Multimedia
3 iyun 2016

Mamadali Mahmudov vatanni tark etmoqchi

30 may kuni yozuvchi Mamadali Mahmudovning uyiga uning ruhsatisiz, devor oshib tushgan shaxslarning bosimi adibning keksaygan 75 yoshida ayni qarorga kelishiga sabab bo‘lgan.

Adibning aytishicha, hujjat ko‘rsatmasdan, ismlarini aytmasdan o‘zlarini gaz idorasidan deya tanishtirgan noma'lum shaxslar u yashayotgan uyning devoridan oshib tushib, gaz quvurlarini kesa boshlashgan.

“Hujjatlaringizni ko‘rsating, ehtimol o‘g‘ridirsiz? Ism-shariflaringizni ayting?” deya talab qildim. Biroq ular o‘zlarini tanishtirishdan, hujjatlarini ko‘rsatishdan bosh tortishdi» – deydi adib jurnalist Maloxat Eshonqulova bilan suhbatda.

Tag‘in adibning bildirishicha, 2016 yilga qadar gaz haqini oyma-oy gaz haqini to‘lab kelgan. Gaz xodimlari gaz o‘lchagich o‘rnatilmagan boshqa qo‘shnilari qolib aynan uning uyiga bostirib kirishgan.

Aslida uning hamon tirikligi, yozuvchi ekanligi uchun unga qasd qilishmoqda va u vatanni tark etishga qaror bergan.

«Garchi Adibning mamlakatni tark etishdek alamli qaror qabul qilishga undovchi, majburlovchi sabablar serob», – deya yozadi o‘z blogida jurnalist Maloxat Eshonqulova.

Pogonli shaxslar tomonidan yozuvchining Qirg‘iziston ziyoratiga borishiga, keyinchalik esa Qozog‘istonga borishiga monelik ko‘rsatilgani, yozgan asarlarining bosilmayotgani, turmada behisob kasalliklar orttirgani va davolanish ehtiyoji borligini ham sanash joiz.

Yozuvchi Mamadali Mahmudov (1940) 17 yil yil qamoqda bo‘ldi va 2013 yilning 19 aprelida ozod etildi.

1999 yilning avgustida u Toshkentdagi fevral voqealariga aloqadorlikda va O‘zbekiston Konstitutsion tuzumiga tajovuzda ayblanib qamoqqa olindi.

Mamadali Maxmudovga qarshi jinoiy ish uydirilishi sababi uning siyosiy faoliyati bilan bog‘liq.

Yozuvchi terror aktlariga aloqasi yo‘qligi va «Erk» partiyasi raisi Muhammad Solihning do‘sti bo‘lgani uchun unga qasd qilib qamoqqa olishgani va tergov paytida unga qiynoqlar qo‘llanilganini aytib keladi.

Qamoqqa olinguniga qadar u O‘zbekiston Madaniyat Jamg‘armasi raisi lavozimida bo‘lgan.

Adibga moddiy ko‘mak ko‘rsatishni istovchilar, quyidagi manzil orqali tahririyatimizga yozishlari mumkin: eltuz2015@gmail.com

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 mart 2016
30 mart kuni Chilonzor, 23-mavze uchastka noziri, sud ijrochilari va 10 ga yaqin, o‘zini tanishtirmagan fuqaro kiyimidagilar jurnalist 47 ...
17 aprel 2017
So‘nggi vaqtlarda bozorlarda kartoshkaning narxi osmonga chiqib ketgani haqida yozish mahalliy matbuot uchun urfga kirdi. Biri qo‘yib biri yozdi ...
23 fevral 2018
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xodimi 23 fevral kuni telefonda «Eltuz» muxbiriga sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning hibsga olinmaganini, ...
8 sentyabr 2018
Britaniyaning «Gardian» (the Gardian) gazetasi dunyodagi eng yaxshi ko‘cha ovqatlari ro‘yxatini e'lon qildi. Gazetxonlarning gastronomik ta'biga ko‘ra, o‘zbek palovi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...