yil boshidan buyon yuz bergan barcha voqealar bir zanjirning bo‘g‘ini bo‘lib,  ular tayyorlanishi uzoq vaqtdan beri davom etayotgan yagona rejaga bo‘ysundirilgan.  Tayyorgarlik qancha davom etganini tergov ko‘rsatadi, dedi To‘qaev. Shuningdek uning ta'kidicha, terrorchilar soni bo‘yicha kamida besh marta ustunlikka ega edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, banditlar tunda o‘likxonalarga hujum qilib,  jangarilarning jasadlarini olib ketishgan. “Bu xalqaro terrorchilar qo‘llanadigan usul”,  — deya qo‘shimcha qildi To‘qaev.

Tajovuz bir vaqtning o‘zida 11 viloyatni qamrab oldi,  lekin asosiy zarba Olmaotaga qaratilgan edi. Bu mamlakatning eng yirik shahri va moliyaviy markazi bo‘lib,  u erda eng muhim transport va aloqa markazlari jam bo‘lgan.  Bu shaharning qulashi butun aholi zich joylashgan janubni,  keyin esa butun mamlakatni bosib olish imkoniyatini ochib berardi, dedi To‘qaev.

To‘qaevning bugun Kollektiv xavfsizlik kengashining qaroriga muvofiq bildirishicha, Qozog‘iston Respublikasida KXShTning 2030 kishilik tinchlikparvar kuchlari joylashtirildi va belgilangan vazifalarni bajarishga kirishdi.   Ular aeroportlar,  harbiy omborlar va boshqa strategik ob'ektlarni qo‘riqlashmoqda va xavfsizligini ta'minlashmoqda.

+++

Qozoq matbuotiga ko‘ra, Qozog‘istondagi barcha masjidlarda  Qur'on tilovat qilinib, savobi tartibsizliklar qurbonlari ruhlariga bag‘ishlandi. Ahli sunnat va jamoat ta'limoti shuki, o‘tganlar ruhiga bag‘ishlangan tilovatlar va xayr-ehsonlar ularga foyda beradi va savoblar yetib boradi. Lekin, qozog‘istonlik mu'min-musulmonlar Eltuzga bu xabarning yolg‘onligini aytishyapti. Chunki masjidlar yopiq.

+++

Britaniya matbuotining yozishicha, Nursulton Nazarboevning kenja qizi, Aliya, mamlakatdan 300 million dollar bilan chiqib ketgach, Londonning Hayhgeyt mintaqasida 8 million 75 ming funt sterlingga ko‘chmas mulk, 25 million dollarga xususiy uchoq va hattoki xususiy bank sotib olgan.

+++

Dumaning MDH masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi, Leonid Kalashnikov, Qozog‘istondagi voqealar fonida O‘zbekiston ODKB (KXShT) ga qaytishi mumkinligini aytibdi.

«O‘zbekiston bir paytlar KXShTdan chiqqan edi, lekin u yana tashkilotga kirishi mumkin. Ular ishonish mumkin bo‘lgan hech kim yo‘qligini ko‘rganlaridan keyin tashkilotga qaytishlariga ishonaman» deydi Kalashnikov.

Lukashenkoning mustaqil O‘zbekistonga ta'nalari esa undan ham o‘tib tushdi. Lukashenko chiqishidan ma'lum bo‘ldiki, hozirga qadar O‘zbekiston rahbariyati Rossiya yetakchilik qilgan hech bir tashkilotga – xoh u KXShT bo‘lsin xoh Yevrazes – qo‘shilish niyatida emasligini ko‘rsatgan.

