chorshanba,
18 dekabr 2024
22 mart 2016
Kombinatga ishga kirish qancha turadi?
«Huquq» gazetasi mana shu kombinat bilan bog‘liq navbatdagi firibgarlik haqida maqola e'lon qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, angrenlik shaxs kombinatning shaxta qurilishi boshqarmasida yerosti lahmchisi bo‘lib ishlaydigan kishidan uni kon boshqarmasiga ishga o‘tkazib qo‘yish va'dasi bilan 5000 AQSh dollari olgan. Xuddi shunday, kombinatdagi yog‘li ishlarga o‘tkazib qo‘yish va'dasi bilan firibgar yana ikki kishidan 2000 dollardan pul olgan.
Sud bu firibgarni 7 yilu bir oy muddatga ozodlikdan mahrum etgan.
Agar kombinatning bizning nazarimizda bor-yo‘g‘i kon boshqarmasiga ishga o‘tish 5 ming dollar tursa, unda yanayam yog‘liroq joylariga ishga joylashish qancha turar ekan?!
Eltuz.com