Asosiy mavzular
18 iyul 2016

Kamoliddin Yo‘ldosh: «Tahoratli shou» (audio)

«Hamma unutsa ham, bizning o‘zbek musulmonlari unutmagandir. 16 fevraldan keyin nima bo‘ldi, butun muxolifat yo‘q qilindi…» deydi Kamoliddin.

Barbod bo‘lgani aytilayotgan davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda ayblanib 6000 kishi hibsga olindi. 3000 ga yaqin sud hakami ishdan chetlatildi. Harbiy bazalarga reydlar uyushtirildi. Hukumatga muxolif deb ko‘rilgan ko‘p sondagi prokuror va hakamlar qo‘lga olindi.

Voqealarni mamlakat ichidan kuzatayotgan, bugungi kunda Istanbulda yashayotgan o‘zbek muhojiri Kamoliddin Yo‘ldosh, Turkiya voqealari maxsus uyushtirilgan bir tomosha ekanini aytadi. Turkiyadagi so‘nggi voqealar, uning fikricha, media orqali targ‘ibot vositasi yordamida Erdo‘g‘on o‘z maqsadiga erishgan.

Kamoliddin Yo‘ldosh o‘z intervyusida fikrlarining dalili sifvtida qator argumentlar va paralellar keltiradi.

Intervyuning to‘liq matni

Kudrat Bobojonov: Assalomu alaykum. Bugun studiyamizda Kamoliddin Yo‘ldosh. Turkiyadan. Biz u kishiga savollar berib, Turkiyaga oid fikrlarini bilmokchimiz. Bugun, shu kunlarda qanday davom etayapti mana shu Turkiyadagi silsilalar? Qaysi tomonga ketayapti Erdog‘onning liniyasi?

Kamoliddin Yo‘ldosh: Eng birinchi shuni bilishimiz kerakki, Qudrat aka, bunday voqealar shunchaki stixiyali bo‘lmaydi, bu bir. Ikkinchi: Armiyani ichidagi bir kichik guruh (davlat to‘ntarishini) o‘z tashabbusi bilan amalga oshira olmaydi, bu ikki. Mana shuni agar aniq biladigan bo‘lsak, kino tamoman savol ostiga tushadi.

Boshqalar bilmasa xam, biz o‘zbeklar juda yaxshi biladigan, eng yangi tariximizdagi misollar bor, masalan 16 fevral: shaxarning qoq markazida, xukumat binosi yonida, xukumatning yillik majlisi bo‘ladigan soatlarda, xattoki davlat raxbari keladigan soatlarda, bir necha kishidan iborat kichkina gruppa kelayapti, u yerda portlashlar amalga oshiryapti va bu narsa konstitutsion tuzumga qarshi urinish va xokozo, va xokazo narsalar deya taqdim etilyapti. U portlashlarni natijasida eng ko‘p foyda, siyosiy foyda ko‘rgan (taraf) – joriy xukumat bo‘ldi. Chunki o‘z muxolifatini, undan tashqari dindorlarni va xukumatga muxolif fikrda bo‘lgan oddiy fuqarolarni, xammasini qora ro‘yxatga oldi. Siz «Jodugarlar ovi» deb yozibsiz saytingizda, bu juda to‘g‘ri va (bugungi vaziyatga) mos tushadigan atama.

Boshqa misollarga qaraydigan bo‘lsak, masalan Rossiyada ham o‘xshash voqealar bo‘ldi. Volgodonsk, Ryazandagi portlashlar, portlamay qolgan bombalar,.. Ularning ortidan Putin iqtidorga keldi va imkoniyatlarini mustaxkamlab oldi.

Endi Turkiyadagi voqealarga mana shulardan keyin nazar soladigan bo‘lsak, shaxsan men, unchalik xam ko‘p farq ko‘rmayapman.

Qudrat B: Demak siz xozir paralellar keltiryapsiz, lekin bitta farq bor-da, masalan saxna ko‘rinishi deb olsak, tankni ostiga o‘zini tashlash, xarbiylarni qurolsizlantirilishi va o‘qqa tutilishi,… Qanday uyushtirish mumkin bunda katta global, batalniy saxnalarni?

