Asosiy mavzular
11 noyabr 2023

Ariqqa oqayotgan ichimlik suvi, kesilayotgan daraxtlar va chiqindi poligoni – EP106

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent, Andijon va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki videomurojaat Surxondaryo viloyatining Sharg‘un shahridan. U yerda aholi yashaydigan hududda chiqindi poligoni tashkil etilganidan aholi norozilik bildirmoqda.

“Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sharg‘un shahridan murojaat yo‘llayapmiz. Aholi yashayotgan joyda chiqindi poligoni tashkil qilinib, bu yerda tuman bo‘yicha chiqindilar yig‘ilmoqda. Ammo rekultivatsiya, ko‘mish ishlari olib borilmay, chiqindilar yoqib yuborilmoqda. Bu esa aholi salomatligiga ziyon keltiradi. Bu yerni ko‘mib tashlab, chiqindi poligonini  aholi yashash joyidan uzoqda tashkil qilishlarini so‘raymiz”, deya yozadi Sharg‘un turg‘unlari.

Keyingi shikoyatni Farg‘onalik avtomobil haridori yo‘llamoqda. U mahalliy avtosalonda shubhali xolatni kuzatganini iddao qilmoqda:

“Farg‘ona ATX” avtosalonidagi shubhali holat yuzasidan yozmoqdaman. Avtosalonda avtomobilga “schyot” berish muammoga aylangan. Shourumdagi oltita kompyuterdan atigi ikki-uchtasi ishlaydi. “Kobalt”, “Jentra”, “Damas” avtomobillariga “schyot” olgani kelganlar sarson bo‘lyapti. Avtosalon mas'ullari ikkinchi qavatda yopiq eshiklar ortida tanish-bilishlarga “schyot” bermoqda. Buning uchun 500-600 dollardan pul olinyapti degan gaplar bor. Vatanimizda ishlab chiqarilgan mashina uchun yana qo‘shimcha pul to‘laymizmi? Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev va viloyatimiz hokimi Xayrulla Bozorovdan chora ko‘rishlarini iltimos qilamiz”.

Keyingi maktub Toshkent viloyatining Olmaliq shahridan kelgan. Maktubga video ham ilova qilinga:

«Assalomu alaykum hurmatli Eltuz! Sizga Olmaliq shahridan murojaat qilmoqdamiz.

 Ibn Sino mahallasida kanalizatsiyani o‘zgartirish jarayoni ketmoqda. 100 dan ortiq daraxtlarni kesib quritishmoqda. O‘zi bu joy daraxt sekin o‘sadigan tuman hisoblanadi. Toshloq joylar. Odamlar 20-30 yilda ko‘kartirgan daraxtlar tag tugi bilan quridi. Ko‘p shikoyat qildik hokimiyatga, ozgina tinchib yana boshlandi.

Xo‘p kanalizatsiyani almashtirish kerak albatta. Lekin daraxtlarni asrab, sal boshqa joydan qazisa bo‘ladiku. Bir eski proektni ushlab olib, hamma narsani buzish shartmi? Biz Eltuzni prezident shaxsan kuzatishini bilamiz. Prezident har bir daraxt kelajak avlodga toza havo va ekologiyani qoldirishga zamindir deganlarini ham bilamiz. Qani mutasaddilar nima chora ko‘rar ekan, prezidentimiz buyruqlariga. Yoki eski proekt bo‘yicha daraxtlarni quritaverisharmikan.» deya yozadi daraxtlarga joni achigan Eltuz obunachisi.

Keyingi videomurojaat Andijon viloyatidan. Video muallifi Asaka tumanidagi 41 garaj oldidagi ariqqa oqizilayotgan ichimlik suvi isrofiga e'tibor qaratadi.

Va nihoyat so‘nggi beshinchi maktub Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridan. Lag‘monbog‘ turg‘unlari o‘z ko‘chalarini asfalt qilib berishlarini so‘rashmoqda:

«Biz Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Xaramjo‘y mahallasi Lag‘monbog‘ ko‘chasi fuqorolarimiz. Bizning murojaat qilishimiz sababi ko‘chamizni asfaltlashtirib yordam berishlaringizni so‘rar edik. Biz juda ko‘p joylarga murojaat qildik,  lekin natija bo‘lmadi. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Miromonovich ichki ko‘chalar obod bo‘lishligi uchun mablag‘ ajratganlar lekin biz qo‘shnilar mablag‘ yig‘ilishib tosh to‘kdirdik, 2 marta.  Lekin suv o‘tkazamiz deb kovlab ketishdi.» deya arz qilishmoqda qarshilik fuqarolar Eltuz portaliga.

Va bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta maktubning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
7 aprel 2024
Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan co‘nggi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi davom etmoqda, muammolar yechimini to‘liq ta'minlash uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk ...
23 iyul 2018
Toshkent shahri IIBB narkotiklar tarqatish ishi bo‘yicha ayblanayotgan tadbirkor Jahongir Umarovga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. IIBBning ...
20 yanvar 2020
O‘zbekistonda Oliy Majlis Senatiga saylanganlarning aksariyati, to‘g‘riroq aytganda, asosiy roldagilar yana o‘sha eski amaldorlarning o‘zlaridir. Bundan avvalroq O‘zbekiston prezidentining ...
17 may 2023
Meksika AQSh chegarasidagi ko‘lda baliqchilar to‘riga yarim chirigan jasad ilindi. Tekshirilsa, bu jasad O‘zbekistonning Chelak tumanida yashagan qashshoq bo‘lib ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...