Catira
22 may 2016

Qozoqning “Ur to‘qmoq” ertagi

Endi og‘aynilar chinlikni so‘zlasak bizning yurtda qachon janjal chiqsa suv talashib yoki yer talashib bo‘ladi.

Qozoq biyligi (hukumati) sug‘oriladigan va ekin eksa bo‘ladigan yerlardan 1 million 700 ming gektarini kim oshdi savdosiga qo‘yib qo‘ydi.

Kim oshdi savdosi degani bir spektakl-tomosha edi.

Yerlarni egasi oldindan balli. Qozoq elini ozg‘intoy qismini tashkil qilgan bir nechta boy ota shuncha yerni o‘zini qo‘liga o‘tkazmoqchi bo‘ldi.

Shu yerdan kunini kechirib yurgan o‘rtaxollar esa qashshoq yoki bomj bo‘lishga mahkum edi.

Qozoq bizni o‘zbekdan farqli bir oz dangal keladi.

Ular Nazarboevga qarab “Chol ket” deb namoyishga chiqishga azm qilishdi.

“Chol” (Nursulton Nazarboev) oldiniga el to‘lqinidan qo‘rqib yer sotish spektaklini to‘xtatib qo‘ydi.

El baribir tinchimadi. Qimirlashdan turmadi.

21 may kuni ko‘chaga chiqqan elni ustiga OMON tashlandi.

Endi Andijondagi kabi tarillatib otib tashlamayotganiga ham haq beraylik.

Men bir suratchi sifatida bir rasm tortib qo‘ydim.

Odatda rasmni o‘zi gapirishi kerak. Izox ortiqcha. Ammo voqealar qo‘shnining yerinda bo‘lgani bois ozroq tushuntirib qo‘ysam ne deysizlar baurlarim.

Rasm markazida Qozog‘istonlik inson huquqlari faoli Zauresh Batalovani OMON tarafidan qo‘lga olingani aks etgan. Zauresh Batalova endi bizni Yelena Urlaeva kabi faol.

Orqada “Chol ket” degan shior ko‘targan namoyishchi. Men uni tepa sochi tikka bo‘lgan xolda chizdim. Qozoq bir haqsizlikni ko‘rsa yuzi qizarib sochi tikka bo‘ladi. O‘zim kuzatganman.

Maydonga OMON dan tashqari militsiya ham tashlangan.

Qozoq militsiyasi o‘zbek mentlaridan sal insofli. Beshbarmoq yeb semirib ketganini aytmasak. Hullas qorinboy qozoq mentni ham suratini tortib qo‘ydim.

Endi janjalni yoritayotgan jurnalist bovurlarimiz ham bor maydonda. Ke ularni ham ko‘ngli qolmasin deb rasmga tirkab qo‘ydim. Qo‘lida aypad bilan rasm olib yotir.

Nursulton og‘ay yelbasini ho‘mraygan quyosh timsolida osmonga chiqarib qo‘ydim.

Har holda shu odamga hurmatim yo‘q emas.

Bori shu. Tilim bir oz qozoqchaga tortib ketdi. Ne qilay. Qovun qovundan rang oladi.

Sizning rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 yanvar 2019
Shvetsiya poytaxti Ctokgolmning Solna tumani sudida terrorchilikni moliyalash va teraktlar tayyorlashda gumon qilinib hibsga olingan 6 nafar o‘zbek ustidan ...
19 iyun 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev yaqinda Toshkentda din arboblari, jamoat va davlat idoralari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakat uchun juda ...
2 fevral 2019
Oldinroq o‘zbek va tojik tillarining konvergent rivojlanishi haqida post yozgandim. Unda bu ikki til tarixan bir-biriga qanday ta'sir ko‘rsatgani ...
17 dekabr 2019
«Xullas, shu kundan boshlab “kirpichka”ning masteri Erkin qora meni promkadagi eng og‘ir ishga, ya'ni ichkarisida havo darajasi 70-80° darajagacha ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...