Asosiy mavzular
27 yanvar 2022

Imperativ 39. Ters junbush davri

(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 39-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.)

Masalan, chayonning insonga qanday zarar kel- tirishini avvaldan payqash mumkin. Chayon – chayon, u mutloqa insonni chaqadi. Arslon, ayiq, bo‘rining ham insonga qaysi sharoitda qanday zarar yetkazi- shini taxmin qilish qiyin emas.

Nafaqat hayvonlar fe'l-atvori, hatto kutil- maganda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ob-havoni ham oldindan bashorat qilish mumkin. Ammo inson zo- tining muayyan sharoitda muayyan harakatini ol- dindan sezadigan odam dunyoda kam topiladi.

Yoshim yetmishga yetdi, haligacha insonni tanish qobiliyatim bilan maqtanolmayman. Haligacha,

«Muhammad Solih insonni tanimaydi» degan dashnomlar eshitaman, xafa bo‘lmayman, chunki haqlidirlar; men riyo to‘niga burkanib, pixini ichiga tortgan ba'zi insonlarni darrov taniy ol- mayman. Taniganimda, kech bo‘lgan bo‘ladi.

Xarakterimdagi bu yetishmovchilik Sovet davri- da o‘zini ochiq oshkor etdi. Jarayon shunday zuhur etdi. Deylik: 1980 yillarda Toshkentda bir suruv vatansevar paydo bo‘ldi. Voqealar meni bu vatan- sevarlar guruhi markaziga sudradi. Guruh ichida va tashqarisida ancha tanildim. Sovet davrida yozilib, o‘qilmagan va yoki uqilmagan «anti» matn- larim mashhur bo‘ldi.

Guruh ham sevikli vatani uchun maqola, she'r yozib, junbushga kelaboshladi. Mazkur junbush

«qayta qurish» siyosati davrida cho‘qqisiga chiq- di. Aytish mumkin, vatanparvarlik moda tusini oldi. Vatanini sevmagan anoyini topishdan ko‘ra anqoning urug‘ini topish oson edi.

Junbush shu qadar kuchaydi – mavjud siyosiy rejim bu fenomendan qo‘rqa boshladi. (Chunki bu tur hodisa sovet davrida ilk edi: «VATANNI SYe- VISh!»)

Rejim qo‘rqishga haqli edi.

SSSR kabi katta bir davlat qisqa muddatda junbushga kelgan vatansevarlikning kuchli chasto- talaridan parcha-parcha bo‘ldi.

SSSR hududida paydo bo‘lgan kvazidavlatcha- larning boshqaruvchilari taxtga o‘tirgan zahoti o‘zlarini taxtga o‘tqazgan vatansevarlik manbala- rini yakson qilishga kirishdilar.

Manbaa yuqorida eslatganimiz ijodkor ziyo- lilar suruvi edi. Ularning ko‘pchiligi vatani- ni sevganlari uchun, vatan sevgisi ifodalangan she'rlari uchun, vatanni ezayotgan siyosiy rejimga qarshi yozgan maqolallari uchun zudlik bilan ja- zolana boshladilar.

Junbush tumtaraqay bo‘ldi.

Vatansevarlik qora kursiga o‘tqazildi. Mahka- ma boshlandi. O‘zbekistonning yangi tarixida uz- luksiz, yillarcha davom etgan mahkamalar silsi- lasi paydo bo‘ldi.

Bir zamonlar o‘z vatansevarligini ifoda etish uchun TVlarda navbatda turgan ziyoli qatlami endi Muhammad Solih bu sevgisini yashirishga joy topolmay zir yugura boshladi. Yozgan she'r, maqolalarini omma ko‘zi- dan gizlashga kirishdi. “Jinoyatlar”ini pardalash uchun Mustabidga sadoqatini kuylay boshladilar. Junbush ters do‘ndi.

Ters junbush davri boshlandi.

Bir do‘stimizning kaminaga bag‘ishlangan bir romani bor edi. Ters Junbush davrida bu roman- ni o‘sha bag‘ishlovsiz nashr etdi va yengil nafas oldi.

Yoki yana bittasi, bir xonanda do‘stimiz, 1986  yilda yozganim bir she'rga kuy bastalab, samimiy bir alfozda kuyladi. Qo‘shiq xalq orasida yoyil- gandan keyin MXX uni chaqirib siquvga olganida xonanda «bu bastani menga qo‘shiq matnining mu- allifi M. Solih yozdirdi», dedi. Va buni isbot qilish uchun kaminaga tosh otishga kirishdi. Yolg‘on- lar uydirdi, kaminaga qarshi uydirmalar to‘qidi. Qo‘shiqqa aylanib, ta'qiqlangan matn «Shunday vataning bo‘la turib»(1986) nomli she'r edi.

Men do‘stlarning bu yo‘sinda o‘zlarini himoya kilish tashabbuslarni hamisha qo‘llab turdim.

Ularga murojaat qilib, M.Solihga bag‘ishlan- gan yoki uning yaxshi sifatlari ko‘rsatilgan maqo- la, she'r va hakozo bo‘lsa, darhol o‘chiring, yo‘q qiling yoki undan toning dedim. Sizlarga mening sobiq do‘stligimdan zarar yetmasin, deya iltimos qildim.

