Dayjest
16 mart 2016

O‘zLiDeP xalqning qancha pulini “tuya” qilgan?

“XXI asr” gazetasi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi –O‘zLiDePning 2015 yilgi byudjeti ijrosi va 2016 yilgi byudjetning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotni e'lon qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘tgan yili partiyaning hisob raqamlariga qariyb 18 milliard 273 million so‘m mablag‘ kelib tushgan. Bu mablag‘ning 15 milliard 513 million so‘mdan ortig‘i davlat byudjetidan ajratilgan. Partiya homiylardan bor-yo‘g‘i 3 million 276 ming so‘m pul olgan.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun partiya hisobiga davlat byudjetidan qariyb 842 million so‘m berilgan. Bu mablag‘ning 411 million 337 ming so‘mi sarflangan, qolgani davlatga qaytarilgan.

Ko‘rinib turibdiki, o‘zini tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati deb biladigan bu partiyaga o‘z elektorati negadir pul berishni istamaydi. Partiyaning deyarli barcha xarajatlarini davlat ko‘taradi. Balki uning hukumat aytgan maqomga yo‘rg‘alashining asl sababi shundadir?!

Darvoqe, axborotda aytilishicha, joriy yilda partiya xalqning qariyb 25 milliard so‘m pulini “tuya” qilishni ko‘zlamoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 noyabr 2021
Maktabgacha ta'lim vazirligi mulozimi imtiyozli kreditning 10 foizini poraga bermagani uchun tadbirkorning bolalar bog‘chasi qurilishini yakunlashiga xalaqit qilmoqda, deyiladi 29 noyabr ...
1 noyabr 2022
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi 18 yashar qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan 23 yashar qotilni 12 yilga qamadi. 2022 yilning ...
16 noyabr 2021
Namangan shahridagi mahalla profilaktika inspektori o‘z rahbarlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan ichki ishlar vaziriga yo‘llagan murojaatnomasi ortidan uning o‘zi jinoyat ...
28 iyun 2021
Asfalti yo‘q ko‘chalar, gazlashtirilmagan uylarimiz haqida «Do‘stlik bayrog‘iga» yozganimda o‘n uch yoshda edim. Qishlog‘imizni badbo‘y hidga to‘ldirgan, mevali daraxtlarni ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...