Dubaydagi Gulnora Karimova Sulaymonning qizi bo‘lib chiqdi
Dubaydagi qimmatbaho mehmonxonaga 2 oktyabrda kelib joylashgan Gulnora Karimova aslida boshqa odam bo‘lib chiqdi.
«Eltuz» manbasining xabar berishicha, Dubayga rossiyalik milliarder, dog‘istonlik Sulaymon Karimovning qizi Gulnora uch bolasi va enagalari bilan kelgan.
Bu haqda xabar tarqatgan ommaviy axborot vositalari uni Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi bilan adashtirishgan.
Rossiyalik oligarx Sulaymon Karimovning qizi ham Gulnora Karimova bo‘lib, Dubayda aynan uni kutib olishgan. U 1990 yilda Dog‘istonda tug‘ilgan.
Bundan sal ilgari yirik miqdorda tovlamachilik va korruptsiyada ayblanib, jazo o‘tayotgan 46 yashar Gulnora Karimova 2 oktyabr kuni xususiy uchoqda Dubay shahriga kelgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Rasmda: Dog‘istonlik milliarder Sulaymon va uning qizi Gulnora Karimova kuyovi bilan.
Eltuz.com