O‘chirganlar o‘chirdi, ulurolmaganlar do‘stlik- ning jazosini tortdi; biri ishdan bo‘shatildi, yana biri ishga olinmadi, xullas hech birining ko- sasi oqarmadi.

Ammo har yomon narsaning bir yaxshi tarafi bor.

Bizning «delo»mizda ham bu qoida yuz ko‘rsat- di. Masalan, tarjimai hollarida «M. Solihga yaqin» deb ko‘rsatilganlarga zid o‘laroq «M. So- lihga aloqasi yo‘q», «M. Solihdan uzoq» va hatto

«M.Solihga dushman» deya ishoratlangan kishilar- ning chin ma'noda omadi chopdi; ishsiz bo‘lgani ishga olindi, ishlilari lavozim pillapoyasida yuksaldilar.

Sovetlardan keyin qurilgan siyosiy rejim xalqni sovetlardan battarroq eza boshladi. Hit- ler Reyxstagni yoqib, hurfikrli insonlarni qan- day jazolagan bo‘lsa, O‘zbek mustabidi Toshkentda portlash uyushtirib, o‘z muxoliflarini shunday jazoladi.

Bu dahshatli qatog‘onda kaminaning ismi yana old planga chiqdi. Portlashlarni uyushtirishdan tortib, rejimga qarshi yozilgan butun maqolalar kaminaning zimmasiga yuklandi. Maqolalarning mualliflari esa mualliflikdan tondilar. Ular

«bu matnlarni M.Solih yozdirdi», «bu ishlarlar- ga u ilhomlantirdi», «…yozishga undadi» kabi bahonalar bilan o‘zlarining vatanga sevgisini ifodalovchi samimiy yozuvlaridan tondilar.

Albatta, agar og‘ir ahvolda qolsangiz, butun aybni menga to‘nkayveringlar deb ularga rozili- gimni bergandim. Zayniddin Asqarov BiBiSi ra- diosiga intervyusida « M. Solih bizga dushman qo‘- liga tushib qolsanglar, meni yomonlayveringlar degandi» deya e'tirof ham etgandi esingizda bo‘l- sa. U to‘g‘ri aytgandi.

Ammo men «vatanga bo‘lgan sevgingizdan to- ning», deganim yo‘q edi.

Vatan sevgisi bo‘lgan maqolalar yozishga birov- ni majbur qilish mumkin emas. Ammo bizda vatansevar bilan karimovchi jallodning so‘roq-savoli mazmunini quyidagicha taxmin qilish mumkin:

  • Bu maqolani sen yozganmisan, janob?
    • Yo‘q, buni M. Solih o‘z gazetasi uchun yozdirgan.
    • Ammo buni o‘z qo‘ling bilan yozgansan, shunday- mi?
    • Ha, ammo M. Solihning g‘oyasi bu barisi.
    • U majbur qildimi?
    • Yo‘q, ilhomlantirdi.
    • Maqolada vatanga sevgi tarannum etila- di, ammo aslida sen sevmaysan, bunga M.Solih ilhomlantirdi shundaymi?
    • Xuddi, shunday!

Xullas, 30 yillik qatag‘on davrida vatansevar- larning tamomi o‘z qo‘llari bilan yozganlarini mening nomimga qayd ettirdilar. Ular o‘z maqola- larini vatan uchun emas, M. Solih uchun yozganini istab istamagan holda birin-ketin tan oldilar.

Men g‘arib uchun bundan ham buyuk sharaf bo‘li- shi mumkinmi? Vatansiz bir vatangadoni vatan deb tan olish emasmi bu?

«Vatanga sevgi bilan yo‘g‘rilgan maqolalari- mizni aslida M. Solih uchun yozgandik» degan e'- tirofni boshqa qanday izohlash mumkin?

Albatta, vatansevarlik mavzusida yozganlarim- dan so‘roqqa tutilsaydim men ham shubhasiz «bu maqolalarni M. Solih yozdirdi» derdim, ammo bu e'tirof yolg‘on bo‘lmasdi.

Baribir, men inson zotini tanimay o‘tayapman. Balki ularni Oxiratda tanish nasib etar…

Muhammad Solih

Tag‘in o‘qing
21 iyun 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni prezident Mirziyoevning Andirjon 17-18 ...
26 fevral 2018
Kalamushlar kema cho‘kayotgani uchun emas, balki ularga qarshi kurashishga bel bog‘lagani uchun qochish harakatiga tushib qoldi. Bir necha kun ...
17 yanvar 2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston Rossiyaga porox va portlovchi moddalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan paxta va undan olinadigan maxsulotlarni sotish hajmini oshirdi. ...
28 iyul 2018
Qadrli vebsahifamiz o‘quvchilari. «Eltuz» nashri jamoasi ta'tilga chiqadi. Bu vaqt ichida o‘tgan davr mobaynida bosilgan e'tiborga loyiq ayrim maqolalar, ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...