Asosiy mavzular
30 noyabr 2021

Maktabgacha ta'lim vazirligining bolalarga xos bo‘lmagan o‘yinlari

Maktabgacha ta'lim vazirligi mulozimi imtiyozli kreditning 10 foizini poraga bermagani uchun tadbirkorning bolalar bog‘chasi qurilishini yakunlashiga xalaqit qilmoqda, deyiladi 29 noyabr kuni  Sentre1.com nashrida chop etilgan maqolada. 

Maqolada 2020 yilda ishga tushirilishi kerak bo‘lgan, tadbirkor To‘leboy Ashirov mablag‘i hisobidan Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida rekonstruktsiya qilinayotgan bog‘cha haqida so‘z boradi. O‘z mablag‘ini bolalar bog‘chasi qurilishiga tikkan tadbirkorning vaqti endilikda mutasaddi idoralar va sudlar ostonasida sarson bo‘lish bilan o‘tmoqda, deya yozadi maqola muallifi.

Tuleboy Ashirov bog‘cha qurilishini 2018 yilning aprelida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev imzolagan “Maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarorda ko‘zlangan imtiyozlar asosida boshlagan edi.

Jumladan, ushbu qarorda bog‘cha qurilishlariga yer bepul ijaraga berilishi, rekonstruktsiya qilinadigan binolarning tekin ajratilishi, bo‘sh yotgan ob'ektlar «nol» qiymatda realizatsiya qilinishi  aytilgan…

Bundan tashqari, Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan shartnoma asosida loyiha qiymatining 75 foizi miqdorida imtiyozli kredit olish mumkin bo‘lgan.

Shu bilan birga, prezidentning 2020 yil 30 yanvardagi yana bir qarorida “1 foiz stavkada uch yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga beriladigan kredit” imtiyozi belgilangan. “10 yilgacha soliqlardan ozod qilish va ikki yilgacha bojxona to‘lovlaridan ozod qilish, 2021 yilning yozidan boshlab bolalar bog‘chalari elektr va gaz uchun kommunal to‘lovlarning 50 foizi miqdorida davlat yordami va boshqa imtiyozlar” ko‘zlangan.

Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi va xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan shakllantiriladigan 200 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ maktabgacha ta'lim muassasalari va ularning xususiy tadbirkor sheriklarini rag‘batlantirishning 2018-2019 yilgi dasturiga kiritilgan.

Bu gaplardan ruhlangan To‘leboy Ashirov 2018 yilda G‘azalkentda bolalar bog‘chasi qurilishi uchun tashlandiq binoni “nol” qiymatda o‘z tasarrufiga oladi. 

Hisob komissiyasi bino rekonstruktsiyasi va boshqa zarur ob'ektlar qurilishi 4 mlrd 32 mln. so‘m (403 ming 200 AQSh dollari) bo‘lishini aniqlaydi.

Ashirov qurilishni boshlaydi va loyiha qurilishiga o‘z zimmasidagi 25% ulush – 1 mlrd. 16 mln so‘m (111 ming 600 AQSh dollari)ni sarflaydi va vazirlikka 2019 yilda qilingan ishlar bo‘yicha uch oylik hisobot beradi. Loyihadagi mablag‘ning qolgan summasi – 3 mlrd. 16 mln. so‘mni olish uchun tegishli shartnomani imzolaydi.  

Maqolaga ko‘ra, To‘leboy Ashirov uchun «Aloqabank»ning G‘azalkentdagi bo‘limiga borib, bu pulni olish qolgan edi. Biroq kutilmaganda uch kun o‘tib uni tag‘in Toshkentga chaqirishadi.

Vazirlikning kredit bo‘limi mas'uli Abdug‘ulom Hakimov unga ikkita raqam almashgan yangi shartnomani tutqazadi.   

Yangi bitimga ko‘ra, endilikda Ashirovning investitsiyasi ikki barobar – 2 mlrd 12 mln so‘mga (201 ming 200 dollarov AQSh dollariga) oshirilgan, foizsiz kredit miqdori esa deyarli 3 barobar qisqartirilgan – 1 mlrd 920 mln so‘mga tushirilgan edi…

Shartnomaning sarmoya miqdori oshirib, kredit miqdori kamaytirilgan bu ikkinchi variantida deyarli 1,1 milliard so‘m «yo‘qotilgan», deya yozadi maqola muallifi.

