Asosiy mavzular
28 sentyabr 2021

Mehnat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy shartnoma: Farqi nimada?

Ko‘pincha korxonalar rahbarlari o‘z xodimlari shtatini ko‘paytirmasdan, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzish yo‘li bilan zarur mutaxassislarni jalb etishga harakat qiladi. 

Mazkur holatda ish beruvchi bunday mutaxassislarga mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan xodimlar uchun ko‘zda tutilgan huquq va kafolatlarni bermaslikdan yutadi. 

Fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha ishlayotgan mutaxassislarga: 

  • mehnat ta'tili berish shart emas;
  • dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish talab etilmaydi; 
  • ish vaqtining eng ko‘p davomiyligi ularga tatbiq etilmaydi;
  • ular bajargan ish (xizmat) qiymati va haq to‘lash tartibi tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi, bunda ish haqi qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lishi mumkin;
  • ish haqi odatda ish natijalariga qarab u yakuniga yetkazilgandan so‘ng to‘lanadi;
  • ish beruvchi mehnatga haq to‘lashning Mehnat kodeksining 161-moddasida ko‘zda tutilgan muddatiga (har yarim oyda kamida bir marta) rioya etishga majbur emas; 
  • Mehnat kodeksining 67-moddasida ishchilar uchun belgilangan, mehnat shartnomasi to‘xtatilganida moddiy ko‘mak berilishiga qo‘shimcha kafolatlar ularga taqdim etilmaydi;
  • shaxsni fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha ishga yollaganda mehnat daftarchasi berish shart emas;
  • ish beruvchi har haftalik dam olish kunlari berishga majbur emas.

Fuqarolik-huquqiy shartnoma majburiyatlarining (ish beruvchi) uchun salbiy jihatlari 

Fuqarolik-huquqiy shartnoma ish beruvchi uchun nihoyatda foydali, deb o‘ylash mumkin. Ammo uning salbiy jihatlari ham bor: 

  • fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha ishlayotganlarga intizomiy jazo choralarini ko‘rib bo‘lmaydi;
  • ishni bajarayotganda xodim shartnomadagi ikkinchi tomonga bo‘ysunishga majbur emas;
  • korxonaning ichki mehnat tartibiga rioya etish majburiy emas;
  • fuqarolik-huquqiy shartnoma dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin emas;
  • bunday xodimni xizmat safariga jo‘natish mumkin emas;
  • u har kuni korxonaga kelishga majbur emas, shuning uchun ish beruvchining doimiy nazoratida bo‘lmaydi. 

Bundan tashqari, fuqarolik-huquqiy shartnomani barcha holatlarda tuzish mumkin emas. Faqat odatda bir martalik individual, aniq topshiriqni muayyan muddatda bajarish zarurati yuzaga kelgandagina bunday shartnoma tuzishga yo‘l qo‘yiladi. 

Mehnat shartnomasi

Mehnat shartnomasining predmeti mehnat jarayonining o‘zi, ya'ni muayyan mutaxassislik, malaka va lavozim bo‘yicha ish hisoblanadi. Masalan, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan hisobchi o‘z faoliyati ixtisosligi bo‘yicha har qanday operatsiyalarni amalga oshirishga majbur. Fuqarolik-huquqiy shartnoma predmeti esa mehnat jarayonining o‘zi emas, balki uning natijasidir (masalan, tayyor buxgalterlik hisoboti).

Yana bir misol. Tashkilot o‘z idorasiga tutash hududni ko‘kalamzorlashtirishi kerak. Bunday holatda o‘simlik ekish uchun fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzish mumkin. Ammo ko‘kalamzorlashtirilgan hududni doimiy parvarish qilish, ya'ni sug‘orish, tozalash kabi ishlarni bajarish uchun tashkilot mehnat shartnomasi asosida bog‘bonni ishga olishi kerak. 

Mehnat munosabatlari uchun xodimning o‘z mehnat faoliyatini muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim bo‘yicha amalga oshirishi, tashkilotda o‘rnatilgan ichki mehnat tartibi qoidalariga, ish beruvchining ko‘rsatmalariga bo‘ysunishi, ish kuni tartibiga rioya etishi va hokazo majburiyatlari bo‘lishi muhimdir. Fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha ishlayotgan shaxs uchun esa ko‘pincha ish kuni tartibi muhim emas, u odatda o‘ziga qulay paytda ishlaydi. Uning uchun eng asosiysi – ishning natijasini o‘z vaqtida topshirish!

Masalan, tashkilotga bir haftadan so‘ng xorijiy tilga tarjima qilingan hujjatlar to‘plami zarur bo‘ladi. Buning uchun eng yaxshisi jismoniy shaxs bilan fuqarolik shartnomasi tuzishdir. Chunki bu holatda tashkilot uchun natija – hujjatlarni aniq kungacha tarjima qilish muhim. Tarjimon uni qachon (kechasimi yoki kunduzi) tarjima qilishining ahamiyati yo‘q. 

Fuqaro bilan fuqarolik shartnomasi tuzish uchun buyruq chiqarish shart emas. 