Lukashenkoning yaqin kelajakda «O‘zbekiston ham g‘alayonga sahna bo‘lishi» haqidagi gapini ikki xil talqin qilsa bo‘ladi: Birinchi talqin – «Luka O‘zbekistonni ODKBga kiritish uchun bosim qilyapti.» Ikkinchi talqin esa – «Haqiqatdan ham shunday tahlika mavjud». Demak, Qozog‘istondagi muammolardan biri –  «bir hovuch boylarning yaxshi yashab, aksar aholining qiyinchilikka mubtalo bo‘lishi» edi. Ya'ni, mamlakat boyligining aksari  bitta oila mansub bo‘lgan Shaprashti urug‘ining 200 a'zosi qo‘lida bo‘lganidir. Bu muammo O‘zbekistonda bormi yoki yo‘q? Ikkinchi muammo – Elbasi Nazarboev kuyovlarining hashamatga o‘chligi¸ ochko‘zligi va reyderlari bilan bog‘liq. Bu muammo O‘zbekistonda bormi yoki yo‘qmi? Uchinchi muammo – qattiq sovuqda gaz qimmatlashi va energiya bilan bog‘liq muammo. Bu muammo O‘zbekistonda bormi yoki yo‘q? To‘rtinchi muammo – boshqaruv tizimlaridagi oshkora o‘g‘irlik¸ korruptsiya¸ tendersiz buyurtmalar va huquqiy nigilzm. Bu muammo O‘zbekistonda bormi yoki yo‘qmi? Beshinchi muammo – esa aynan O‘zbekistonda mavjud bo‘lib, bu barcha sanalgan boshqa muammolarni portlatadigan detonator vazifasini bajarishi mumkin. Bu ehtimoliy falokat O‘zbekistonning o‘zidagi  taym bombadir.  Bu – vahobiylik¸salafiylik¸ Hizb ut-Tahrir kabi ekstremistik oqimlarga ortiqcha moyillik, IShID va Tolibonga nisbatan o‘zbeklarning oshkora ehtirosli muhabbati, takfirchilik. (Tolibon g‘alabasini oshkora qutlash¸ Suriyaga seks jihodga keltgan minglab ayollar¸ Misr va Turkiyada vahobiylik markazlarida o‘qitilayotgan bolalar va hokazo)  Gapning ochig‘i, peshanamiz sho‘rligi aniq.

+++

Putin esa Qozog‘iston bizning davlatimiz dedi!

Ba'zilar, go‘yo, Putin gapidan adashdi, deb aytishi mumkin. Yo‘q, u qalbidagi haqiqatni gapirdi!

Shu kunlarda biz Nazarboev laychasi bo‘lgan Tokaevning  uslubiy jihatdan Putinning laychasiga aylanishiga guvoh bo‘lyapmiz.

Putin shuningdek, KXShT kuchlari Qozog‘istonda qancha kerak bo‘lsa, shuncha bo‘lishadi, dedi.

Rejim har doim Nazarboev og‘ir kasal ekanligini va shuning uchun u jonli efirga chiqib, Qozog‘istonda ekanligini isbotlay olmasligini aytdi. Va bu vaqtda Putin qo‘shinlari doimiy ravishda Qozog‘istonga qoladi va urushsiz Ukrainada bo‘lgani kabi bizning mamlakatimiz ham Putinning changalida bo‘ladi. Putin qo‘shinlari esa KXShT davlatlarining tinchlikparvar kuchlari sifatida taqdim etiladi. Bunda Tokaev kursisi orqali hududi bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinda turadigan ulkan davlat qo‘lga kiritiladi.

Putinga ruxsat beramizmi? Bu holat barcha vakolat birinchi odamga berilgan piramida davlat, xususan, O‘zbekiston uchun ham saboq bo‘lishi kerak. Birdan ko‘ngli yumshab, O‘zbekistonnni birovga padarka qivormasin «birinchi odam» deya yozadi  EltuzTG sharxlovchisi.

Ayni paytda Qirg‘iz hukumati o‘z qo‘shiqchisini hibsdan chiqarib oldi va Bishkekka olib keldi. Bitta qo‘shiqchi uchun butun hukumat oyoqqa turdi. Ofarin!

Kunning ikkinchi yarmida esa butun mamlakat bo‘ylab tag‘in Internet o‘chirib qo‘yildi.

Eltuz sharxlovchisi Qozog‘iston va Markaziy Osiyoda kechayotgan voqealarni kuzatishda va sharhlashda davom etadi.

Tag‘in o‘qing
26 oktyabr 2024
11-dekabrdan 15-dekabrgacha Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida Jorj Friderik Handelning “Tamerlano” operasi mashhur rejissyor Stefano Podaning zamonaviy ...
26 dekabr 2016
Tabiiy gaz va svet berilishini talab qilib, magistral yo‘lni to‘sib piket qilgan jizzaxlik ayollar militsiya bo‘limlariga chaqirilib tushuntirish xati ...
23 may 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi? Buning sabablarini bilish uchun qiz bola ...
24 dekabr 2023
ossiyaning Sankt Peterburg shahrida politsiya O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berilgan Mamajonov Doniyor Dilmurodjon o‘g‘lini hibsga olgan. Doniyor Mamajonov O‘zbekistonda juda ko‘p miqdorda toavlamachilik bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha tergovdan yashirinib yurganligi aniqlangan. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...