Kamoliddin Yo‘ldosh: Men ikkita misolni aytdim. Endi sizga uchinchi misolni aytay: 2010 yil, Qirg‘izistondagi O‘sh va Jalolobod voqealari… U yerda xam ommaviy xarakat bo‘ldi, va odamiylik o‘lchovlariga umuman sig‘maydigan darajada vaxshiyliklar bo‘ldi. Buni qanday tayyorlashdi? Buni bir necha oylab kuchli va keng qamrovli millatchilik propagandasi (tashviqoti) bo‘ldi. Men o‘sha yerdagi o‘zbeklar bilan xam, qirg‘izlar bilan xam muloqotda bo‘ldim. Qirg‘izlar bo‘lganida xam millatchi emas, musulmon qirg‘izlar bilan… Men oldin eshitganim bo‘yicha, ularga qandaydir narkotik berilgan, tarqatilgan degan gaplar (xaqida so‘raganimda) ular aytdiki, yo‘q, propaganda bilan (olomon) shu darajaga keltiriladiki, hatto insonlik qiyofatidan chiqib ketish mumkin. Suriyadagi, Iroqdagi vaxshiyliklar, O‘zbekiston qamoqxonalaridagi vaxshiyliklarni oladigan bo‘lsak, ularni sog‘lom aql bilan tushuntirish umuman imkonsiz.

Turkiyadagi voqelikni xam shunday tushuntirish mumkin. So‘nggi bir necha yillarda media ishlashiga qaraydigan bo‘lsak, asosiy yo‘nalish shu, xozirgi mavjud partiya AKParti, shu Erdog‘onni partiyasi – «Otaturk davridan bugunga qadar eng musulmon Partiya» degan imidj bor. Undan oldin faqat Kemalistlar, sekulyarlar musulmonlarga qarshi zulm qilganlar va xokazo juda yomon davrlar edi.. xozir kelingan, o‘rnatilgan imidj shu. Va buni qalqon qilib turib ideallashtirish bor…. Bu AKP tashviqotining argumenti shuki: “Oldin musulmonlarga zulm bo‘lardi, Erdog‘on paytida bunga «chek» qo‘yildi. Ayollar ro‘mol o‘rashi cheklov ostida edi, xozir bu cheklov bekor qilindi. Ish joyida namoz o‘qish, yoki kumush uzuk taqishlar, armiyani ichida buyam zapret bor edi. Yoki bo‘lmasa armiyani ichidagi askar yoki ofitserlarga, uydagi ayoli ro‘mollik bo‘lsa, karerasiga nuqta qo‘yilardi. Erdog‘on paytida shu ta'qiqlar bekor qilindi, shuning uchun bu eng yaxshi xukumat va biz uni qo‘sh qo‘llab qo‘llashimiz kerak, toki oldinki sekulyar Kemalistlar davriga qaytib qolinmasin…

Qudrat Bobojonov: Shu o‘rinda yana bir parallel keltirish mumkin. 90 yillar boshiga qaytadigan bo‘lsak, Islom Karimov o‘sha Tohir Yo‘ldosh oldida turib ikkita xayitni bayram kuni deb e'lon qilishni aytib, Islomiy davlat qurishga va'da bergandi. Lekin ko‘rib turibsiz natijani. Turkiyada xam natija shunaqa bo‘lishi mumkinmi?