Natijalarni topshirishda tomonlar bajarilgan ishlar dalolatnomasini tuzadi. 

Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalari o‘rtasidagi farq printsipial tusga ega, chunki ular bo‘yicha munosabatlar turli me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Xususan, mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladigan munosabatlar mehnat qonunchiligi me'yorlari bilan, fuqarolik-huquqiy shartnomaniki esa fuqarolik huquqi me'yorlari bilan tartibga solinadi. 

 
Mehnat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy shartnomaning solishtirma jadvali 

HUQUQ, KAFOLATLAR, IMTIYoZLARMYeHNAT ShARTNOMASI FUQAROLIK-HUQUQIY ShARTNOMA
Sinov muddatiBor Yo‘q
Ishga joylashish BorYo‘q
Doimiy bandlik BorYo‘q
Ish tartibiKorxonada belgilangan ish tartibiga muvofiqXodim istagan vaqtda 
Mehnatga haq to‘lashYarim oyda kamida bir marta Ish (xizmat) bajarilgan va topshirilgandan so‘ng  
Mehnat stajiBor Bor
Navbatdagi mehnat ta'tiliga chiqish huquqi Bor Yo‘q
Mehnat ta'tili to‘loviBorYo‘q
Kasallik varaqasi bo‘yicha to‘lovBorYo‘q
Dekret to‘loviBorYo‘q
Homiladorlik va tug‘ish ta'tillari vaqtida ish joyining saqlanishi BorYo‘q
Mehnatdagi shikastlanishlar uchun tovon puli BorYo‘q
Mehnat munosabatlarini ish beruvchining tashabbusi bilan muddatidan oldin to‘xtatish uchun tovon puli to‘lashBorYo‘q
Ichki hujjatlarga rioya etish majburiyati BorYo‘q
Intizomiy javobgarlikka tortish BorYo‘q
Shaxsiy moddiy javobgarlik Muayyan toifadagi xodimlar uchun bor Faqat mulkni qabul qilish-berish bo‘yicha qabul qilingan rasmiy dalolatnoma doirasida bor 
Xizmat safariga jo‘natish BorYo‘q

Xodim bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma o‘rniga mehnat shartnomasi tuzish masalasini ehtimoliy hal etish variantlari

Fuqarolik-huquqiy shartnoma yoki mehnat shartnomasi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun ish qanday tusda ekanini – vaqtinchalikmi yoki doimiy, mavsumiymi (hosil yig‘ishtirib olish, muzqaymoq sotish va hokazolar kabi.) yoxud baribir doimiy tusdagi va yil fasli yoki boshqa omillarga bog‘liq bo‘lmagan ishligini aniqlab olish zarur. 

Agar ish doimiy tusda ekani ma'lum bo‘lsa, ish beruvchi esa o‘zaro mehnat munosabatlarini faqat fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ketma-ket uzaytiraversa, quyidagicha ish tutish lozim: 

  1. fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida uzoq muddatli ish taklif etayotgan ish beruvchiga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi rasmiy ariza bilan murojaat etish; 
  2. ishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizada qaysi lavozimga da'vogarlik qilayotganini, bu lavozimda fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha ishlash muddatini, ish doimiy tusda ekanini, arizani ko‘rib chiqish muddatini, bog‘lanish telefonini ko‘rsatish;
  3. ishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizani uning da'vogarda qoladigan bir nusxasiga imzo qo‘ydirgan holda qabulxonaga (devonxonaga, xodimlar bo‘limiga) topshirish.

Agar arizani ko‘rib chiqish muddati tugaganidan so‘ng mehnat shartnomasi tuzish rad etilib, uning o‘rniga fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzish taklif etilsa:

  1. ish beruvchiga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzishga rozilik/rad etish to‘g‘risida yozma ravishda ma'lum qilish;
  2. rozilik bildirilganda: fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzish;
  3. rad etilganda: mazkur masalada keyinchalik fuqarolik-huquqiy tusidagi shartnoma o‘rniga mehnat shartnomasi tuzish majburiyatini yuklash uchun ish beruvchini fuqarolik sudiga berish va sud xarajatlarini ish beruvchi to‘lashidan ogohlantirish kerak. 

Keyingi maqola haqiqiy kasaba uyushmasi aslida nimaligi va uni qanday tuzish to‘g‘risida bo‘ladi. 

Feysbukdagi video linki: https://www.facebook.com/watch/?v=1324615201329920

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 may 2016
Eltuz.com manbasining aytishicha, bosh vazir o‘rinbosari, ayni paytda «O‘zavtosanoat» AK boshqaruv raisi, Mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni ...
2 iyul 2018
Iyuldan boshlab O‘zbekistonda aroq qimmatladi. O‘zA xabarida bunga prezident Mirziyoevning sportga oid 5 martda chiqarilgan qarori sabab bo‘lgani aytilmoqda. ...
7 oktyabr 2020
Jeenbekov hukumatining hayratlanarli darajada tezkor ag‘darilishidan so‘ng bir qator savollar tug‘iladi. Ulardan eng muhimi – ikkita: Endi nima bo‘ladi? ...
17 dekabr 2020
Rassom Elsevar karikaturasi
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...