Asosiy mavzular
26 yanvar 2022

Imperativ 38. Jamiyat va shaxs mafkurasi

(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 38-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.)

Hayot – ilmdir. Buni idrok etgan odam – olim- dir. (Bu yerda «olim» tushunchasi ostida aslo za- monaviy akademik unvon sohibi nazarda tutila- yotgani yo‘q).

Maslagi va kasbidan qat'iy nazar, kim bo‘lsa bo‘lsin, inson hayotining o‘zi bir ilm ekanligini anglagan inson – olimdir.

Buni idrok etaolmaganlar – ular ko‘pchilik – bu dunyoga yaxshi yashash uchun kelganiga ishongan, oyokla- rini zaminga mustahkam qo‘yib, bu «yaxshi hayot»ni tashkil etish uchun umrining so‘nggigacha kurashadi- gan kishilardir. Zamonaviy mafkuralarning ta- malida bu ko‘pchilik dunyoqarashini o‘zida mujas- samlantirgan doktrinalar yotadi.

«Amerika orzusi», «Rus g‘oyasi» va hakozo mil- liy o‘rtukka o‘rtingan mafkuralar o‘zlarida ana shu ko‘pchilikning hayot haqidagi yakuniy tushunchala- rini mujassamlantiradi. Olimlar ham bu ko‘pchilik ko‘rgan jamiyatda yashaydilar, o‘zlarining ijtimoiy turmushini maz- kur jamiyat qonunlari doirasida davom ettirsa- lar-da, zehnan bu jamiyatga zid qutb sari harakat etadilar. Ular jamiyatning mafkurasini tani- maydi, bu mafkura qoidalariga amal qilmaydi- lar. Ular o‘z ma'naviy hayotini jamiyat mafkura- si hududlaridan tashqarida tanzim etadilar.

Bu ziddiyat zohirda ko‘rinmasa ham, botinda bu- tun shafqatsizligi bilan namoyon bo‘ladi.

Buning tashqi in'ikosi o‘laroq fikriyot (din, adabiyot, san'at, fan) jabhasida ahyon-ahyon feno- menal hodisa sifatida qiymatlantirilgan shax- slar paydo bo‘ladi. Ular xuddi ekilmagan joydan ungan bitki kabi diqqat chekadi. Bu bitki jamiyat ko‘rgan nizomga uyg‘un bo‘lmagan yerda paydo bo‘la- di va umumning rohatiga xalal beradi. Uni boshqa joyga ko‘chirib bo‘lmaydi. Masalan, uni tuvakka joylab, derazaning rahiga qo‘yish va shu yerda yasha- tish mumkin emas. Bunday sharoitda u qurib kola- di. U faqat o‘z fitratiga uygun, tabiiy iqlim va zaminda yashay oladi. Shu bois, ko‘pincha uni yulib olib tashlaydilar. Yulib olishar ekan: «Shunday go‘zal bitki-ya! Kelib-kelib shu yerda ko‘karadimi!», deya achinishadi.

Albatta, bu sobit qoida emas. Voqealar boshqa- cha rivojlanishi ham mumkin.Ba'zan bu g‘aroyib bitkiga o‘xshagan shaxslar g‘aroyib bir shaklda o‘zi  yashayotgan jamiyatning dushman iqlimini pisand qilmasdan, gurkirab o‘sishda davom etadi.

SIZDAN FARQLI O‘LAROQ

Sizdan farqli o‘laroq har xil

Yo‘llarin bilaman ovunishning men.

Sizdan farqli o‘laroq, meni

Voyaga yetkazar yetishmovchilik.

Uzokda miltillayotgan shamchiroq – nafrat

Ko‘proq yoritadi yo‘limni

Mehr quyoshiga ko‘ra do‘stlarning.

Agar hech kim meni yerga urmasa,

Ko‘kka qanday sakray olardim?

Oddiy o‘simlikman, xullas:

Qancha ko‘p suv quysalar tagimga

Men shunchalik gullab-yashnayman.(1983)

«Olis tabassum soyasi» 1986

Bu odam o‘ziga qarshi bo‘lgan kuchni «ushu» usta- siga o‘xshab, o‘sha kuchning inertsiyasi bilan yerga yiqitadi. Uni quritish uchun tagiga quyilgan o‘lim- chil suvni hayot manbaiga aylantirishni biladi. Uning yashashi uchun dushman nafrati do‘stlarning alqashidan kuchliroq rag‘batdir.

Bu bir mafkuradir. Hayotni ilm o‘larok tanigan Ozod Shaxsning mafkurasi.

Muhammad Solih

(davomi bor)

Tag‘in o‘qing
10 dekabr 2021
Azizlar, mana, yana siz bilan yuzma-yuzman. Sizlarning yuzingizda tog‘lar qadar salobat va cho‘qqilardagi qor kabi tozalik ko‘raman. Sizlar mening qanotlarimsiz. ...
2 dekabr 2022
Aziz og‘a ini, opa-singilu qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizlar, mo‘chchi oybika ham xo‘jik birrila?RT: Matchonboy, ...
7 dekabr 2016
O‘tgan hafta «Samarkand i samarkandtsы» guruhi sahifasiga qo‘yilgan foto va videotasvirlarda jar yoqasidagi bexisob skeletlar yotgan eshak qabristonini ko‘rish ...
8 noyabr 2015
Navoiylik nogiron va ikki farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan Boymurodova Dildora pensionerlar haqini talab qilib norozilik aktsiyasida qatnashgani uchun jazoga tortildi. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...