Masjiddagi seks janjali ortidan imom ishdan bo‘shatildi
Diniy idora 35 yoshlardagi, oliy ma'lumotli, 2002 yili Toshkent Islom institutining ilk bitiruvchilaridan bo‘lgan Alimardon Ernazarovning nima uchun ishdan bushatilganligini ochiklamagan.
Bundan oldin u seks janjali markazida qolgan edi.
Ayni voqealardan keyin Oltinxonto‘ra masjidi imomi xatibi Alimardon Ernazarov diniy boshqarma qarori bilan ishdan chetlatilgan.
Elga ovoza bo‘lgan audioyozuv
Keyingi ikki oy ichida»Oltinxonto‘ra» masjidida farrosh bulib ishlaydigan erlik va bolalik ayolning ayni masjid imom-xatibi bilan zino qilib kelgani haqidagi iqrori yozilgan audio ovoza bo‘ldi.
Eltuz nashrining o‘rganishicha, xotinining imomga uynash bo‘lganidan norozi erkak sudga ariza bergan. Biroq Chilonzor tuman fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi ayolning eri tomonidan berilgan arizani rad qilgan.
Ma'lum bo‘lishicha davogar imomning aybini isbotlash uchun xotinining iqrori yozilgan audioni sudga taqdim qilgan (audio sud xodimlari tomonidan tarqatilgani iddao qilinadi).
Audiyozuvda masjid xizmatchisining ayoli imom xatib bilan zino qilgani, erini «hurmat qilishi» biroq imomni ko‘proq sevishiga iqror bo‘ladi.
«Ko‘nglim u bilan bo‘lgani bilan men u bilan yashamiymanku, to‘g‘rimi?», deya eriga ochiqlanadi o‘zini taqvodor bilgan ayol.
Salkam ikki soat davom etadigan er xotin o‘rtasidagi suhbat, ayolning o‘z eri va Oltinxonto‘ra masjidi imom-xatibi bilan jinsiy aloqa tafsilotlari va farqlari haqidagi iddaolarga to‘la.
Ikki soatlik audiodan olingan ushbu parchadagi uyatli so‘zlarni va tafsilotlarni Eltuz o‘chirib va qisqartirib e'lon qilishni lozim topdi:
Imomni sevgan farrosh va uning baxtiqaro eri
Bundan bir yarim yil oldin imom Alimardon Ernazarov masjid farroshining eri, ayni masjidda elektrik, qorovul va so‘fi vazifasini bajaruvchi Sh. bilan nizolashgan.
Eltuzga ma'lum bo‘lishicha Sh. imomning masjid kurilishiga ajratilgan pulni talon taroj qilgani haqida huquq tartibot organlariga ariza yozgani ortidan ishdan bo‘shatilgan.
Imom bilan jinsiy aloqa qilib kelganiga oldingi iqrorini yuziga solib, imomning o‘zi ham bir necha bor «xotinining hiyonati»ga sha'ma qilganini aytadi:
«Agar xotining zino qilgan taqdirda nima qilasan?» deya imomning sinchkovlik bilan bergan savoliga, «O‘ldirib tashlashini» aytgani, o‘sha payt ham pichoq olish uchun oshxonaga kirgani va «shaytonga hay bergani»ni eslatadi.
Mehrobdan chiqqan chayonlar
Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan masjidda kechgan voqealar haqidagi suhbatda so‘fining ayoli bilan imom o‘rtasidagi ishqiy mojarodan tashqari, boshqa jiddiyroq muammolar ham ko‘zga tashlanadi.
Bu hayr-ehson pullarining talon toroj qilinishi, MXX va ichki organlarining dindorlarga shantaji, pedofiliya xolatlari va uning qanday bosti-bosti qilinganiga oid voqealar.
Jumladan er bo‘lmish, besh yil qamoqda o‘tirib chiqqaniga qaramay, masjidda o‘zining «xalol ishlagani», ba'zi odamlarni «terrorga qo‘shilib ketishdan qutqarib» qolgani va boshqa ikir chikirlarni eslaydi.
Uning xotini esa eri yozgan donosni domlaning o‘ziga olib kelib berishgani, va masjidda uning ustidan kulishganini eslaydi.
O‘z so‘zi davomida u masjidda hamma MXXga ishlashini aytadi.
«Men sizni hurmat qilaman, biroq sizni bittayam odam hurmat qilmaydi» -deydi u.
Eltuz.com