Asosiy mavzular
13 noyabr 2018

Huquq faoli Eshonqulova pasportsiz va propiskasiz qoldirildi

Toshkent propiskasidan mahrum qilingan taniqli huquq faoli va jurnalist Malohat Eshonqulova 10 noyabr kuni Samarqandga propiskaga qo‘yilmadi.

Eshonqulovaning «Eltuz» muxbiriga bildirishicha, uning pasportini Samarqand tumani IIB pasport bo‘limi boshlig‘i Shohruh Hojimetov olib qolgan.

Pasporti olib qolingani haqida esa bo‘lim boshlig‘i huquq faoliga hech qanday hujjat bermagan.

Hojimetov huquq faolining Samarqandga propiska qilish masalasi boshqa viloyatdan kelgan shaxs sifatida komissiya tomonidan bir oy davomida ko‘rib chiqilishini bildirgan.

Bundan avval Eshonqulovaga Toshkentdagi propiskasidan mahrum etilgani ma'lum qilingan va u 8 noyabr kuni pasportiga hozir ro‘yxatda turgan joyidan ro‘yxatdan o‘chirilgani to‘g‘risidagi muhrni qo‘ydirishga majbur bo‘lgan edi.

Eshonqulovaga 2018 yilning 9 noyabrida berilgan Toshkent propiskasidan chiqarish to‘g‘risidagi  hujjatda avvaliga 2016 yil sanasi ko‘rsatilgan, uning e'tirozidan keyin u ruchka bilan «2017» qilib o‘zgartirilgan, keyin esa umuman yangisiga almashtirilgan

Eshonqulovaning «Eltuz»ga bildirishicha, uning Toshkentdagi propiskasini bekor qilish haqidagi sud qarori, undagi hujjatlarga ko‘ra, bir yil burun, Toshkent IIB migratsiya idorasi xodimiga ko‘ra esa 2016 yili chiqarilgan.

Malohat Eshonqulova kasbiy faoliyati bois bunday bosimlar unga qarshi shaxsan bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan besh-olti yil burun boshlangan mojarolarning davomi ekanligini bildirmoqda.

Eshonqulova o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand viloyatidan 30 yil burun chiqib ketgan va MTRKning «Yoshlar» kanalida mamlakatning jiddiy muammolarini ko‘tarib chiqqan va Toshkent shahrida faoliyat yuritgan taniqli jurnalist hamdir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 mart 2017
Farg‘onadagi o‘rta maktabning birinchi sinf o‘quvchilariga dars paytida qo‘l ko‘tarib haqoratlagan o‘qituvchi ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mart boshida ...
25 yanvar 2021
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bog‘cha bolalariga har kuni maqom va milliy kuylar eshittirish taklifi bilan chiqdi. Endilikda maktabgacha ...
30 oktyabr 2019
Taniqli o‘zbek yozuvchisi Odil Yoqubovning bu fikrlari 2008 yilning iyunida mashhur qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov vafoti munosabati bilan «Ozodlik» ...
20 iyun 2018
Siyosiy mahbus Muhammad Bekjon 2003 yilning bahorida «Sangorod»ga etap qilinadi. «Asli davolanish muassasasi bo‘lishiga qaramay, bu zonada etapni kutib ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...