Kamoliddin Yo‘ldosh: Albatda, pirovardida natija shunday bo‘lishi mumkin, zotan tashviqotning oqishi shunga qarab ketyapti. Mana AKPartini ideallashtirgandan keyin, shu partiya ichidagi muammolarga (xar qanday partiya ichida o‘zimni muammolari bo‘ladi) ko‘z yumiladi. Siz masalan farzandingizni shunchalik yaxshi ko‘rasizki, uning sho‘xliklariga, masalan (tagini) xo‘llab qo‘yishiga, biron narsani sho‘xlik qilib sindirishiga ko‘z yumasiz. Shunga o‘xshagan kayfiyat singdirildi so‘nggi yillarda, ammo orada bu imidjga juda katta darzlar ketdi. Men shularni bir aytib o‘tay. 2013 yil 1725 dekabr kunlari bir operatsiya bo‘ldi. Eng katta ministrlarning o‘g‘illarini uylarida tintiv qilinganida, milliardlab dollar pul topilgan. Naqd pullar. Undan tashqari navbat Erdog‘onni oilasiga keldi. Ammo uning o‘g‘li ko‘rsatma berishga, ya'ni tergovga bormagan va davlat tashviqoti tamoman teskariga aylanishga boshladi. Bungacha bo‘lgan da'volar bo‘lib keldi, Masalan Ergonekon janjali, Bolyoz nomi berilgan bir janjal bor, bu ya'ni xukumatdagi eng yuqori lavozimdagi mulozimlarning noqonuniy xatti xarakatlari va davlat to‘ntarishiga urinish rejalari va xakozo shunga o‘xshagan da'volar ortidan qancha kishilar qamoqxonaga ketdi. U yerda tortishuvlarda xam Erdog‘on chiqib aytardiki, “Bizda sud xokimiyati mustaqil, aralashmanglar, xaq bo‘lsang, bor ana ifodangni ber, ko‘rsatmangni ber, xaq bo‘lsang o‘rtaga chiq” … Juda ko‘p aytilgan bu gap va mediada juda chiroyli tarqatilgan. Ammo navbat uning o‘ziga (oilasiga) kelganida tamoman o‘zgardi. So‘roq ishorati yoniga ikkinchi ishoratni qo‘ydi. Birinchi ishorat Oq partiga qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi so‘roq ishorati uning raxbariga bo‘ldi. Ana undan keyin bu so‘roq ishorati javobsiz qoldi. Shubxpalar kuchayishni boshladi. Keyin Gezi parkidagi voqealar bo‘ldi. Bu voqealarda, u yerdagi daraxtlarni kesilishi ortidan u yerdagi yerlarni katta tijorat markazlari qurish uchun sotish, yillar davomida xalq dam oladigan, toza xavo oladigan (Istanbulda xammayoq beton), ayniqsa yozda xammayoq battar qiziydi, buning ustiga ikki taraf dengiz, xavoning namligi xam juda og‘ir. Ana shu joylarni sotishni boshlagan. Ana undan keyin poraxo‘rliklardan keyin, sotish degan uchinchi bir savol chiqdi. Medialarga bu infolar chiqa boshladi. Qaerda, kim qanchaga sotgani, tenderlarda o‘zlarining tanish bilishlariga o‘tkazilgani, xaqidagi (infolar) mediaga to‘kilishi boshlandi. Xattoki, bu (voqealar) Oq parti ichidagi katta katta ismlar orasida o‘zaro janjallarga aylandi. Bulent Arinj degani bor, Oq Partiyasining g‘oyaviy otalaridan biri,…

Qudrat: Uni ichida Erdog‘on bilan konflikt bo‘ldimi?

Kamoliddin Yo‘ldosh: Erlog‘on bilan konflikt qilisha olmayaprti ular, o‘z oralarida, masalan Bulent Arinj chiqib aytyaptiki, Anqara xokimi bor. Melik Buruchek degan, (u xam shu 10 yildan beri xokim bo‘lib o‘tiribdi) unga xalq, ket sen deydi ammo ketmaydi. Xullar Bulent Arinj chiqib aytdiki, men bu gapni turkchalab aytaman, chunki juda mashxur ifoda: “Parsel parsel satti” (“U Anqarani parcha parcha, metrlab sotdi”) .. U, men mediaga, men sizlarga bu (infoni) xammasini sizdiraman degandek gaplarni aytdi. Bu gaplar, daxnaki janglar Tvitterda ketdi. Mediada bu juda katta sharmandalik bo‘lib ketdi. Bunaka ishlar juda ko‘p bo‘ldi. Ularni xammasini ustini bog‘laydigan bitta argument, shu.

Qudrat: Bugungi kunda Erdog‘on xammasidan qutilish uchun kart blansh oldi demak?

Kamoliddin Yo‘ldosh: Bu gaplar endi necha yillar avvalgi gaplar. Sizga endi 2016 dagi buyruqni berib, bu operatsiyani uyushtirish uchun bo‘lgan omillarni aytib beray. 17-25 dekabrda, asosiy figurantlardan biri, Reza Zarrap ismli bir biznesmen. Eron va Turkiya pasportlari bor qo‘lida. U Erondagi milliardlab pullarni bu yoqqa, bu yerdagi milliardlab narxdagi tovarni u yoqqa tashib yurgan biznesmen bir bola. Uning oldida ministrlar qo‘sh qo‘llab xizmatda.U (Riza Zarrap) Amerikada xibsga olindi. Yaqinda u Amerikada ochiq ko‘rsatma berishni boshlaydi. Ko‘rsatmalarda u 4 ta ministrga qancha pora berganlari, yana boshqa kimlar (mulozimlar) bilan aloqalari bo‘lgani xaqida, va mana shu 17 25 dekabridagi janjalga doir ma'lumotlarni ochib to‘kadi. Bu agar ma'lumotlarni ochiqlaydigan bo‘lsa, bu Amerikada va butun dunyoda bir tarsaki kabi bo‘ladi.

