Asosiy mavzular
18 mart 2022

Intim chiqishlari uchun ayblangan bloger «Asalxoney» o‘ldirib ketildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Asalxoney» nomi bilan tanilgan 30 yashar bloger Asal Xo‘jaeva o‘z uyida o‘ldirib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot xizmatiga aloqaga chiqdi. Shahar IIBB Axborot xizmati Asal Xo‘jaevani o‘ldirib ketilganini tasdiqladi.

Holat yuzasidan prokuratura ish olib bormoqda. Aniqlanishicha, joriy yil 18 mart kuni Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasidagi uyda  A.X.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni fosh etishga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Eltuz” muxbiriga bergan ohirgi intervyusida Asalxoniy  intim blogerlik va jinsiy xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishini aytgan edi.

– Endi fohishalik qilmayman. Ota-onamning oldida izza bo‘ldim. Qizim ham katta bo‘lib qolgan. Vaqti-soati kelib instagram sahifasidagi rasmlarimni ham o‘chiraman. Huquqlarim hech qachon qonun doirasida himoya qilinmagan. Har doim toptalganman, deb bilaman. Uyimga kelib, pul talab qilgan va menga jarohat yetkazgan yigitlarga ham hech qachon, hech qanday jazo qo‘llanmagan edi. Bundan tashqari, kuch tizilmalari sha'nim toptalishi bilan bog‘liq o‘nlab ariza va shikoyatlarimni ko‘rib chiqmagan. Ayb esa doim mendan qidirilgan.

2020 yili Asalxoniy ikki marotaba Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga chaqirilib, unga rasman ogohlantirish berilgan. Hovuzda cho‘milgani holati aks etgan, turli kiyimlarda tushgan shaxsiy suratlarini e'lon qilgani uchun ogohlantirilgan. 

So‘ng butun xalqdan uzr so‘rattirilgan. (Masalaning ikkinchi tomoni bor –  uzr so‘rattirildi-yu, suratlarni profilidan  o‘chirish so‘ralmadi. Bu bilan biror narsa o‘zgaradimi?

-O‘zbek qonunchiligida voyaga yetgan fuqarolarga ijtimoiy tarmoqqa erotik rasm joylashga hech qanday taqiq qo‘yilmagan. Qolaversa, joylangan erotik rasm va videolar uchun javobgarlikka tortish kerakligi hech bir qonun hujjatida o‘z aksini topmagan. Fuqarodan xalqdan uzr so‘rattirish hech qaysi IIB xodimi vakolatiga kirmaydi”, deydi “Eltuz”ga bu haqda tushuntirish bergan huquqshunos.

Noyabr oyi boshida o‘zbek internet segmentida Asal Xo‘jaevaga bog‘liq yana bir voqea ovoza bo‘ldi. Bu gal unga bemahalda qo‘ng‘iroq qilgan erkak kishini haqoratlaganlik va suhbatni internetda e'lon qilib, uni obro‘sizlantirganlik aybi qo‘yildi.

Go‘yoki uni odobga chaqirib qo‘yish maqsadida qo‘ng‘iroq qilgan navbatdagi mijoz – kasbi sartarosh bo‘lgan 30 yoshli Murodjon Abdullaevga Asalxoniy “200 dollar puling bo‘lsa kel. Bo‘lmasa…”, deb so‘kinib ketadi. Voqea 2020 yilning 31 oktyabr kechki vaqt sodir bo‘lgan.

– Kamiga bu muloqotimizni o‘zining instagramdagi shaxsiy sahifasiga joylab, nomerimga qo‘shib ommaga namoyish etganini hazm qilolmadim. Olib tashla, desam ham olmadi. So‘ng IIVga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘ldim, – deydi jabrlanuvchi Murodjon Abdullaev.

Ushbu ish Mirzo Ulug‘bek tumani ma'muriy sudida ko‘rib chiqilib, Asal Xo‘jaeva Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks asosida shaxsni qasddan kamsitish, haqorat qilish, mayda bezorilik bo‘yicha 5 sutka ma'muriy javobgarlikka tortildi. 

Ikki kun o‘tmasdan kassatsiya tartibidagi sudda Asal Xo‘jaevaning voyaga yetmagan (10 yoshli) farzandi borligi va qilmishidan pushaymon ekani inobatga olinib, muddatdan oldin ozod etildi.

Asalxoniy ozod etilgan kundan yana ijtimoiy tarmoqda chiqishlar qila boshladi. Uning ozodlikka chiqqanini eshitgan olomon Asalxoniyni haqorat qilishga tushdi. Unga qo‘shib sudyalaru o‘zbek qonunchiligi ham qolmadi. Asalxoniyning eski video, audio va rasmlari internetda aylana boshladi va u ayovsiz sazoyi qilindi.

“Eltuz” muxbiri Asalxoniy bilan uning o‘limidan ancha oldin telefon orqali bog‘langanida, u kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashgan edi. 

– Bankda saqlab qo‘ygan pulim bor. Uni aylantirib, birorta tadbirkorlik ishini boshlashim mumkin. Toshkent shahrida ijaraga berib qo‘yilgan go‘zallik salonim bor. Balki uni o‘zim yuritarman. Xorijga chiqib ketmayman, deb yaqinlarimga so‘z berganman. Ammo shunaqa ta'qiblar, tazyiq va ommaviy sazoyilar bo‘laversa, Qozog‘iston yoki Rossiyaga ketishim mumkin”, degan edi Asal Xo‘jaeva Eltuzga bergan suhbatida.

Endilikda Asalxo‘jaevaning voyaga yetmagan qizi yetim qolgan. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Tag‘in o‘qing
14 sentyabr 2022
O‘zbekiston «Erk» Demokratik partiyasi lideri bilan bilan qilingan suhbat 2018 yil yozilib, ba'zi sabablarga ko‘ra e'lon qilinmagan edi.Eltuz uni ...
27 iyul 2016
Bugun Markaziy Osiyoda ishlab chiqarilayotgan “xontaxta” filmlarining chuchmal qaxramonlari odamni zada qilar ekan, o‘tgan asr kinoekranlarini to‘ldirgan jiddiy san'atkorlar ...
15 aprel 2019
O‘tgan asrning 80-yillari so‘nggida mamlakatda erk va demokratiya uchun boshlangan jabhada ko‘plar qatori javlon urarkan, men uchun ham Bertold ...
22 iyun 2017
Prezident Mirziyoev 22 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga keldi. Byudjet tashkiloti xodimlari ham yengil tin olishdi. “Shukur” – dedi Eltuz ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...