Makkada jazirama tufayli halok bo‘lganlar soni 900 dan oshdi
Makkada jazirama issiq tufayli halok bo‘lganlar soni 900 dan oshdi. Eltuz iqlim o‘zgarishiga oid xabarlar bilan o‘z ko‘rsatuvlarini davom ettiradi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Makka shahrida haj namozi vaqtida halok bo‘lgan ziyoratchilar soni 922 nafarga yetdi. Bu haqda Franc-Press agentligi xabar bermoqda.
O‘lganlar sonining ko‘payishiga soyadagi havo harorati +50 darajadan oshib ketgani sabab bo‘lgan.
Hajning bir qismi bo‘lgan Arafot tog‘ida turish, Ka'bani tavof qilish kabi bir qancha amallarni (erkak) hojilar ochiq havoda boshlari ochiq holda bajaradilar. Oqibatda quyosh urishidan aziyat chekkan minglab odamlar shifoxonalarga yetkazilgan.
Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi ziyoratchilarga ko‘p miqdorda suv ichishni va havo issiq bo‘lgan paytda imkon qadar uyda qolishni tavsiya qildi.
Arab diplomatining Frans-Pressga aytishicha, birgina misrlik ziyoratchilar orasida halok bo‘lganlar soni kamida 600 kishiga yetgan. Ma'lum qilinishicha, jazirama issiqdan jabrlanganlar orasida Tunis, Iordaniya, Eron, Senegal, Indoneziya va boshqa mamlakatlar vatandoshlari bor.
Bu yil butun dunyodan 1 million 800 mingdan ortiq ziyoratchi Makkaga tashrif buyurdi. O‘tgan yili iyun oyi oxirida Haj ziyorati chog‘ida jazirama va tashnalikdan kamida 240 kishi halok bo‘lgan edi.
Saudiya Arabistonidagi g‘ayritabiiy yuqori harorat global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Makkada o‘rtacha harorat har o‘n yil muntazam ravishda 0,4 darajaga ko‘tarilib bormoqda. Eltuz iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq voqealarni yoritishda davom etadi, kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk qoldiring.