Ikkinchi janjal: Rossiya uchog‘ining urib tushirilishi janjali. Juda qaxramon bo‘lishdi. Bittasi chiqib, Mana men buyruq berganman deb qarsaklar olsa, boshqasi chiqib Yo‘q, mana men bergandim buyruqni deya olqishlarga sherik bo‘ldi. Oxiri nima bo‘ldi? Kechirim so‘radi.

Qudrat: Kechirim so‘ragani aniqmi? Bu fakt, a?

Kamoliddin Yo‘ldosh: Aniq. “Qusura baqmasinlar” degani bu uzr so‘rayman so‘zini sinonimi. Sizdan kimdir kechirim so‘ramoqchi bo‘lsa sizga “Qusura baqman” deydi va siz buni kechirim so‘rash o‘rnida qabul qilasiz.

Qudrat: Bu (uzr so‘rash)sizningcha, shu stsenariyni boshlanishi oldidan bir xod (yurish)mi? Ya'ni, shox yurishi.

Kamoliddin Yo‘ldosh: Men xozir shuni aytib kelayapman. Birinchisi, boya aytganim Riza Zarrap, ikkinchisi Rossiyadan kechirim so‘rash va uchinchisi: Maviy Marmara skandali bo‘lgan. Maviy Marmara degan kemaga dori darmon ortib Falastinga olib borishyotgan bo‘lgan. Insoniy, gumanitar yordam. Shu kema Isroil tomonidan o‘qqa tutildi va kemani bosib olishdi. U yerda odamlar o‘lgan. Shundan so‘ng Turkiyada katta prostestlar boshlandi, Isroilga va sionizmga qarshi. Bu voqeada xam Aq Partiyasi rosa ochko yig‘di. Xozir endi Isroil bilan kelishuv bo‘ldi. Mana shu Maviy Marmara kemasini uyushtirib, necha milliard dollarlik insoniylik yordamni olib borib, butun riskni o‘z buyniga olgan bechora faollar yomon bo‘lib chiqdi. Ularga Erdog‘on ochiq aytdiki, sen nega borasan, sen mendan ruxsat so‘radingmi, Boshboqondan izn oldingmi deya. Endi esa, Suriyaga bostirib kirib, turkman birodarlarimizni bola chaqasi bilan bo‘mbalayotgan Rossiyadan kechirim so‘rayapti.

Buni tarozining bir pallasiga qo‘yinda, ikkinchi tomoniga, 60, 70 yildan buyon blokada ostida yashab, tanklar ostida va ochlikdan o‘layotgan Falastinliklarni ikkinchi pallasiga qo‘ying.

Falastin xalqiga atalgan gumanitar yordamga davlatni aloqasi yo‘q. Bu yordamni bu yerdagi biznesmenlar o‘z xisoblaridan, zakot, fitr qilib yig‘ishib, bir kemaga yuklab olib borishyotgandi. Bu esa (Erdog‘on), o‘sha paytda Yo‘q, senlar mendan ruxsat olmading bunaqa yordamni berish uchun dedida, yaqinda Isroil bilan kelishuv imzoladi.

Albatda, biz bu ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvga aralashmoqchi yoki muxokama qilishdan yiroqmiz, bu masalada xukumat istagan siyosatini yuritishi mumkin. Ammo, falastindagi ezilgan musulmon birodarlarimiz uchun yordam to‘plaganlarni yomonotliqqa chiqarish,…bu qabul qilib bo‘lmaydigan narsa. Va bu narsa matbuotda toboro og‘irlashib, torozini bir pallasini bosib borayapti.

Turkiya xalqi va millati asos oladigan kuchlar bor. Ular orasida milliyatchi partiyaning xam bir qismi bor. Undan tashqari Kemalistlarda xam bir kismi bor. Jumxuriyatchilarda bir qismi bor. Ana ularning bosh ko‘tarishi taxmin qilinayotgandi. Ammo buni…xuddi 16 fevralni (16 fevral, Toshkentdagi portlashlar) eslang. Xukumat qanaqadir bir guruxning mana shunday amaliyot o‘tkazishni rejalayotganini bilib qoldi va portlashlarni o‘z maqsadlari yo‘lida ishlatishdi.

Bu yerdayam shunday bo‘ldi. Shunday kayfiyat bor edi va shaxslar bor edi shunday qilamizmi yo qilmaymizmi degan, bundan xabar topishdi va ularga yo‘l ochib berildi.

