Asosiy mavzular
9 noyabr 2023

Nosoz yo‘llar, nohaq soliqchilar va daydi itlar – EP105

Qadrli muhlislar Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyat maktubi va bitta rasmiylar munosabatini o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, Navoiy, Xorazm, Samarqand va Andijon viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Qashqadaryoning Kasbi tumanidan. U yerda yo‘l nosozligidan avariyalar ham ro‘y bermoqda.

https://t.me/eltuzportali/3189

“Qashqadaryo viloyatidan murojaat qilyapmiz. Kasbi–Qarshi yo‘li ta'mirtalab ahvolda. Bu yo‘l yozda chang-to‘zon, yomg‘irli kunlarda esa loy! Yo‘l nosozligidan avariyalar ham ro‘y bermoqda, ba'zida yo‘lovchilar halok bo‘lyapti. Negadir Qarshi va Kasbi tumani hokimliklari bu yo‘lning ahvoliga befarq. Kuni kecha Yurtboshimiz Qashqadaryoda bo‘lib, turli sohalar bo‘yicha topshiriqlar berdilar. Kasbi–Qarshi yo‘li ham ta'mirlanishini so‘rab qolamiz” deya yozmoqda qashqadaryoliklar.

Keyingi maktub Andijon shahridan. Yoshlar tashkiloti binosi atrofida daydi itlar  ko‘paygani aytilmoqda.

https://t.me/eltuzportali/3190

“Andijon shahri Obod MFYdan murojaat yo‘llayapmiz. “Kamolot yoshlar uyi” yaqinida daydi itlar ko‘payib qoldi. Itlar sabab yosh bolalar u yoqda tursin, kattalar ham uydan tashqariga chiqa olmayapti. Mahalliy mas’ullarga bu holatni aytib og‘zimiz toldi.  Mutasaddilardan iltimos, bolalarimiz bemalol uydan chiqib o‘ynashiga imkon yaratib berishsin” deya yozmoqda andijonlik Eltuz muhlisi.

Keyingi maktubni Navoiylik tadbirkor yo‘llagan. U mahalliy soliqchilar qo‘rqitib, savdo bo‘lmagan tushumni kassaga kiritib ketishganini iddao qilmoqda.

https://t.me/eltuzportali/3191

 “Navoiy viloyati Xatirchi tumanidan murojaat qilyapman. Tadbirkorman. Tuman  soliq inspektsiyasi sayyor soliq tekshiruvi xodimlari  N.N. va Sh.B.ning bizga nisbatan harakatlarini noqonuniy deb hisoblayman. Bir necha oydan buyon aylanma mablag‘im bo‘lmasdan ishlamay kelayotgan edim. Do‘konimni majburan ochtirib, meni qo‘rqitib onlayn kassa apparatga savdo bo‘lmagan pullarni o‘zlari kiritib ketdi. Bilishimcha, tuman bo‘yicha shunday qilib yurishibdi  ekan. Qo‘lingdan kelganini qil deb meni qo‘rqitishdi, xotinimga ham qo‘pol muomala qilishdi. Vakolatli idoralardan tadbirkor sifatida huquqlarimni himoya qilishlarini so‘rayman” deya yozadi navoiylik tadbirkor.

Keyingi murojaat Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidan. Qo‘shko‘pir turg‘uni qarovsiz qolayotgan Durdona mahallasi haqida yozmoqda. Bu mahallaga olib boradigan 15 kilometrlik yo‘l xarob bir axvolda ekan. Shuningdek, Qo‘shko‘pir turg‘uni mahallaning tomorqa yerlari, gaz, ko‘cha belgilarini yangilash va boshqa talayo muammolari borligi haqida bildirmoqda   

https://t.me/eltuzportali/3195

Keyingi shikoyat ham yo‘llardagi nosozliklar, aniqrog‘i Urgutning yo‘llarida paydo bo‘lgan noqonuniy sun'iy to‘siqlar haqida.

«Samarqand viloyati Urgut tumani Qayroqli va Uramas mahallasidan murojaat qilyapmiz. 2022 yilda “Tashabbusli byudjet” orqali ovoz yig‘ib, mahallamizning ko‘p yillardan beri ta'mirlanmagan asosiy yo‘lini asfaltlashtirdik. Endi ba'zi odamlar uylari to‘g‘risiga sun'iy to‘siq qo‘yib tashlagan. 4-5 kilometr uzunlikdagi yo‘lda 15-16 ta to‘siq qo‘yilgan, lekin bundan ogohlantiruvchi birorta belgi yo‘q. Agar begona haydovchi o‘tib qolsa, mashinasi ag‘darilib ketishi aniq. Bu holat tez yordam mashinalari harakatiga ham xalal bermoqda. Masalani mutasaddilar o‘rganib chiqadi degan umiddamiz”.

Ayni paytda Eltuzga bu yuzadan Urgut tuman hokimligi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

https://t.me/eltuzportali/3199

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Yo‘ldagi sun'iy to‘siqlar: begona haydovchi o‘tib qolsa, mashinasi ag‘darilib ketishi mumkin” sarlavhasi ostidagi Urgut tumani Qayroqli va O‘ramas mahallasidan qilingan murojaat yuzasidan Urgut tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, holat bartaraf qilindi, deyiladi Urgut tumani hokimligi matbuot xizmati bildirgan rasmiy munosabatda. Ilova qilingan fotosuratlarda chindan ham yo‘lsozlar tomonidan yotvogan politsiyachi ya'ni sun'iy to‘siqlar yo‘q qilinayotganini ko‘rish mumkin.

Va bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta maktubning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
24 noyabr 2016
72 yoshli siyosiy mahkum Samandar Qo‘qonovning yaqinlaridan bugun Eltuz.comga yetib kelgan xabarga ko‘ra oxirgi sud ajrimi bekor qilingan, uning ...
2 may 2015
Ammo sal farq bor. MTS yopilib ochilishi¸ GK ning ota mexridan mosuvo qilinishi¸ Rossiyaning Qrimni annektsiya qilishi bilan bog‘liq ...
31 may 2017
Jizzax shahrida o‘tgan “Barkamol avlod” sport musobaqasi gala kontsertida qatnasha olmagan xonanda Shahnoza Otaboeva litsenziyasidan mahrum qilindi. Xonanda bu ...
19 oktyabr 2018
Rossiyaning O‘zbekistonda AES qurish g‘oyasi o‘zbek jamoatchiligining jiddiy xavotirlariga sabab bo‘lmoqda. «Eltuz» nashri «Ko‘zqarash» rukni ostida toshkentlik tahlilchi Anvar ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...