Tadbirkor buni ko‘rib shokka tushadi:

“Hakimov mendan so‘radi: Nima qilasiz? Yetishmayotgan summani qanday yopasiz? Keyin esa u tezgina qog‘oz parchasiga “10%” deb yozib menga ko‘rsatdi, keyin yirtib tashlab cho‘ntagiga soldi”.

Ashirov undan amaldor imtiyozli kreditning 10 foizini, ya'ni 30 ming AQSh dollarini talab qilayotganini tushundi. Biroq uning buncha puli yo‘q edi, deya yozadi maqola muallifi. 

Natijada bank tadbirkorga kreditning bir qisminigina ajratgan, yetishmayotgan 1,2 mlrd so‘mni qoplashga esa u ilojsiz edi…

Ashirovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha komissiyasi tomonidan tasdiqlangan hujjatdagi narsalar, masalan, qozonxona, bolalar maydonchasi va mebellarsiz bolalar bog‘chasini topshirish imkonsiz edi. 

Ashirov hukumatga ishonib, G‘azalkentdagi qurib bitkazilmagan bolalar bog‘chasiga bor budini sarfladi, deyiladi maqolada.

Tadbirkor maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin qabulida bo‘lgan, biroq vazir tadbirkorning: «Qanday qilib vazirlik uch kun orasida ikki xil mazmundagi shartnoma berishi mumkin? Nima uchun imtiyozli kredit miqdori o‘zgartirilgan, sarmoya miqdori esa asossiz tarzda kamaytirilgan? Bunday soxtakorlik nimaga asoslangan», degan savollariga javob bera olmagan.     

Maqola muallifiga ko‘ra, tadbirkorning azoblari shu bilan tugamagan. Joriy yilning noyabrida u «Aloqabank»ning G‘azalkentdagi bo‘limi bilan sudlashdi. Bank unga “bir foizlik kredit” berib, kutilmaganda 8 foizlik kredit stavkasini to‘lamagani uchun sudga bergan edi. Bank mojarosida Tuleboy akaning baxtiga uning qo‘lida barcha bitimlar bo‘lgani uchun yutib chiqdi, deya yozadi maqola muallifi, vazirlik bilan bo‘lgan mojaro esa davom etmoqda.

Prezident Mirziyoevning kenja qizi ishlaydigan Maktabgacha ta'lim vazirligi mulozimlari nega o‘zlarini buncha surbetlarcha tutishmoqda, deya yozg‘iradi maqola muallifi. 

Ashirov esa vazirlikdagi korruptsiya bilan to‘qnash kelgan birgina o‘zi emasligini, Maktabgacha ta'lim vazirligida prezident qaroriga ishonib o‘z pullarini tikkan, keyin esa «otkat» to‘lash zaruratiga duch kelgan ko‘plab tadbirkorlarni ko‘rganini aytadi.  

«Yo pora berasiz yoki sizga va sizning bolalaringizga hech narsa berilmaydi!» – aftidan MTVning shiori shunday», deya xulosa qiladi maqola muallifi.

Tag‘in o‘qing
3 dekabr 2018
Mana bu rasmlarda ko‘rib turganingiz Suriyaning Idlib yoxud Halab shaharlaridagi binolarning emas, O‘zbekiston Respublikasi Navoyi viloyati Xatirchi tumani Langar ...
3 fevral 2020
Adliya vazirligining kengaytirilgan hay'at yig‘ilishida notariuslarga diniy talablar qo‘yilgani haqida 2 fevral kuni O‘zA xabar berdi. «Ularga qonuniy ishlash ...
23 fevral 2024
Shu kunlarda bahorga zorman, Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul. MS: O‘g‘lon qistonor, tut voxtinda pishar. Hali qollivoch qonotindo qoy gatiradi, Bir suri ...
31 mart 2018
Ozarbayjonda 31 mart – «Ozarbayjonlar genotsid qilingan kun» sifatida rasman nishonlanadi. Bu fojea 1918 yili ro‘y bergan edi. Shu ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...