Ammo yo‘l ochib berishlari xam xom ishladi. Endi men xozir agar o‘sha operatsiyani qaerlari xom ishlanganini aytib bersam, manzara yanada oydinlashadi deb o‘ylayman.

Mana qarang: Erdog‘on Marmarisda dam olayapti. Marmaris Turkiyaning kurort zonasi, dengizga yaqin zonasi.

Erdog‘on Marmasisda dam olayapti, tanklar ikkita ko‘prikda va aeroportda. Savol chiqadi: Bu tank qaerdan keldi bu yerga?

Istanbuldagi oxirgi portlashlarlardan keyin, xar 100 metrda 4 ta politsiyachi. Ular bizni O‘zbekistondagiga o‘hshab xar kimga tegajoqlik qilmaydi, soatlab o‘sha yerda tursa xam. Endi o‘sha tanklar ko‘prik va aeroportga borishi uchun o‘z garnizonidan chiqib kelishi kerak. Ko‘chada tanklar kelayotganini siz tasavvur qiling! Kilometrlab, shaxarni o‘rtasidan, eng gavjum joylaridan o‘tib o‘sha joylarga kelayapti, bironta politsiya xodimi tanklarni ko‘rib, “Mana bu tank qaerga ketyapti, xabaring bormi?” deb bir biridan ratsiya orqali xam so‘ramaydi..

Yo‘llar tamoman ochiq va tanklar joyiga kelib, o‘sha yerda soatlab turibdi.

Qudrat: Xuddi, O‘zbekistondagi 16 fevral portlashlaridagi manzara: u yerda eski bir “Pobeda” rusmli avtomobil Vazirlar Maxkamasi binosi oldiga qarshiliksiz kirib kelgani kabi..

Kamoliddin Yo‘ldosh: Aynan o‘sha manzara! Yoki bo‘lmasa F 16 qiruvchi samolyotini olaylik. Ularning nechtasiyam osmonda uchib yuribdi, Erdog‘on Marmarisdan Istanbulga kelayapti, F 16 lar shu paytda oddiy odamlarga otayapti. Vaxolanki, davlat to‘ntarishi qiladiganlar oddiy odamlarga otmaydi. Birinchi bo‘lib davlat tepasidagi odamlarni oladi, partiya va siyosatchilarni oladi. Shu bilan chiqib, o‘zi e'lon qiladi.

Masalan bir gurux davlat to‘ntarishini amalga oshirsa, o‘sha gurux raxbari o‘zi chiqib murojatni o‘qiydi. “Biz ko‘lga oldik xokimiyatni. Endi bizmiz bu yerda”. Bu narsa yo‘q.

Men shu narsalar boshlanishi bilan kuzatib bordim butun xamma kanallarni. Bosh vazir chiqib aytyaptiki, shunday bir davlat to‘ntarishiga urinish xarakatlari bor, deyapti. Demakki, deya bilyaptiki, unga xech qanday ta'siri bo‘lmabdi. Boshqaruvdagi birinchi odamlar xibsga olinishi kerak to‘ntarishda. Bu yo‘q. Keyin men kutdim boshqa xabarlarni.

Agar rostdan xam davlat to‘ntarishi bo‘lsa, birinchi bo‘lib prezident yoki Binali Yildirim (Bosh vazir) xibs etilishi kerak edi. Yoki, boshqa bir partiya liderlari xibsga olinmadi. Bunaqa narsa yo‘q. Kutib turibman endi, Erdog‘on o‘zi chiqadimi yoki yo‘qmi deb. Bir payt chiqib gapiryapti, dedimki, bo‘ldi, tushunarli.

Bu uyushtirilgan va reklama uchun qilingan narsa…

Erdog‘on chiqib gapirarkan, xech kutilmagan bir narosani qildi: U “Odamlarni ko‘chalarga va maydonlarga chiqishini kutamiz”. Chunki TRTni qo‘lga olishdi, bu esa davlatning birinchi kanali. O‘sha TVni qo‘lga olishib, bir bayonotni o‘qitishyapti o‘sha yerdagi diktorga. Bu xam bunday bo‘lmaydi. To‘ntarish qilganlar o‘zlari bayonot berishlari kerak edi. Biz esa o‘sha odamlarni ko‘rmayapmiz.

Bayonotda “Komendantlik soati e'lon qilamiz, uylaringizda o‘tiringlar, sizlarga xech bir zarar yetmaydi” deyapti. Bu tarafda esa Erdog‘on chiqib aytyaptiki, “Xamma ko‘chaga!”

