Axmadboy kimning foydasiga qulatildi?
Ahmadboy shirkatining tekshirilishi natijasida, Ozodlik radiosining bildirishicha, 13 milliard 138 million so‘m va 7 million 900 ming AQSh dollari musodara etilgan.
Xabarlarda shuningdek, ishbilarmonning Toshkentdagi uyi tumonot odamlar va militsiya qurshoviga olingani, reyd ortidan 20 nafar shaxsning xibsga olingani, ayrimlar yurak xurujidan shifoxonaga yotqizilgani aytiladi.
Sud hali boshlanmasidan turib efirga uzatilgan O‘zTV ko‘rsatuvida, Ahmadboydan ustama evaziga pul olgan va unga 100 foiz ustama ilinjida pul berganlar haqida, unga qarshi tovlamachilik, firibgarlik va aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazgani aytiladi.
Shuningdek OAV xabarlarida Axmadboyga nisbatan valyutani qonunga xilof ravishda olish va yashirish bo‘yicha jinoiy ish ochilgani haqida bildiriladi.
“Katta divident” ta'masida pup bergan minglab fuqarolarning bir qismi pullarining qaytarilishidan allaqachon noumid qolayotgan bir paytda, boshqalar Ahmadning uyidan eni 4, uzunligi 10 metrlik Isuzu rusumli yuk mashinasida olib chiqib ketilgan pullarning izini quvishni ko‘zlamoqda.
Rassom Tuz
Eltuz.com