Asosiy mavzular
7 yanvar 2024

Turkiyada o‘zbek talonchi va firibgarlari qo‘lga olindi

O‘zbek vatandoshlarining Turkiyada qamoqqa olinganiga oid rasmiy bilgi:

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida 2024 yil boshidan uyushgan jinoiy guruhlar, giyohvand moddalar kontrabandasi, talonchilik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi.

Bular ichida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi N.M. ham bo‘lib, u “Xalqaro odam savdosi” jinoyati doirasida Turkiyaning Chanaqala viloyati hududida qo‘lga olingan.

Hozirda har bir holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bosh Konsulxona jinoyatchilarga jazo muqarrar ekanligini, fuqarolarimizdan esa qonunlarga amal qilishni, firibgarlarga aldanmaslikni va o‘zlarini ehtiyot qilishlarini so‘rab qoladi.  Bosqinchi va firibgarlar qamoqda.

Eltuz o‘zbekistondagi jinoyat olamiga oid xabarlarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk qoldiring.

Tag‘in o‘qing
20 noyabr 2023
Birinchi rahbarga hamma yoqni chiroyli ko‘rsatish uchun yasatilgan xo‘jako‘rsin hashamatga Potyomkin qishlog‘i deyiladi. Potyomkinskie derévni — bu 1787 yili Rus ...
28 sentyabr 2016
O‘zbek xalqining buyuk shoiri Rauf Parfi 1943 yilning 27 sentyabrida tug‘ilgan edi. Ushbu sana munosabati bilan uning yaqin do‘stlaridan ...
10 avgust 2022
Eltuz portaliga kelib tushayotgan murojaatlar oqimini kuzatishda davom etamiz. Bugun ham muhokama uchun 5 ta xatni tanladik. Ular institutlar ...
14 may 2024
Anorbank mijozi muammosi yechildi, imtiyozdan marhum oq oltinlik fermerlar g‘azabda, denovda kanalizatsiya axlati ariqqa oqizilmoqda, g‘uzorliklar esa hokimning loy ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...