Ko‘chalarda tanklar turibdi, sen aytyapsanki. “Xamma ko‘chaga!”. Bu nimaga olib keladi? Yo tanklar odamlarga qarata o‘q otadi, yoki u yerda bir biri bilan otishma boshlanadi. Bu – fuqarolar urushining tashabbusi deyiladi. Xaqiqatdan xam shunday bo‘ldi: birinchi kunning o‘zida 200 ga yaqin kishi xalok bo‘ldi. Bir kechaning o‘zida!

Ana undan keyin buyog‘i Shouga aylanib ketdi.

Ertalabgacha xammasi chiqib, u partiyaning boshlig‘i, bu partiyaning boshlig‘i, u shaxarni xokimi…mikrofonni talashib tortishib, bayonot berayapti.

Kudrat B: Erdog‘on tarafdori bo‘lib?

Kamoliddin Yo‘ldosh: Xa.

Kudrat B: Mana shu yerda bir xulosa yasab ketsak. Sizningcha, mana shu xokimiyatni ushlab turadigan shaxobchalari bor, Adliya tizimi, xarbiy tizim, Xokimiyatni o‘zi, prezidentlik,… Mana shu tizimlarga putur yetmadimi, shu stsenariy asosida?

Kamolddin Y: Bu voqealar buzilishning eng oxirgi bosqichi edi. Bundan avval buzib kelinayotgandi. Yuqorida aytib o‘tdim, “Ergenakon” va “Belioz” da'volarida, kanchayam generallar ishdan olindi, kanchayam prokuror, Sudyalar ishdan olindi. Bular kimlar? Bular, Aq Partiyaga bog‘liq bo‘lmagan, “Qonunda mana bunday deyilgan” deb turaveradigan odamlar. Yoki, ochiqchasiga tanqid qiladigan odamlar. Mana shu, boya aytganimiz. Rossiya, Isroil, Rizo Zarrap, Gezi parki, mana shularni xammasini to‘plab kelganida juda katta prtest potentsiali bor. Intelektuallarni ichiyam, byurokratlarni ichidayam va oddiy xalqni ichidayam. Shularni xammasidan qutilishning bittayu bitta yo‘li, parlament boshqaruvidan prezidentlik boshqaruviga o‘tish. Prezidentlik saylovi, nechchi yil bo‘ldi, mana xozir bir ikki yil bo‘lib qoldi, Prezidentlik saylovi, undan keyingi parlament saylovi, bulardagi asosiy maqsad xam, ana shuning bazasini yaratish edi.

Men, bir paytlar, radioda, saylov arafasida aytgandim, “Erdog‘onni g‘alabasi – uning mag‘lubiyati” deb. Bu, mag‘lubiyatga olib boradigan yo‘l bu.

Turkiya xalki, keyingi 600 yil davomida, Usmonli davrida ko‘rib keldi, yakka xokimlik nima ekanini.

Kudrat: Xozir Erdog‘onni qandaydir muddati bormi? Nechchi yilga saylangan u? Yoki bu narsalarni endi unga keragi yo‘qmi?

Kamoliddin Yo‘ldosh: Ta'luqli emas. Saylov bo‘ladigan bo‘lsa, yangi bir Saylov kampaniyasi uyushtiriladi, shu bilan yana o‘tkazilaveradi. Erdog‘on xozir o‘zi tushgan vaziyatdan chiqish yo‘lini prezidentlik boshqaruvida ko‘rayapti. Prezidentlik boshqaruviga o‘tish uchun, yangi Konstitutsiya loyixasini ishlab chiqish kerak. Oldin butun xamma yoqda shuni propaganda qilib aytib kelishdi, bo‘lmadi. Ana endi Shokoviy terpiya kerak. Odamlar shunday bir psixologik nuktaga olib kelinishi kerakki, oxiri xamma qo‘l siltashi, va “E bore, Prezident boshqaruvi bo‘ladimi, boshqasimi, nima bo‘lsa bo‘laversin” deyishi kerak. Mening tasavurimda, yetib kelish nuqtasi shu. Shuning uchun qilindi bu.

Bu yerda endi taktik maqsadlar bor. Rossiyadan kechirim so‘rashining usti yopilishi kerak. Zotan yopildi, xech kim gapirmayapti buni.

Isroil bilan kelishuvning xam usti yopildi.

