Asosiy mavzular
31 may 2019

31 may – Qozog‘istonda siyosiy qatag‘on qurbonlarini xotiralash kuni

Sho‘rolar hukumatining keskin siyosati, aholining xususiy mulki, chorva mollarini tortib olib, ko‘chmanchi xalqlarni majburan o‘troqlashtirish, kolxozlashtirish harakatlari oqibati o‘laroq, Turkistonda 1932-33 yillarda ocharchilik yuzaga kelgan edi.

Qatag‘onlar chog‘i bugungi Qozog‘iston hududida bir yarim milliondan ziyod aholi ocharchilikdan nobud bo‘lgani, 600 ming nafardan ortiq qozoq mamlakatni tark etgani aytiladi.

Qozog‘iston Kompartiyasi lideri Filipp Goloshekin 1927 yili «Kichik Oktyabr» jabhasini e'lon qiladi. Bu kollektivlashtirish siyosatini, ko‘chmanchi qozoqlarni ommaviy tarzda o‘troq hayot tarziga o‘tkazilishini anglatardi.

Buning natijasida xalq orasida hukumat siyosatiga qarshi noroziliklar boshlanadi va bu shafqatsiz bostiriladi.

Mahalliy intelligentsiya kommunistlarning bu harakatlarini tanqid ostiga oladi. Sho‘rolar hukumati ommaviy ocharchilikdan va terrordan tashqari, maxsus raznaryadka bo‘yicha milliy ovozlarni o‘chirishga kirishadi.

Qozog‘istonlik blogger Aygul Utepova intervyusi

1928 yili 44 nafar «burjua millatchisi», jumladan, «Alash O‘rda» harakati faollari hibs etiladi.

1930 yilning sentyabriga kelib tag‘in 40 nafar qozoq vatanparvari qamoqqa olinadi.

1937-38 yillarda qatag‘onlar tag‘in kengroq ko‘lam kasb etadi.

Bu yillari mahalliy Turkiston oydinlarini shimolga surgun qilish, ommaviy qatl qilish fonida butun-butun xalqlar bu hududlarga ommaviy deportatsiya qilina boshlnadi.

1937 yilning kuzida yuz minglab koreys, turk, eroniy, kurd va ozarbayjonlar surgun qilingani ma'lum.

Shuningdek Ikkinchi jahon urushi paytida Turkiston hududlariga nemislar, greklar, chechenlar, ingushlar, qorachoylar, balqarlar, qrim tatarlari, mesxeti turklari va boshqa xalqlar deportatsiya qilindi. Ularning soni bir million 200 mingdan oshiqdir.

Qozog‘istonda bugun nishonlanayotgan xotira kunida 1986 yil dekabr voqealari qurbonlari ham eslanadi.

O‘sha yili olib tashlangan Qozoq SSR sarkotibi D.Ko‘naev o‘rniga Kreml tarafidan Kolbinning mamlakatga rahbar etib tayinlanishi mamlakatda milliy ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Namoyishlar shafqatsiz bostirildi. Qamoqqa olinganlar soni 8,5 mingdan oshdi.

Biroq bu voqea Qozog‘iston mustaqilligi yo‘lidagi tamal toshi bo‘ldi, oradan 5 yil o‘tib Qozog‘iston mustaqillikni qo‘lga kiritdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 noyabr 2018
Prezident Mirziyoevning farmoniga ko‘ra, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonda cho‘chqa go‘shti va yog‘i eksport qilishdagi cheklovlar olib tashlandi. ...
27 avgust 2021
Rassol Kirpi
9 oktyabr 2020
Mana, gir etib bir hafta o‘tdiyu ketdi. Hafta ichida qirg‘izlar hukumatni ag‘darishga ham ulgurdi. O‘zbek mulozimlari esa hukumat xazinasini o‘marishda ...
5 yanvar 2016
Yangi yil arafasida Feysbuk sahifasi ishtirokchilari «Toshkent go‘zali»ni tanlashdi. Aktrisa Olesya Nedobegova bu virtual tanlov g‘olibi bo‘ldi va u ...
Bloglar
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...