Dayjest
14 aprel 2017

Mijozlar telefon raqami egalariga qaram bo‘lishadimi?

O‘zbekiston matbuoti, ilk bor mijozlarning mobil operatorlarga qaramligi masalasini ko‘tardi.

O‘zbekistonda mobil aloqaning qimmatligi, operatorlar xizmati sifati pastligidan shikoyat qilmagan odam yo‘q, biroq bu haqda gazetalarda yozilmasdi.

Hususan «Xabar» gazetasida (07.04) e'lon qilingan «Raqamni almashtirish mumkinmi yoxud «mobil qaramlik»dan qutulish haqida» sarlavhali maqolada «bir operator xizmatlaridan foydalanib kelayotgan mijoz uchun o‘z operatorini boshqasiga almashtirish ma'lum qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgani» ta'kidlanadi.

«Respublikamizda mobil aloqa operatorlari o‘rtasida mobil telefon raqamlari prefikslarining o‘zaro bo‘linganligi sabab mijoz o‘zi o‘rgangan, o‘zining ish faoliyati yoki boshqa sabablarga ko‘ra qulay bo‘lgan telefon raqamini boshqasiga almashtirishi zarurligi katta noqulaylik tug‘diradi», deyiladi maqolada.

To‘g‘ri, matbuotda yoritilishidan avval «mobil qaramlik» muammosi rasmiy idora – Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi vakili tomonidan ko‘tarilgani aytiladi.

Muallif mobil qaramlikdan qutulishning bir yo‘li «telefon raqamini saqlagan holda mobil aloqa operatorini almashtirish imkoniyati yaratilishi» ekanini bildiradi.

Uning yozishicha, bunday imkoniyatning yaratilishi mobil aloqa operatorlarini o‘z xizmati sifatini yaxshilashga undaydi, bundan esa faqat mijozlar manfaatdor.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 may 2018
Andijon shahrida yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqlar shu hafta boshidan butunlay olib tashlanmoqda. Yo‘l patrul xizmati xodimlarining ta'kidlashlaricha, bunga shaharda ...
3 noyabr 2017
1 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp grin-kart lotereyasini bekor qilishga chaqirdi. Nyu-Yorkda terrorchilik hujumini amalga oshirgan O‘zbekiston vatandoshi ...
18 aprel 2018
Imomlarga va musulmonlar diniy idorasining uy-joyga muhtoj xodimlariga namunaviy uylar bepul beriladi. Prezident 16 aprelda imzolagan “Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini ...
22 yanvar 2021
Salom, mening sadoqatli do‘stlarim va dushmanlarim! Sizlar bilan ekran orqali diydorlashishni bir hafta orziqib kutdim. Shodligu g‘amimni siz bilan ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...