Suriyaliklarga vatandoshlik beramiz degan masala kun tartibiga keltirildi. U xam juda katta qarshiliklarni oldi, chunki, Suriyaliklar Turkiyani bilish tugul, turkchani bilmaydi. Turkchani bilmaydigan odam qanday Vatandosh bo‘ladi, u qanday yashaydi, maktabda o‘qiy olmaydi, davlat ishida ishlay olmaydi, turk bilan turkcha gaplasha olmaydi, bu yerning madaniyatini bilmaydi. Xammasi, “Ertaga urush tugasa vatanimizga qaytamiz” deb yurgan odamlar.

Bular aytishdiki, maqsad, bular ertaga Suriyaga qaytadigan bo‘lsa xam, Suriya shimolida, turk pasportiga ega bo‘lgan necha million odambo‘ladi va u yerda referendum o‘tkazib, (Suriya) shimolini Turkiyaga qaytib olamiz. Odamlar go‘yoki bunga ishonadiganday. Keyin aytishdiki, yo‘q, unday emas, ularga pasport beriladi, ertaga saylov bo‘ladigan bo‘lsa, odamlar ko‘proq ovoz berishadi mana shunga (Erdog‘onga. ) Bundayam odamlar orasida norozilik paydo qildi. Buni xam usti yopildi.

Erdog‘onni o‘zini nimalari chiqdi, arxivlarda, xaligi, diplomi soxta ekan degan gaplar chiqdi. Shunaqa gaplar chiqdi. Shundan keyin xam, bu gap so‘zlar yolg‘on ekanini aytishib, uning xaqiqiy diplomini xech kim ko‘rsatib bera olmayapti. Buni xam usti yopildi.

Xullas mana shularning xammasini usti yopildi, butun diqqatning xammasi, kimdir davlat to‘ntarishiga urindi, kimdir bizning davlatimizni bo‘lmoqchi, yo‘q qilmoqchi, ro‘molni yo‘q qilmoqchi, namozni va azonni yo‘q qilmoqchi, biz Turkiya xalqi o‘laroq, Vatanimizni, davlatimizni qutqarib qolishimiz kerak… Endi xalq uchun bu, xaqiqatdan, tug‘ri, mashru' bir kayfiyat. Ammo, bu odamlar necha yillardan beri yolg‘onchilik bilan fosh bo‘lgan, o‘g‘irlik bilan fosh bo‘lgan, qonunbuzarlik bilan fosh bo‘lgan odamlarni mana shu gaplariga darrov yana laqqa tushishi, meni umuman xayron qoldirdi.

Qudrat B: Kamoliddin, mana shu voqealarga, ya'ni mana shu shokovoy usulda qilingan davlat to‘ntarishiga urinishga, shu ma'noda, o‘zbeklarimizning munosabati o‘zgaryapti. Bu demokratlariyam, islomiylari xam, boshqa zehniyatdagi o‘zbeklar xam, Karimov tarafdorlari xam, bir nuqtada, ya'ni – Erdog‘onni qo‘llab quvvatlashyapti. Shu fikrlarga qanday qaraysiz?

Kamoliddin Yo‘ldosh: Ularni tushunish mumkin. Ularning xar biring o‘zini sababi, argumenti, ma'no, maqsadlari bo‘lishi mumkin. Umumiyatla, men ularni shunday baxolayman: Musulmonlar ko‘rdiki, davlat to‘ntarishi Misrda bo‘ldi, Nomozxon, musulmon bir inson kelgandi uni ag‘darib tashlashib, uning o‘rniga xarbiy diktatura o‘rnatildi.

Endi Turkiyada xabarlarda shu narsalar chiqqanidan keyin, ana shu (Misrdagi) narsa esiga tushadiga, bunday bo‘lishini istamaydi. Buni tushunish mumkin. Bir musulmon boshqaruvi ag‘darilib, o‘rniga xarbiylar kelishini istamaydi. Xarbiy degani na dialogni tushunadi va na boshqani tushunadi. Qurol bilan xal etadi qo‘yadi. Buni tushunish mumkin. Ammo, ularning xammasi bu voqeaning orqa plani, kelib chiqish sabablari, Turkiyaning ichidagi ziddiyatli masalalari, ularning xammasini xabari bormi yo yo‘q, men bunisini bilmayman.

Ammo endi Karimov tarafdorlarining Erdog‘onni qo‘llashi – uni tushunish mumkin, chunki Karimov tarafdorlari xar qanday davlat to‘ntarishini va xar qanday xukumat almashishini, siyosiy faollikni istamaydi. Bu Erdog‘on bo‘lsin, Putin bo‘lsin, yoki istagan boshqa bir o‘lkada bo‘lsin, umuman istamaydi.

