Asosiy mavzular
14 oktyabr 2021

YeXHT missiyasi: O‘zbekistondagi prezident saylovida inson erkinliklari cheklanganicha qolmoqda

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) kuzatuvchilar missiyasi 11 oktyabr kuni O‘zbekistondagi prezident sayloviga bag‘ishlangan oraliq hisobotini chop qildi.

Saylovning huquqiy asosiga doir qonun hujjatlari islohot jarayonidan o‘tayotgani, DIIHBning avvalgi tavsiyalaridan ayrimlari amaliyotga joriy etilganini urg‘ulagan YeXHT missiyasi e'tiborni bu yilgi prezident saylovida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga qaratadi.

Hisobotda aytilishicha, DIIHBning “fundamental huquq va erkinliklarni himoya qilish, saylov huquqlarini cheklash va mustaqil nomzodlarni ko‘rsatishga taqiqlarni olib tashlash bilan bog‘liq” tavsiyalari bajarilmagan.

Missiya qariyb 21,2 million saylovchi ro‘yxatga olingan saylovda og‘ir jinoyatlar uchun qamoq jazosini o‘tayotgan mahbuslar, shuningdek, sud tomonidan, jumladan, aqliy va ruhiy sabablarga ko‘ra layoqatsiz deb topilgan fuqarolar ovoz berish huquqiga ega emasligini tanqid ostiga oladi.

DIIHBning oraliq hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida raqobat yo‘q, yuzma-yuz munozara kurashi ko‘zga tashlanmaydi.

Hisobotda, shuningdek, jurnalist va blogerlarni qo‘rqitish va ta'qib qilish, OAV uchun taqiqlashga moyil qonun hujjatlari va ba'zi xalqaro OAV va inson huquqlari tashkilotlarining veb-saytlarini yopish holatlariga e'tibor qaratilgan.


O‘zbekistonda 24 oktyabrda o‘tadigan prezident sayloviga YeXHT 26 davlatdan tanlab olingan kuzatuv missiyasini 15 sentyabrda jo‘natgan edi. 

Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoning 57 davlatini jamlagan YeXHT dunyoda tinchlik va demokratiyani ta'minlash uchun ish olib borayotgan yirik tashkilotdir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 may 2023
2022 yil  22 Iyul kun  o‘zbek shoiri va siyosatchisi Muhammad Solihni  Turkiyaning Yolova shahridagi «Turk Dunyosi siyosatchilari uchrashuvi» nomi ...
15 oktyabr 2021
Aziz va muhtaram do‘sti yoronlarim, aytganlarimni ko‘zdan emas, yurakdan kechirayotganingiz uchun mutashakkurman. Va'zlar o‘ta  jiddiy bo‘lib ketgani uchun sizdan ...
14 noyabr 2018
Taniqli o‘zbek dissident adibi, 67 yashar Mamadali Mahmudov 13 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning «Gurung» loyihasi ...
17 avgust 2021
Prezidentni tanqid qilgan Valijon Kalonov ikki kundan buyon so‘roqda  Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Taraqqiyot” MFYda yashovchi 52 yoshli Valijon ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...