Xammasining istagi, shu status kvoni saqlab davom etkazish. Chunki mana shu status Kvodan qorni to‘yyapti karimovchilarni.

Ana endi demokratlarning nima uchun (Erdog‘on tarafida turganliklarini) , ya'ni siyosatni kuzatib, siyosatning ichida yurgan o‘zbeklarimiz nima uchun bunday pozitsiyada ekanliklarini men umuman tushunmayman. Yo bu kishilar Turkiyadagi voqealarni yetarlicha kuzatib bormayapti, kuzatib borsada, anglamayapti….

Qudrat B: Turkiya mana shunday xalq o‘laroq, ya'ni, siyosatga va futbolga qiziqadigan, xar xil mafkuraviy markazlarga birlashadigan siyosiy faol xalq. Shu ma'nodan kelib chiqib, Erdog‘on atrofidagi bu eyforiya vaqtinchalik emasmi?

Kamoliddin Yo‘ldosh: Vaqtinchalik. Lekin buning vaqti tugaganida, yangi bir o‘yin chiqariladi. Mana, 17, 25 dekabr voqealari qanchalik xaspo‘shlangan bo‘lsa, boshqa bir o‘yinlar bilan, Gezi parki voqealari va Reza Zarrap, (Rossiya)samolyotning urib tushirilishi yopilgani kabi, bu to‘ntarish bilan bog‘liq xarakatlarning xam ustini yopishadi. Media, matbuot shuni gapiradi va odamlar shu bilan mashg‘ul qilib turiladi.

Qudrat B: Demak, Erdog‘on xokimiyati uzoq davom etadi?

Kamoliddin Yo‘ldosh: Erdog‘onning planlari ancha uzoqqa mo‘ljallangan. Va deyarli xech kim bu planlarni to‘liq bilmaydi. Ammo motivlari ma'lum. Motivi shu: Yakka prezidentlik boshqaruvini qo‘lga kiritish, va eski, xavfli bo‘lgan nuqtalarni bartaraf etish. Endi, bu qaerga qarab olib boradi dedingiz. Men albatda faqat taxmin qilishim mumkin. Boshqa joylarda qaerga qarab ketgan bo‘lsa, bu yerdayam (Turkiyada xam) xuddi shu narsa bo‘ladi. 16 fevraldan keyin nima bo‘ldi? Butun muxoliflar yo‘q qilindi. Ya'ni siyosiy maydondan quvib solindi. Bu diniy muxoliflar bo‘lsin, dunyoviy muxoliflar bo‘lsin, yoki umuman oddiy fuqarolar bo‘lsin, xammasi siyosiy madondan chetlatildi. Tamoman ovolzi o‘chirildi. Va shu asnoda saylovlar o‘tkazilib, o‘zining maqomini kuchaytirib olishdi. Va shu bila turli muxolifatchi guruxlar o‘zining eski faolligiga qayta olmaydi. Turkiyada xam shu kuzatilyapti. To‘ntarishning ertasigayok 6 mingga yaqin odam ko‘lga olindi. 6 ming kishi! Bir kunda 6 ming kishini xibsga olishga qodir davlat, besh oltita tankni ikki ko‘prik va aeroportga borishini oldini ola bilmadi. Bu absurd emasmi? Mana shu muxoliflar xammasi chetlatiladi, mediadagilar chetlatiladi. Sud xokimiyati chetlatiladi. Va prezidentlik boshqaruviga o‘tish protsedurasi yo‘li tamoman tozalanadi, ochiladi. Boshqa bir motiv ko‘rinmayapti bu yerda..

Qudrat B: Suxbatingiz uchun katta raxmat, Kamoliddin. Bu Eltuz nashri uchun maxsus edi. Va Turkiyadagi voqealarni kuzatib boramiz..

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 dekabr 2015
Rossiyaning Krasnodar shahrida baland qavatli uy qurilishida ishlayotgan 30 yashar o‘zbek yigit 18 qavatdan yiqilib o‘ldi. Eltuz.com
10 noyabr 2021
“Eltuz”ga kelgan maktublardan birida 26 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati hokimi o‘tkazgan yig‘ilishda paxta terimiga ikki haftalik safarbarlik e'lon qilingani, ...
9 mart 2020
O‘zbekiston Jinoyat kodeksi asosida “pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat»i uchun ustidan jinoyat ishi ...
6 avgust 2021
rassom Kirpi
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...